Bog’ot Tumanidagi 13-son maktabning biologiya o’qituvchisi Matyoqubova Ma’muraning 5-sinf o’quvchilari uchun Botonika fanidan konspekti



Download 0,98 Mb.
bet44/59
Sana22.11.2022
Hajmi0,98 Mb.
#870218
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59
Bog'liq
5-9 синф биология дарс ишланмалари

O’tgan mavzuni mustaxkamlash.

  1. Suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan barglarga poyaning qaysi qismi orqali ko‘tariladi?

  2. Organik moddalar o‘simliklarning qaysi organlarida to'planadi?

  3. Barglardagi organik moddalar poyaning qaysi qa­vati orqali harakatlanadi?



  1. Yangi mavzu bayoni: Shakli o'zgargan yer osti novdalar muhim biologik ahamiyatga ega. Ular o'simliklarni noqulay tashqi muhitdan saqlaydi, o‘zida ko‘p miqdorda oziq moddalar to‘playdi va ular vegetativ yo‘l bilan ko‘payishi uchun xizmat qiladi.

Shakli o'zgargan yer osti novdalar tuproq orasida shakllanadi va ularda novdalardagi singari kurtaklar hosil bo'ladi. Bunday novdalarga piyozbosh, tugunak va ildizpoyalar kiradi.
O'simliklar bargida boradigan murakkab biologik jarayonlar natijasida organik (oziq) moddalar hosil bo'ladi va ular turli organlarda to'planadi. Bu moddalar o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi. Oziq moddalar, asosan, o'simliklarning yer usti va yer ostidagi organlarida to'planadi. Odatda, bunday organlar o'ziga xos shaklda bo'ladi. Shakli o'zgargan yer osti novdali o'simliklarga bosh piyoz, sarimsoq piyoz, anzur piyoz, lola va boychechak kabilar kiradi.
Tuproq orasida piyoz hosil qiladigan o'simliklarga piyozboshli o‘simlik deyiladi.
Bosh piyozning piyozini hammamiz yaxshi bilamiz. U kurtak singari, tashqi tomondan quruq qobiq bilan o'ralgan, bu qobiq uni yozda issiqdan va qishda sovuqdan saqlaydi. Agar u uzunasiga kesib qaralsa, tubida qisqargan kalta poyacha borligini ko'rish mumkin. Piyozning tubidagi kalta poyacha asosidan pastga qarab qo'shimcha mayda ildizlar, yuqoriga qarab esa seret barglar, gulbandlar o‘sib chiqadi, ular o'rtasida esa kurtaklar joylashadi. Piyozning ana shu seret barglari shakli o'zgargan barglar bo'lib, ularning hujayralarida oziq moddalar to‘planadi. Vaqt o'tishi bilan gulbandning uchida to'pgul paydo bo'ladi. Demak, piyozbosh shakli o'zgargan yer osti novdadir.
Ekiladigan piyoz inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Uning tarkibida shakarlar, darmondorilar va kasallik qo‘z g'atuvchi mikroblarni qiruvchi moddalar ko'pligi tufayli u bevosita iste’mol qilinadi va undan turli taomlar tayyorlashda foydalaniladi.
0‘rta Osiyoda, xususan, 0‘zbekistonning tog'li rayonlarida yovvoyi piyozning juda ko‘p turlari o'sadi.
Tugunak va ildizpoyalar ham o'simliklarning shakli o'zgargan yer osti novdasidir. Tugunak o'simliklarga hammamizga tanish bo'lgan kartoshka, shoyigul, batat kabilar, ildizpoyali o‘simliklarga esa g‘umay, qamish, ajriq, yalpiz, gulsafsar va shirinmiyaga o'xshash turlar kiradi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani kartoshka bilan tanishamiz. Kartoshkaning tugunaklari uning yer ostidagi organiarida hosil bo'ladi. Demak, kartoshka shakli o'zgargan yer osti novda ekan. U, asosan, yumaloq shaklda bo‘lib, o'zida ko‘p miqdorda oziq moddalar (ayniqsa, kraxmal) saqlaydi, ichki tuzilishi j'ihatidan novdaga o‘xshaydi. Tugunaklaridagi chuqurchalarda — ко‘zchalarida kurtaklar joylashganligi bilan boshqa yer osti novdalardan farq qiladi.
Tugunaklar issiq, sernam sharoitda tez ko‘kara boshlaydi.
Tugunakdagi kurtaklardan yangi novda о'sib chiqadi. Kurtaklarning ko‘p qismi tugunakning uchiga yaqinroq joylashadi. Shuning uchun kartoshka, odatda, uchki kurtaklardan o‘sa boshlaydi.
Agar kartoshka tugunagi kesib ko‘rilsa, uning ichki tuzilishi poyanikidan farq qilmasligini ko‘rish mumkin.
Kartoshka tugunagida kraxmal borligini aniqlash uchun kesilgan tugunakka bir tomchi kuchsiz yod eritmasi tomizilsa, u asta-sekin ko‘karadi. Kraxmal boshqa o‘simlikdagi singari barglarda hosil bo‘lib, o‘sha yerda shakarga aylanadi va po'stloqning elaksimon naychalari orqali tugunakka keladi. Bu yerda u qaytadan kraxmalga aylanadi va to‘planadi.
Bahorda kartoshka tugunaklari yerga ekilganda ulardagi kraxmal qaytadan shakarga aylanadi. Ularning kurtaklari ana shu shakar eritmasi bilan oziqlanadi va o‘sadi.
So‘nggi yillarda kartoshkani ko‘zchalaridan ekib, hosil olishga katta e’tibor berilmoqda.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish