Odobli bolaning belgisi
dobli bola biron nojo‘ya ishni bilmasdan qilib qo‘ysa,
kishilar unga qarashi bilan ishi noto‘g‘ri ekanini tushunib,
xijolat chekadi, qilgan ishidan o‘zini noqulay his etadi va uyaladi.
Agar shu vaqtda bir kishi nasihat qilsa, uning aytgani o‘zining
foydasiga aytilayotganini o‘ylaydi. Biroq indamay yo‘liga
ketmasdan nasihat qilgan kishiga: “Bilmasdan qilib qo‘yibman.
Boshqa bunday xato ishga qo‘l urmayman!” deb kechirim so‘raydi.
Ammo odobsiz va tarbiya ko‘rmagan bola esa undan farq qiladi,
xato ishlarini tushunib etmaydi. Agar unga biron kishi nasihat
qilsa, nasihat qiluvchiga qattiq gapirib, so‘zini e’tiborga olmaydi,
hatto unga hurmatsizlik qiladi.
Aziz bolajon, shuni doim yodda saqla: odobli bola har qancha
ko‘rimsiz bo‘lsa ham tarbiyali va odobli bo‘lgani uchun uni
hamma yaxshi ko‘radi. Odobsiz bola har qancha chiroyli bo‘lsa
ham, e’tibor qozonmaydi. Ustiga shinam va yaxshi liboslar kiyib
olganiga qaramay hech kim unga havas bilan qaramaydi. Chunki
bolaga baho berilganda hamma vaqt uning odobiga qaraladi,
kiyimlariga emas.
Odobli bolaning kundan-kunga qadri va hurmati oshib boradi.
Ammo u bundan taltayib ketmaydi, shunday tarbiya bergani
uchun ota-onasidan minnatdor bo‘ladi, ular buyurgan xizmatni
bo‘yin tovlamasdan bajaradi. Odobsiz bolaning esa kundan-
kunga hurmati tushib boradi.
Qaysi bola yoshi ulug‘ va keksa kishilarning so‘ziga kirsa, o‘zi
ham ulug‘ bo‘ladi. Odobli bola yana o‘zidan kattalar hurmatini
bajo keltiradi, duolarini olishga intiladi. Zero, duo odamning
o‘sib-unishi uchun qanot vazifasini bajaradi.
– 197 –
Odobli bolani har kim xush ko‘radi va uni maqtov bilan tilga
oladi. Qanday ishni qilmoqchi bo‘lsalar, odamlar odobli bolaga
ishonadilar. Ammo tarbiya ko‘rmagan bolani hech bir ishga
yaqinlashtirmaydilar, unga biron yumushni ishonib topshira
olmaydilar. Balki uni izza qilib, beodobligini yuziga soladilar.
Ota-ona uchun tarbiya topgan bola katta boylikdir. Odobli bolani
hech qanday boylikka almashtirib bo‘lmaydi. Chunki boylik bilan
odob-axloqni sotib olish mumkin emas-da! Yana odob bilan erishish
mumkin bo‘lgan yutuqlarga boylik bilan etib bo‘lmaydi.
Ey farzandim, endi o‘zing ayt-chi: milliard so‘m puli, qo‘sha-
qo‘sha dang‘illama uy-joylari, turli rusumdagi mashinalari bor
odam boymi yoki bir odobli farzandi bor odammi? Boyligi bisyor
odamning o‘g‘li beodob bo‘lsa, qanday xunuk, boyligi o‘rtacha yoki
kambag‘al kishining farzandi odobli, o‘qishlari a’lo bo‘lsa, qanday
chiroyli?! Ikkovini bir-biriga qiyoslash aslo mumkin emas. Demak,
boylik hamma narsani hal qiladi, deb o‘ylash to‘g‘ri emas. Haqiqiy
iste’dod, adolat, odob-axloq, insof va imon-e’tiqod oldida boylik
juda ojiz narsa bo‘lib qoladi.
Odobli bola haqorat va qarg‘ish olmaydi. O‘zi birovlarni so‘kib,
haqorat qilmaydi, boshqalarning so‘kinishi va haqoratiga sabab
bo‘lmaydi.
Odobli bola qilgan ishlari yoki o‘zida bor fazilatlar bilan
maqtanmaydi, kerilmaydi, kekkaymaydi, balki kamtar bo‘ladi,
o‘zidagi fazilatlarni do‘stlari bilan baham ko‘radi, muloyim,
ochiqqo‘l va ochiqko‘ngil bo‘ladi. Bu “meniki”, bu “seniki” deb
ajratish, hamma vaqt faqat o‘zini o‘ylash, boshqalar bilan ishi
bo‘lmaslik odobli bola sha’niga durust emas. Demak, bolaning
kelajakda baxtli va tole’li bo‘lishi uning odob-axloqi va qanchalik
ilm olishiga bog‘liq. Bola ota-onasining so‘ziga kirsa, aytganlaridan
chiqmasa, bergan maslahatlarini jon deb qabul qilsa, bunday bola
ulg‘ayganida, albatta baxtli bo‘ladi.
– 198 –
Do'stlaringiz bilan baham: |