– 280 –
1. Agar bir odamga gapirsang, o‘rtacha ovoz bilan gapir, ya’ni
sen bilan gaplashayotgan odam ranjib
qolmasligi uchun ovozingni
juda baland ham, past ham qilma.
2. Har bir kishi bilan darajasiga qarab gaplashishga odatlan,
ota-onang, ustozlaring va boshliqlaring bilan gaplashganda to‘la
odobga rioya qil. Kichik ukalaring, uydagi
xizmatchilar kabi sen
bilan darajasi barobar kishilarga nisbatan yumshoq va muloyim
bo‘lishga harakat qil.
3. Chiroyli, oson, maqsadni aniq ifoda etuvchi so‘zlarni tanla
va odamlarga so‘zingdan malol etmasligi uchun ko‘p takror qilma.
4. Shoshilmay gapir, qo‘ling va boshing bilan ko‘p ishora qilma.
So‘zingni tinglashga majbur qilish uchun sen gaplashayotgan
odamning biron a’zosini ushlab olma.
5. O‘zing haqingda va o‘zingdagi fazilatlar haqida gapirma.
Chunki odamlar o‘zini maqtagan kishini yomon ko‘radilar.
6. Sergap bo‘lma va so‘zni faqat o‘zingniki qilib olma. Chunki
suhbatdoshing senga javob qaytara olmasligi mumkin.
7. Senga gapirayotgan odamni qo‘yib boshqasi bilan
gaplashishga yoki kitob va jurnal o‘qishga chalg‘ib ketma, so‘zini
tamomlashdan oldin suhbatdoshing so‘zini bo‘lma.
8. Agar suhbatdoshing so‘zidan biron noto‘g‘ri
narsani topsang,
yolg‘onchiga chiqarib yoki e’tiroz bildirib, uni xijolat qilma.
Chunki u ozorlanadi va seni yomon ko‘rib qoladi.
9. Agar birov sen biladigan biron hikoyatni gapirayotgan bo‘lsa,
so‘zini bo‘lib qo‘ymasliging uchun hikoyani bilishingni aytib, uni
hijolat qilma. Bilsang ham sabr bilan tingla.
10. Agar bir guruh odamlar o‘zlariga tegishli mavzuda
gaplashayotgan bo‘lishsa, ularning gapiga qo‘shilma. Faqat o‘zlari
seni
suhbatga taklif qilishsagina, ularga borib qo‘shil.
11. Jamoat joylarda baland ovozda gapirilmaydi.
“Maxzanul-ulum” kitobida so‘zlashish odobi haqida shunday
deyilgan: “So‘zlashish odobi shundayki, so‘zni kam so‘zlasin,
chunki laqmalik tentaklikning belgilaridan biridir. Kishi
aytmoqchi bo‘lgan gapini aql tarozisida o‘lchamay turib gapirishi
nomaqbuldir. Hakimlar: “Ko‘p o‘yla, so‘ng so‘zla”, deyishgan.
– 281 –
Ehtiyoj paydo bo‘lmasdan bir marta aytilgan so‘zni
takror
gapirmasin. Biror kishi biron voqeani bayon qilishga kirishsa,
eshituvchining bundan xabari bo‘lsa-da, xabardorligini undan
yashirsin. Chunki gapiruvchi xijolat chekishi mumkin. O‘zga
kishidan so‘ralsa, savolga javob bermasin. Agar savol ko‘pchilikka
berilgan bo‘lsa, u mazkur savolga javob berishga qodir bo‘lsa
ham, hammadan oldin javob berishga shoshilmasin. Biron kishi
javob bersa, qoniqarli bo‘lmasa yoki qo‘shimcha
qilishga qodir
bo‘lsa, ohista javobini aytsin. O‘tirishda bo‘layotgan muzokara
va munozaraga daxli bo‘lmagan holda aralashmasin. Kattalarga
kinoyali so‘z aytmasin. Tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zni misollar
bilan izohlasin. Bahs-munozarada
chegaradan tashqariga
chiqmasin. Har bir kishiga u tushuna oladigan darajada so‘zlasin”.
Do'stlaringiz bilan baham: