O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
QARORI
BOJXONA CHEGARASIDAN OLIB O‘TILAYOTGAN AVTOTRANSPORT VOSITALARINI BOJXONA RASMIYLASHTIRUVIDAN O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2156]
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladilar:
1. Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 24-noyabrdagi 9 va 01-02/12-39-son “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1430, 2004-yil 14-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 50-son, 504-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-oktabr,
01-02/12-8-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-oktabr,
20-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8, 20-son qaroriga
ILOVA
Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston
Respublikasi Bojxona kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston
Respublikasiga kelishlari,
ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida”gi, 2016-yil 20-iyundagi 212-son “Bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etiladigan vaqtincha olib kirilayotgan ayrim tovarlarning ro‘yxatini,
ularni ozod etish shartlarini, shuningdek imtiyozlarning amal qilish muddatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.