Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/210
Sana20.03.2022
Hajmi1,61 Mb.
#503119
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   210
Ko‘chada holva egan bola
(Hikoya)
ir kichkina bola ko‘chada o‘ynab o‘tirganda holva 
sotuvchi o‘tib qoldi. U sotib yurgan holvasini pashsha va 
changlardan ehtiyot qilmas edi. Bola bir tanga berib, holvasidan 
sotib oldi. Bir necha kundan keyin qattiq kasal bo‘lib yotib qoldi 
va otasi uyga tabib chaqirib keldi. Ko‘p savol-javoblardan keyin 
tabib uning kasali holva eyishdan kelib chiqqanini aniqladi. Uni 
davolash uchun bezgak kasalliklari shifoxonasiga olib borishga 
buyurdi. Oilasi iztirob chekib, otasi uni davolashga ko‘p pul 
sarfladi. U kasalxonada bir oy yotib, tuzalib chiqdi.


– 213 –
Toza tutish kerak bo‘lgan narsalar
iz o‘zimizni ham, atrofdagi narsalarni ham doim ozoda 
saqlashimiz lozim. Har birimiz besh xil narsani toza 
saqlashni o‘rganishimiz kerak. Ozoda saqlanishi shart bo‘lgan 
besh xil narsa mana bular:
1) Tana a’zolari;
2) Kiyimlar; 
3) Shaxsiy buyumlar;
4) Uy va xonalar;
5) Atrof-muhit.
Tana a’zolarini toza tutish
arbiyali bola o‘z tanasini ozoda va pok tutadi. Ammo 
ba’zi a’zolarni boshqasiga qaraganda ko‘proq yuvib turish 
kerak.
Tez-tez yuvib turish lozim bo‘lgan tana a’zolari quyidagilar: 1) 
Qo‘l; 2) Yuz; 3) Tish; 4) Burun; 5) Bosh; 6) Oyoq.
1) Qo‘l. Qo‘l juda ko‘p foydali xizmatlarni bajaradi. Biz qo‘limiz 
bilan yuzimizni va tanamizning barcha a’zolarini yuvamiz. Qo‘lda 
ovqat eymiz, bir-birimiz bilan qo‘l berib co‘rashamiz. Qo‘lda bir 
narsani olamiz yoki beramiz. Shuning uchun qo‘llarimiz doimo 
toza bo‘lishi shart. Tirnoqlarni o‘stirib yubormasdan olib turish 
ham qo‘lning tozaligini ta’minlaydi. Bola tirnog‘ini o‘zi ololmasa, 
kattalarga aytib oldiradi.
2) Yuz. Yuz hammaga ko‘rinib turadigan a’zodir. Tananing 
boshqa a’zolari ko‘pincha kiyim yopib turadi. Ammo yuzni 
kiyim yopmaydi. Chang va kirlar yuzga tez yopishadi. Shuning 
uchun yuzni boshqa a’zolarga qaraganda ko‘proq va tez-tez 
yuvib turish zarur. Odamlar bir-birlari bilan gaplashganda yuzga 
qarab gaplashadilar. Yuzi kir bo‘lgan holda boshqalarning ko‘ziga 
ko‘rinish uyat sanaladi.
3) Tish. Alloh tishlarni chiroyli qilib yaratgan. Ularni avaylab 
asrash kerak. Tishlar sog‘lom va oppoq bo‘lsa qanday yaxshi! 


– 214 –
Oppoq tishlar insonga chiroy bag‘ishlaydi. Tishlar ovqatni 
chaynab, maydalab beradi. Agar ular toza bo‘lsa, ovqat ham 
qoringa pokiza holatda kiradi. Tishlarni tez-tez yuvib turilmasa, 
ular orasida kir to‘planadi yoki hidlanadi. Bu kirlik ovqatga 
qo‘shilib, qoringa tushsa, odam kasal bo‘lib qoladi.
Tishini yaxshi yuvmaydigan bolaning tishi ko‘p og‘riydi. 
Tish og‘rig‘i juda yomon. Tishga e’tibor berilmasa, u sarg‘ayib, 
xunuk tus oladi. Tishi hunuk bo‘lib yurish ham durust emas. 
Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng tishlarni yaxshilab yuvish zarur. 
Aks holda og‘izda yoqimsiz hid paydo bo‘lib, yonidagi odamga 
ozor beradi.
Tishni har kuni ikki marta misvok yoki pas ta (ma’jun) bilan 
yuvish kerak. Payg‘ambarimiz tahorat olayotganda tishini misvok 
bilan yuvganlarni maqtaganlar. Odamlarning oldida tishni 
kavlash xunuk odat. Bu beodoblikdir. Agar kavlamoqchi bo‘lsa, 
qo‘li bilan og‘zini to‘sib kavlashning zarari yo‘q.
4) Burun. Alloh burunni ham muhim vazifa uchun yaratgan. 
U nafas olishimizga yordam beradi. Agar burun toza bo‘lsa, 
inson yutayotgan havo ichkariga sof va bezarar holatda kiradi. 
Odobli bola hech kimning ko‘zi tushmaydigan joyda burunlarini 
qoqib, tozalab oladi. Birovning oldida aslo burnini tortmaydi va 
kavlamaydi. Ba’zi bolalar esa hadeb burnini tortaveradi. Bunaqa 
odat hech kimga yoqmaydi.
Inson aksirganda yoki yo‘talganda yuzini chetga burishi 
kerak. Og‘zi va burnini dastro‘mol yoki engi bilan to‘sishi lozim. 
Chunki bunday paytda burun va og‘izdan zararli moddalar 
otilib chiqadi.
5) Bosh. Inson hayoti uchun juda zarur hisoblangan a’zolar 
– miya, quloq, ko‘z, burun va og‘iz boshda joylashgan. Demak, 
boshga yaxshi ahamiyat berish lozim. Uni tez-tez yuvib turish 
talab etiladi. Qizlar sochlarini haftada kamida bir marta yuvib 
turishi kerak. O‘g‘il bolalar sochlarini ko‘p o‘stirib yuborishlari 
durust emas. Sochni bir oyda bir marta olinadi yoki qisqartiriladi. 
Bosh, ko‘z, quloq, burun va og‘izni oynaga qarab tozaligini 
tekshirib turish kerak.


– 215 –
6) Oyoq. Oyoq ko‘pincha paypoq ichida bo‘lgani uchun ko‘zga 
tashlanmaydi. Ammo uni ham vaqtida yuvib turilmasa, undan 
yomon hid tarqala boshlaydi. Shuning uchun tahorat paytida 
oyoqning panjalari orasini barmoq bilan ishqalab yuviladi. 
Shunda ular pokiza va sog‘lom bo‘ladi.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish