Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Imom A’zamning o‘g‘liga nasihatlari



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/210
Sana20.03.2022
Hajmi1,61 Mb.
#503119
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   210
Imom A’zamning o‘g‘liga nasihatlari
Ey o‘g‘lim, senga aytadigan bir qancha vasiyatlarim bor. Ularni 
jon qulog‘ing bilan eshitib, amal qilsang, ikki dunyoda baxt-saodat 
qozonasan:
1. Barcha ishlaringda niyatni xolis qil. Halol 
luqma eyishga harakat qil.
2. Barcha a’zolaringni gunoh va yomon ishlardan 
saqla!
3. Nimani bilishga muhtoj bo‘lsang, uni bilmay 
qolma!
4. Dunyo va oxirat yo‘lida foydasi tegadigan kishilar bilangina 
do‘st tutin.
5. Musulmonga ham, g‘ayrimusulmonga ham dushmanlik qilma.
6. Alloh bergan rizqqingga qanoat qil.
7. Boshqalarga muhtoj bo‘lib qolmaslik uchun qo‘lingdagi bor 
imkoniyatdan tadbirkorlik bilan foydalan.
8. Odamlar senga past nazar bilan qarashlariga sabab bo‘ladigan 
yomon ishlarni qilma.
9. Hojatingdan ortiqcha narsalarga berilishdan saqlan.
10. Odamlar bilan ko‘rishganda gapni salom berishdan boshla
mayin va muloyim so‘zla, yaxshilarga yoqimli bo‘l, yomonlar bilan 
murosa qil.
11. Odamlar orasida nizo va janjal chiqqanida dushmanlaringdan 
ko‘ra do‘stlaringdan ehtiyot bo‘l. Zero, dushmaning do‘stingdan 
foydalanishi mumkin.
12. Siringni, pulingni va boradigan joyingni birovga aytma.
13. Yaxshi qo‘shnichilik qil va ularning aziyatlariga sabr qil.


– 200 –
Yodda saqlang: 
Imom A’zam – No‘mon ibn Sobit (mel. 
699-769) hanafiy mazhabining asoschisi va juda katta olim.
Qizaloqlar odobi
iz bola oilaning ziynatidir. Qizi bor hovli fayz taratib 
turadi. Qizning muomalasi uning husnidir. Qizning 
hayosi go‘zalligidir. Qizning hayosi bilan andishasi bo‘lsa, 
yasanishning hojati yo‘q. Hayosi bor qiz oddiy kiyim bilan ham 
chiroyli ko‘rinadi.
Tarbiya topish va odobli bo‘lish o‘g‘il bolalarga qanchalik lozim 
bo‘lsa, qiz uchun undan ham ko‘proq lozimdir. Shu sababdan 
ba’zi ishlar o‘g‘il bolalarga ayb ko‘rinmasa ham, qiz bolalarda katta 
ayb sanaladi. Masalan, libos va bosh kiyim yirtiq bo‘lishi o‘g‘il 
bolalarda ham ayb, lekin qizlarda undan ko‘proq aybdir. Odobli 
qizlar erkak odam nazarini tortmaydigan kiyimlarni kiyadi, yarim 
yalang‘och kiyim kiyishdan uyaladi, uyat sanaladigan a’zolarini 
berkitib yuradi, ko‘chada begona erkak kishilarga qaramasdan, 
odobsiz so‘zlarga quloq solmasdan maktabga boradi.
Maktabdan qaytgandan so‘ng saboqlarini takrorlab bo‘lib, 
qizlarga lozim bo‘lgan uy yumushlarini qiladilar. Ular ko‘proq 
kiyim va do‘ppi tikish, har xil taomlar pishirish, pishiriq va 
shirinliklar tayyorlash va o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘ladilar.
Odobli qiz hamisha onasi yonida bo‘ladi, ko‘cha-ko‘ylarga 
chiqib yurmaydi, biron ish bilan ko‘chaga chiqsa ham, kech 
bo‘lmasdan uyiga qaytadi va o‘g‘il bolalar bilan o‘ynamaydi. 
Odobli qiz kir-chir, nopok va yirtiq, ochiq-sochiq kiyimlarni 
kiymaydi, boshyalang va oyoqyalang yurishdan iymanadi. Odobli 
qiz ust-boshini toza tutib, sochlarini tarab ozoda va orasta bo‘lib 
yuradi, og‘zi va tishlarini tozalovchi vositalar bilan poklab, noxush 
hid taralishining oldini oladi.
Odobli qiz tizzalari va bilaklarini ochib, sochlarini yoyib yurish 
bilan o‘zini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilmaydi. Qiz bola o‘z nomusini 
pok saqlashi va unga aslo gard-g‘ubor tegizmasligi kerak. Qiz 


– 201 –
bolaning so‘zi va qiladigan ishi har doim odob doirasida bo‘lsa, 
hamma uni maqtaydi va o‘ziga kelin qilishni diliga tugib qo‘yadi.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish