3) “Aytingchi!” o‘yini.
Yo‘riqnoma: Pedagog-psixolog bolalarga savollar beradi. Bolalar =ar
bir savolga iloji boricha ko‘proq javob berishlari kerak bo‘ladi.
Savollar:
Nima baland (past) bo‘ladi?
Nima uzun (kalta) bo‘ladi?
Nima keng (tor) bo‘ladi?
Nima doira (to‘rtburchak) shaklda bo‘ladi?
4) “Barmoqchalar” mashqi.
“Barmoqchalar” (she’r muallifi: ped.f.f.d. (PhD) A.A.Turg‘unov)
Qo‘limizda barmoqchalar,
Beshta ular barmoqchalar,
Boshidagi zo‘r – barmoq,
Ko‘rsatkichu, o‘rta barmoq,
Nomsiz barmoq va jimjaloq,
Bizda bordir o‘n barmoq.
Yo‘riqnoma: Bolalar she’rni aytib, barmoqlarini harakatga
keltiradilar. Birinchi, mashqni o‘ng qo‘lda bajaradilar, keyin chap qo‘lda
bajaradilar, (Bizda bordir o‘n barmoq, deganda ikki qo‘llarini ko‘taradilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |