Mushukka aylangan sher
(Ibratli hikoya)
ir zamonlar bir shaharda jinoyatchilarni vahshiylarcha
jazolash usuli joriy etilgan ekan. Shahar hokimi
jinoyatchilarni och qolgan sherlar oldiga tashlashni buyurar ekan.
Odamlar yig‘ilib, shu jazoning qanday ijro etilishini ko‘rish uchun
sher yotgan qafas oldiga kelishar ekan. Bir kuni egasidan qochib
ketgan qulni jazolagani olib kelishibdi. Bechora qulni o‘n kun och
qoldirilgan bir sher oldiga keltirishibdi. Uni ko‘rgan sher to‘satdan
to‘xtab qolibdi. Keyin qulning yoniga kelib uning qo‘llarini yalay
boshlabdi, unga suykalib erkalanibdi.
Yig‘ilganlar buni ko‘rib hayron bo‘lishibdi va quldan sher nima
uchun unga hujum qilmaganini so‘rashibdi. Shunda qul jazo
berayotgan kishilarga va odamlarga qarab shunday debdi: “Ancha
avval men bu sherga o‘rmonda yo‘liqib qoldim. Oyog‘iga uchli,
katta bir tikan kirib qolib, uni rosa azoblayotgan ekan. Men unga
yordam berdim, shu tikanni olib tashladim, shundan beri biz do‘st
bo‘lib qolganmiz”.
Odamlarga qulning bu hikoyasi judayam ta’sir qildi. Ular qul
bilan sherni birgalikda ozod qildilar. Qizig‘i shundaki, sher qulga
huddi uning mushugidek ergashib kelar edi.
Salomlashish odobi
y farzand, barcha insonlar nazdida maqbul sanalgan
odoblardan biri salomlashishdir. Chunki salomlashish
qalblarda xursandchilik, xotirjamlik va muhabbatni paydo
qiladi. Salom har qanday ofat, balo va yomonliklardan uzoq
bo‘lish ma’nosidadir. Demak, salom bergan kishi boshqalarning
yomonliklardan uzoq bo‘lishini tilagan va unga yaxshilik so‘rab
duo qilgan bo‘ladi. Ey farzand! Sen odamlarni necha marta
ko‘rsang ham, ular bilan salomlashishni o‘zingga odat qilib ol va
quyidagilarga rioya qil:
1. Uxlashdan oldin, uyqudan turganda, uydan chiqayotganda
va uyga kirayotganda ota-onangga va oila a’zolaringga salom ber
– 278 –
va ularning muhabbatini qozon.
2. Agar uyda xizmatchi bo‘lsa, unga salom ber. Agar sendan
oldin salom bersa, unga alik ol. Shunday qilsang, u seni yaxshi
ko‘rib, ixlos bilan xizmat qiladi.
3. Duch kelgan mahalladoshingga salom ber va ochiq yuzli bo‘l,
ularning hurmatiga va qiyinchilik vaqtlarida mehr-muhabbatiga
sazovor bo‘lasan.
4. Agar bir majlisga kirsang, o‘tirganlarga salom ber. Ularning
har biri bilan qo‘l berib ko‘rishma. Faqat uy sohibi yoki majlis
boshlig‘i bilan ko‘rishsang kifoya. Keyin o‘zingga munosib joyga
borib o‘tir.
5. Maktabda o‘rtoqlaringga salom ber, ularni hurmat qil,
ulardan o‘zingni katta olma va maktab rahbari va ustozlaringga
har safar ko‘rganingda tabassum va chiroyli odob bilan salom ber.
Agar shunday qilsang, ular tarafidan e’tibor topasan.
6. Agar senga birov salom bersa, unga undan ham go‘zalroq
yoki o‘shanga o‘xshatib javob ber.
7. Kichik kattaga, turgan o‘tirganga va ulovda ketayotgan
piyoda odamga salom berishi odobdandir.
8. Ovqat eyayotgan va shu kabi biron ish bilan mashg‘ul bo‘lgan
odamlarga salom berma.
9. Ota-onangdan boshqa biron kishining qo‘lini o‘pma.
Ba’zi bolalar “assomu alaykum”, deb chala salom beradilar.
Bolalar, shuni bilinglarki, “assalomu alaykum”, degani “sizga
tinchlik va salomatlik tilayman” ma’nosini anglatadi. “Assomu
alaykum” esa “sizga o‘lim bo‘lsin”, deganidir. Albatta biz o‘zimiz
yaxshi ko‘rgan insonlarga faqat yaxshilik tilaymiz. Shundaymi?
Demak, salomni to‘liq va to‘g‘ri berishimiz kerak. Yana “assalom”
deyish ham etarli emas. “Assalom” tinchlik-salomatlikdir.
Ammo salomning ortidan “alaykum” qo‘shilmasa, bu tilak kimga
bildirilayotgani ma’lum bo‘lmay qoladi.
Aziz bolalar, yana bir narsani bilib olinglarki, agar birontasi
sizlarga chala salom bersa yoki sizlar tushunmaydigan biron tilakni
bildirsa, ularga “va alaykum”, deb javob qaytariladi. Bu “sizga ham
shuni tilayman” deganidir. Shunda u sizga salomatlik tilasa, siz
– 279 –
ham unga salomatlik tilagan bo‘lasiz. Agar dushmanlik ma’nosida
biron so‘z aytgan bo‘lsa, unga munosib javob qaytargan bo‘lasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |