Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/210
Sana20.03.2022
Hajmi1,61 Mb.
#503119
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   210
Bolalar lug‘ati
Sog‘liq
– sihhat, salomatlik, odamning kasal 
bo‘lmay salomat holda yurishi.
Chora
– tadbir, iloj, yo‘l (masalan, qiyin vaziyatdan 
chiqish yo‘li choradir).
Foydali maslahatlar
1. Sog‘ligini o‘ylagan kishi o‘z ovqatining asosiy 
qismi sabzavotlar, mevalar va bulardan tashqari 
shifobaxsh taomlardan iborat bo‘lishiga e’tibor 
qaratishi lozim.
2. Badantarbiya badanni sog‘lom va kuchli 
hamda a’zolarni mukammal darajaga etkazishdir. 


– 211 –
Chunki inson harakat qilishga yaratilgan, harakatsiz baxt-saodatga 
erishib bo‘lmaydi.
3. Har kuni badartarbiya qilishga odatlangan odamga dard yaqin 
kelmaydi.
4. Badantarbiya bilan mashg‘ul bo‘linsa, hech qanday dori-
darmonga zarurat qolmaydi. Buning uchun ma’lum bir tartibga 
rioya qilish ham shart.
5. Badantarbiyani tark etgan kishi yalqov va dangasa bo‘lib qoladi. 
Zero, harakatsiz qolgan a’zolar zaif va nimjon bo‘ladi.
6. Badanning salomat va quvvatli bo‘lishi insonga eng kerakli 
narsadir. Chunki o‘qish, o‘qitish, o‘rganish va o‘rgatish uchun inson 
sog‘lom va tetik bo‘lishi lozim.
7. Tananing rohati taomning ozligidadir. Dilning rohati so‘zning 
kamligidadir. Ruhning rohati uyquning kamligidadir.
8. Ko‘p ovqat eydiganlar ovqati badhazm bo‘ladi. Ovqati badhazm 
bo‘lgan kishi doim dardmand bo‘ladi.
Ozodalik sog‘liq garovi
y farzand, agar badaning sog‘lom va tetik bo‘lishini, aqling 
o‘tkir va qalbing xushnud bo‘lishini istasang, quyidagi 
nasihatlarga quloq sol:
1. Qishda har haftada kamida ikki marta issiq suv bilan, yozda 
esa har kuni bir marta iliq suv bilan yuvin.
2. Uxlashdan oldin va uyqudan turgandan keyin yuzing, 
qo‘llaring va oyoqlaringni yuv.
3. Odamlar oldida ko‘zing, qulog‘ing yoki burningni o‘ynab 
kavlama. Chunki bu o‘sha a’zolarga zarar beradi va odamlarni 
sendan nafratlantiradi. Agar ularni tozalamoqchi bo‘lsang, bir 
chekkaga o‘tib, toza dastro‘mol bilan artib tozala.
4. Odamlar oldida tishlaringni kavlama va tirnoqlaringni olma. 
Chunki bu juda xunuk odat.
5. Uxlashdan oldin va uyqudan turgandan keyin misvok va 
tish cho‘tkalari bilan tishlaringni tozalab yuvgin. Chunki ovqat 
qoldiqlari milk va tishlarga zarar etkazib, og‘izning hidini buzadi.


– 212 –
6. Yuz artiladigan sochiq, tish cho‘tka, uxlaydigan krovat, 
yostiq, yopinchiq va taroq kabi narsalar alohida o‘zingniki bo‘lsin, 
ularni sendan boshqa odam ishlatmasin.
7. Suvni toza va sof holida ich.
8. Yuzing, taoming yoki ichadigan ichimligingga pashsha 
qo‘nishidan ehtiyot bo‘l. Chunki u ko‘pincha yuqumli kasallik 
mikroblarini olib yuradi, ana shularni senga ham yuqtirishi 
mumkin.
9. Odamlar senga hurmat-e’tibor va havas bilan qarashlari 
uchun kiyimlaring tozaligiga va ko‘rinishing chiroyli bo‘lishiga 
e’tibor ber.
10. Zararli hasharotlar bo‘lmasligi uchun yashaydigan uying 
toza bo‘lishiga harakat qil.
11. Sen uxlaydigan xonaning havosi buzilmasligi uchun quyosh 
nurlari kirib turadigan tarafda bo‘lsin.
12. Maktab qurollari va uyda o‘ynaydigan o‘yinchoqlaring 
tozaligiga rioya qil. Shunda ularning ko‘rkamligi saqlanib, bolalar 
bilan o‘ynaganda qo‘llari kir-chir bo‘lmaydi. Qo‘llaring yoki 
kiyimlaringni siyoh bilan ifloslama.
13. Doimo toza joylarda o‘yna va sayr qil.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish