1) “Transport” mashq-o‘yini.
Yo‘riqnoma: bolalar aylana bo‘lib turadilar. Pedagog-psixolog to‘pni
birinchi bolaga tashlaydi, u to‘pni olib, birorta transport nomini aytadi va
to‘pni pedagog-psixologga tashlaydi. Keyin pedagog-psixolog to‘pni keyingi
bolaga tashlaydi. O‘yin bolalarga ma’lum bo‘lgan barcha “transportlar”
aytilib bo‘lgunga qadar davom etadi.
2) “Ta’rifdan ob’ektni toping” o‘yin.
Yo‘riqnoma: Pedagog-psixolog tomonidan transportlarga oid topishmoq
aytiladi. Masalan: Transport, katta, og‘ir, qanoti va dumi bor (samolet).
Do'stlaringiz bilan baham: |