Qadimgi Sug’d shahar va qishloqlari (mil.avv. VII-IV asrlar)
Nomi
|
Sanasi
|
Maydoni
|
Qaerda joylashgan?
|
Afrosiyob I, II
|
mil.avv. VII-IV asrlar
|
219 gektar
|
Samarqand Sug’di
|
Yerqo’rg’on I, II
|
mil.avv. VIII-V asrlar
|
40 gektar
|
Qashqadaryo Sug’di
|
O’zunqir
|
mil.avv. VIII-VI asrlar
|
68 gektar
|
Qashqadaryo Sug’di
|
Sangirtepa
|
mil.avv. IX-VI asrlar
|
4 gektar
|
Qashqadaryo Sug’di
|
Daratepa
|
mil.avv. VII-VI asrlar
|
10 gektar
|
Qashqadaryo Sug’di
|
Saroytepa, To’rtburchaktepa, Somontepa
|
mil.avv. VII-IV asrlar
|
0,2 dan 1 gektargacha
|
Qashqadaryo Sug’di
|
Qumrabod, Arabon, CHordara, Xo’ja Bo’ston
|
mil.avv. VI-IV asrlar
|
0,2 dan 1 gektargacha
|
Buxoro Sug’di
|
O’ratepa
|
mil.avv. IV asr
|
0,3 gektar
|
Buxoro Sug’di
|
Ko’ktepa
|
mil.avv. VII-VI asrlar
|
20 gektar
|
Samarqand Sug’di
|
Laylaqo’ytepa
|
mil.avv. IV asr
|
2 gektar
|
Samarqand Sug’di
|
Qo’rg’oncha
|
mil.avv. IV-III asrlar
|
–
|
Qashqadaryo Sug’di
|
O’zbekiston hududlarida ilk davlatlar paydo bo’lishi va rivojlanishining davrlarga bo’linishi1.
1-davr
Mil.avv. II ming yillikning 2-yarmi
|
O’zbekistonning janubida embrional shakldagi davlatga o’xshash tuzilmaning qaror topishi. Davlatning bunday namunasini Jarqo’ton misolida ko’rish mumkin
|
2-davr
Mil.avv. I ming yillik boshi – mil.avv. 539 yil.
|
Baqtriya, Sug’diyona, Xorazm kabi tarixiy-madaniy viloyatlar va ko’chmanchi qabilalarning turli konfederatsiyalari. Bu siyosiy uyushmalarda siyosiy hokimiyat tizimining ilk shakllari mavjud edi
|
3-davr
Mil.avv. 539-330 yy.
|
Ahamoniylar bosqini tufayli qadimgi O’zbekiston hududlarining Ahamoniylar davlati tarkibiga kirishi hamda Ahamoniylar davlat boshqaruvining joriy etilishi
|
4-davr
Mil.avv. IV asr oxiri – mil.avv. II asrning ikkinchi yarmi
|
IV asrning oxirgi choragida Xorazmda podsholik paydo bo’ladi. Buxoroda, Davanda, Sug’dda alohida mulklar shakllanadi. Qang’ davlati qaror topadi
|
5-davr
Mil.avv. II asrning ikkinchi yarmi – mil. I asri boshi
|
Mahalliy davlatlar – Qang’, Xorazm podsholigi, Buxoro, Sug’d, Davan mulklarining mustaqhamlanishi va yanada rivojlanishi, Yuechji davlatining qaror topishi
|
6-davr
I asrning boshi – III asrning birinchi yarmi
|
Antik davrda mahalliy davlatchilikning rivojlanishi. O’zbekistonning janubida Kushon davlati, CHoch hududlarida yangi mulkchilik, Xorazmda Afrig’iylar davlatlari
|
4-§. O’rta Osiyoda Ahamoniylar davri boshqaruv (mil.avv. VI-IV asrlar)
Mil.avv. VI asrning o’rtalariga kelib shafqatsiz kurashlar natijasida Midiya podsholigi o’rnida Ahamoniylar davlati tashkil topadi. Ko’pchilik ilmiy – tarixiy adabiyotlarda Kir II Ahamoniylar davlatining asoschisi sifatida ehtirof etiladi. Ahamoniylarning Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi hukmdorlari qadimgi SHarqdagi juda ko’plab mamlakatlar ustidan o’z hokimiyatini o’rnatishni rejalashtirilganlar va shunday siyosat olib borganlar. Qadimgi dunyo mualliflari Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Yustin kabilarning mahlumotlaridan xulosa chiqaradigan bo’lsak, Kir II mil.avv. 545-539 yillarda SHarqiy Eron va O’rta Osiyo viloyatlarini bosib oladi. Doro I davrida (mil.avv. 522-486 yy. ) Ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O’rta Yer dengiziga qadar bo’lgan keng hududga o’z hukmronligini o’rnatgan. Juda ko’p sonli davlatlar, viloyatlar, shaharlar va xalqlarni birlashtirgan Ahamoniylar saltanati tarixda birinchi yirik dunyo davlati hisoblanadi.
Ahamoniylar hukmdorlarining O’rta Osiy viloyatlarini bosib olishi ilmiy-tarixiy adabiyotlarda keng yoritilgan va alohida mavzu hisoblanadi. SHuning uchun ham ushbu bo’limda davlatchilik tarixi bilan bevosita bog’liq bo’lgan Ahamoniylar davlatining tuzilishi, boshqaruv tartibi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot, bu davr shaharlari masalalariga batafsilroq to’xtalib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |