Imom A’zamning o‘g‘liga nasihatlari
Ey o‘g‘lim, senga aytadigan bir qancha vasiyatlarim bor. Ularni
jon qulog‘ing bilan eshitib, amal qilsang, ikki dunyoda baxt-saodat
qozonasan:
1. Barcha ishlaringda niyatni xolis qil. Halol
luqma eyishga harakat qil.
2. Barcha a’zolaringni gunoh va yomon ishlardan
saqla!
3. Nimani bilishga muhtoj bo‘lsang, uni bilmay
qolma!
4. Dunyo va oxirat yo‘lida foydasi tegadigan kishilar bilangina
do‘st tutin.
5. Musulmonga ham, g‘ayrimusulmonga ham dushmanlik qilma.
6. Alloh bergan rizqqingga qanoat qil.
7. Boshqalarga muhtoj bo‘lib qolmaslik uchun qo‘lingdagi bor
imkoniyatdan tadbirkorlik bilan foydalan.
8. Odamlar senga past nazar bilan qarashlariga sabab bo‘ladigan
yomon ishlarni qilma.
9. Hojatingdan ortiqcha narsalarga berilishdan saqlan.
10. Odamlar bilan ko‘rishganda gapni salom berishdan boshla,
mayin va muloyim so‘zla, yaxshilarga yoqimli bo‘l, yomonlar bilan
murosa qil.
11. Odamlar orasida nizo va janjal chiqqanida dushmanlaringdan
ko‘ra do‘stlaringdan ehtiyot bo‘l. Zero, dushmaning do‘stingdan
foydalanishi mumkin.
12. Siringni, pulingni va boradigan joyingni birovga aytma.
13. Yaxshi qo‘shnichilik qil va ularning aziyatlariga sabr qil.
– 200 –
Yodda saqlang:
Imom A’zam – No‘mon ibn Sobit (mel.
699-769) hanafiy mazhabining asoschisi va juda katta olim.
Qizaloqlar odobi
iz bola oilaning ziynatidir. Qizi bor hovli fayz taratib
turadi. Qizning muomalasi uning husnidir. Qizning
hayosi go‘zalligidir. Qizning hayosi bilan andishasi bo‘lsa,
yasanishning hojati yo‘q. Hayosi bor qiz oddiy kiyim bilan ham
chiroyli ko‘rinadi.
Tarbiya topish va odobli bo‘lish o‘g‘il bolalarga qanchalik lozim
bo‘lsa, qiz uchun undan ham ko‘proq lozimdir. Shu sababdan
ba’zi ishlar o‘g‘il bolalarga ayb ko‘rinmasa ham, qiz bolalarda katta
ayb sanaladi. Masalan, libos va bosh kiyim yirtiq bo‘lishi o‘g‘il
bolalarda ham ayb, lekin qizlarda undan ko‘proq aybdir. Odobli
qizlar erkak odam nazarini tortmaydigan kiyimlarni kiyadi, yarim
yalang‘och kiyim kiyishdan uyaladi, uyat sanaladigan a’zolarini
berkitib yuradi, ko‘chada begona erkak kishilarga qaramasdan,
odobsiz so‘zlarga quloq solmasdan maktabga boradi.
Maktabdan qaytgandan so‘ng saboqlarini takrorlab bo‘lib,
qizlarga lozim bo‘lgan uy yumushlarini qiladilar. Ular ko‘proq
kiyim va do‘ppi tikish, har xil taomlar pishirish, pishiriq va
shirinliklar tayyorlash va o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘ladilar.
Odobli qiz hamisha onasi yonida bo‘ladi, ko‘cha-ko‘ylarga
chiqib yurmaydi, biron ish bilan ko‘chaga chiqsa ham, kech
bo‘lmasdan uyiga qaytadi va o‘g‘il bolalar bilan o‘ynamaydi.
Odobli qiz kir-chir, nopok va yirtiq, ochiq-sochiq kiyimlarni
kiymaydi, boshyalang va oyoqyalang yurishdan iymanadi. Odobli
qiz ust-boshini toza tutib, sochlarini tarab ozoda va orasta bo‘lib
yuradi, og‘zi va tishlarini tozalovchi vositalar bilan poklab, noxush
hid taralishining oldini oladi.
Odobli qiz tizzalari va bilaklarini ochib, sochlarini yoyib yurish
bilan o‘zini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilmaydi. Qiz bola o‘z nomusini
pok saqlashi va unga aslo gard-g‘ubor tegizmasligi kerak. Qiz
– 201 –
bolaning so‘zi va qiladigan ishi har doim odob doirasida bo‘lsa,
hamma uni maqtaydi va o‘ziga kelin qilishni diliga tugib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |