Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/210
Sana20.03.2022
Hajmi1,61 Mb.
#503119
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   210
Naqadar yomon ish
(Ibratli hikoya)
bulhasan rivoyat qiladi: “Biz Nabiy alayhis 
salom 
huzurlarida o‘tirgan edik. Davradan kimdir turib ketdi, 
biroq oyoq kiyimini unutib qoldirdi. Davradagilardan biri uning 
oyoq kiyimi ustiga o‘tirib oldi. Haligi kishi bir ozdan keyin qaytib 
kelib, oyoq kiyimini so‘radi:
– Biz ko‘rmadik, – deyishdi. Poyafzal egasi bezovtalanib qoldi. 
So‘ng uning oyoq kiyimi ustiga o‘tirgan kishi:
– Mana oyoq kiyiming, – dedi.


– 262 –
Shunda Payg‘ambar alayhissalom:
– Musulmon kishini bezovta qilish naqadar yomon ish! – 
dedilar.
– Men hazillashdim, – dedi u kishi.
Rasuli Akram yana o‘sha gaplarini takrorladilar.
Odamlarning hurmati nima bilan o‘lchanadi?
unyodagi barcha odamlar irqi, rangi, ko‘rinishi va 
kiyimidan qat’i nazar teng huquqlidir. Biri boshqasidan 
aslo ustun emas. Ammo ular ichida e’tiqodi kuchli, ilmli, odob-
axloqlilari hurmatga sazovordirlar.
Inson qadr-qiymati hech qachon mol-dunyo bilangina 
o‘lchanmasligi kerak. Chunki boylik doimiy emas, kishi o‘zi 
xohlamagan tarzda mol-mulkidan ayrilib qolishi mumkin. Yana 
boylik yomon va yovuz odamlarga ham berilishi mumkin. 
Shuning uchun faqat boyligini e’tiborda tutib, biron insonni 
yaxshi deb ayta olmaymiz. Ammo o‘zi odobli, diyonatli bo‘la 
turib, boy va saxiy bo‘lsa, bu juda yaxshi.
Inson qadri yana tashqi ko‘rinish, chiroyga qarab belgilanmaydi. 
Bilamizki, tashqi ko‘rinish yosh o‘tgan sari o‘zgarib boradi. 
Yoshligida chiroyli bo‘lgan odam qariganida qadri tushib qolishi 
kerakmi? Yo‘q, kim yoshligida ham, qariganida ham odob-axloqli 
bo‘lsa, e’tiqodini mustahkam saqlasa, o‘sha kishi eng hurmatli 
odamdir. Agar uning boyligi va chiroyi bo‘lmasa ham. Biroq 
kimning boyligi, chiroyi, hashamatli uylari va farzandlari bo‘lsayu, 
o‘zi yomon, qo‘pol muomalali va pastkash bo‘lsa, hech qachon 
uni yaxshi inson deya olmaymiz. Bunday odamlarga boyligi va 
chiroyini deb yaxshi muomalada bo‘linadi, agar o‘sha narsalar 
undan ketsa, u hurmatini ham yo‘qotadi.
Xulosa shuki, aziz bolajonlar, inson qadri boylik, chiroy va 
nasl-nasab bilan belgilanadi, deydiganlar qattiq adashadi va 
u fikri buzuq odam. Balki kim e’tiqodli, odob-axloqli va ilmli 
bo‘lsa, insonlardan yaxshiligini ayamasa, o‘sha eng yaxshi va eng 
hurmatlidir.


– 263 –

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish