5) Daftar bilan ishlash
Yo‘riqnoma: Avvaldan pedagog-psixolog tomonidan tayyorlangan
(2-ilova) shakldagi rasmlarni (chiziqcha) larni chizadilar.
Eslatma: Ilovalarda taklif qilingan namunalardan (rasm. grafika,
yozuv) boshqa namunalardan ham foydalanish mumkin, faqat qiyinlik
darajalariga e’tibor qaratish lozim.
6) “Nima o‘zgardi” o‘yin
Yo‘riqnoma: Stol ustiga o‘yinchoqlar qo‘yiladi. Bolalar stol ustidagi
o‘yinchoqlarni joylashuvini eslab qolishi aytiladi. Keyin bolalar o‘girlib
turadilar va pedagog-psixolog bir necha o‘yinchoqlarni o‘rnini almashtirib
qo‘yadi. Bolalarning joyi o‘zgargan o‘yinchoqlarni topishi va o‘z joylariga
qo‘yish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |