O’tgan mavzuni mustaxkamlash.
0‘sish konusi qayerda joylashgan va uning ahamiyati nimadan iborat?
Agar poyaning uchki qismi kesib yoki chilpib tashlansa, o‘simliklarda qanday o‘zgarishlar sodir bo'ladi?
G‘o‘za nima uchun chilpilanadi?
Yangi mavzu bayoni: Barcha tirik mavjudotlar singari, o'simliklar ham oziq moddalar bilan tirik. Shunday ekan, bu oziq moddalar poyada qanday harakat qiladi, degan savol tug'iladi. Tarkibida mineral tuzlar bo'lgan suv yog'ochlik orqali ildizdan barglar tomon harakatlanadi. Buni tajribada sinab ko'rish mumkin. Buning uchun barg chiqargan novda yoki ochilib turgan gullardan foydalanish mumkin. Agar berilgan siyohrang suvga daraxtning bargli novdasini solib qo‘yib, 2—3 soatdan keyin ko'ndalangiga va uzunasiga kesilsa, rangli suv yuqoriga qarab ko'tarilayotgani uchun yog'ochlik bo'yalganini ko‘rish mumkin.
Oziq moddalar lubdagi elaksimon naylar bo'ylab harakatlanadi.
Shakar suvda oson erib, lubning elaksimon naychalari orqali o'simlikning turli qismlarida to'planadi. Shakar ayrim o‘simliklarning, masalan, sabzi va lavlagining ildizmevasida, boshqalarining esa mevasi va urug'ida to'planadi. Kartoshka tugunagida esa shakar kraxmalga aylanadi.
Oziq moddalarning barglardan lubga va u orqali boshqa organlarga o'tishini tajribada ko'rish mumkin. Buning uchun tol yoki terakning bir xil uzunlikdagi ikkita bargli novdasidan kesib olinadi. Novdalardan birining pastki qismidan sal yuqorirog‘idagi po‘stlog‘i halqa shaklida kesib olinadi. Novdalar bir vaqtda suvga solinadi. Lekin po‘stlog‘i halqa shaklida kesilgan novdaning faqat pastki uchi suvga tushiriladi. Oradan ikki hafta o'tgach, nazorat uchun olingan novdaning pastki qismida ildizlar paydo bo'ladi. Po‘stlog‘i halqa shaklida kesib olingan novdada esa ildizlar po‘stlog‘i kesilgan joyining (halqaning) yuqorisida hosil bo'ladi. Bundan ko'rinib turibdiki, novdaning po‘stlog‘i kesib olingan pastki qismiga oziq moddalar o'tmas ekan.
Xulosa qilib aytganda, organik moddalarning o'simlik bo'ylab harakatianishida lub qavati katta rol o'ynaydi.
Shunday qilib, suvda erigan holdagi mineral moddalar (oziq moddalar) nay tolali bog'lamlar orqali o'simlikning barcha organlari bo'ylab harakatlanadi. O'simliklarning oziqlanishida ularning barcha organlari bir-biriga bog'liq holda ishtirok etadi. Agar ulardan birortasi qatnashmasa, oziqlanish jarayoni buziladi. Masalan, ildiz suv va unda erigan mineral tuzlarni zarur miqdorda yetkazib bermasa, barglarda organik moddalar kam hosil bo‘ladi. Aksincha, barglarda organik moddalar yetishmasa, o'simliklarning barcha hujayra, to'qima va organlari o'sish va rivojlanishdan to‘xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |