Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari



Download 115,46 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2021
Hajmi115,46 Kb.
#69795
  1   2
Bog'liq
Otash-1


O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi 1-sonli Toshkent akademik litseyi o`quvchisi to`lqinov otabekning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish fanidan

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari

TARTIBI



Tekshirdi: mamasodiqov.a

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari

TARTIBI

1. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar* xususiy hamda xizmat ishlari bo‘yicha, turist sifatida, dam olish, o‘qish, ishlash, davolanish va doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va undan ketishlari mumkin.

2. Xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari, shu jumladan tranzit kirish vizalari:

a) O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama bitimi mavjud bo‘lgan boshqa davlatlarning konsullik muassasalari tomonidan beriladi.

Bosh konsulliklar, konsulliklar, vitse-konsulliklar, konsullik agentliklari va elchixonalarning konsullik bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari hisoblanadi;

b) xalqaro aeroport maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston aeroportlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalari tomonidan beriladi.

Aeroportlarda Tashqi ishlar vazirligining konsullik muassasalari va bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari xorijiy fuqarolarning barcha toifalariga beriladi.

Kirish vizalari, qoidaga ko‘ra, bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bo‘linmalari vizalarning amal qilish muddatini uzaytirishni xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalari uchun amalga oshiradi:.

a) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlariga (va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga), shuningdek Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga;

b) rasmiy va parlament delegatsiyalari a’zolariga;

v) diplomatik maqomga ega bo‘lgan boshqa shaxslarga;

g) ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan xorijiy fuqarolarning taklifi bo‘yicha kelganlarga, biroq ko‘pi bilan 2-marta kelganlarga.

Vizaning uzaytirilishi respublika hududida rasmiy bo‘lishga ruxsatnomaning uzaytirilishini anglatadi. Amaliy jihatdan vizani uzaytirish amal qilish muddati yangilangan yangi viza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi, xorijiy fuqaro akkreditatsiya qilingan taqdirda esa vizaning turi ham o‘zgartiriladi.

4. Ko‘p marta foydalaniladigan vizalar ushbu Tartibning 3-bandi “a” kichik bandida ko‘rsatilgan xorijiy fuqarolarga ular akkreditatsiya qilingan muddatga, ushbu Tartibning 3-bandi “b”, “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan fuqarolarga bir yilgacha muddatga beriladi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasidan ketish (ketish, ketish-kelish) vizalarini berish va ularning amalda bo‘lish muddatini uzaytirishni ushbu Tartibning 3-bandida ko‘rsatilmagan xorijiy fuqarolar uchun amalga oshiradilar.

6. Ko‘p marta foydalaniladigan vizalar bir yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalariga va ularning oila a’zolariga beriladi:

a) vakolatxona xodimining akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi akkreditatsiya qilingan firmalar va kompaniyalar doimiy vakolatxonalari xodimlariga beriladi. Viza xorijiy firma yoki kompaniyaning doimiy vakolatxonasi iltimosnomasi asosida beriladi;

b) xorijiy fuqaroning xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti shtatiga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti xodimlariga beriladi. Viza xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkilotining iltimosnomasi asosida beriladi;

v) O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki akkreditatsiya qilingan qo‘shma korxonalar va 100 foiz xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar xodimlariga, ular Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mehnat faoliyati ko‘rsatish uchun ruxsatnomasini olganlaridan so‘ng, agar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hukumatlararo Bitimlar bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, beriladi. Viza korxona iltimosnomasi asosida beriladi.

g) investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga vizalar O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining iltimosnomalari asosida beriladi.

7. O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun berilgan viza, tranzit vizadan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida haqiqiy hisoblanadi, xorijiy fuqarolarning borishlari uchun yopiq bo‘lgan joylar, obyektlar bundan mustasnodir.

8. O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari va ichki ishlar organlari tomonidan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan ketish vizalari berilganligi yoki ularning amalda bo‘lish muddati uzaytirilganligi uchun ulardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda davlat poshlinasi undiriladi.

9. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va ketishlari tartibi, ularga vizalar berish hamda ularning amal qilish muddatlari O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan ko‘p tomonlama va ikki tomonlama bitimlari bilan, tenglik asosida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan o‘zgartirilishi mumkin.



Download 115,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish