O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi).
Uyga vazifa:o’qib kelish.
5 -sinf Sana _________
Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________
Darsning mavzusi: Hujayraning tiriklik belgilari. Hujaralarni o’sishi va bo’lishi.
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga hujayraning tiriklik belgilari. Hujaralarni o’sishi va bo’lishi haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars.
Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar)
Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.
Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.
O’tgan mavzuni mustaxkamlash.
O’simliklar hujayrasi qanday asosiy qismlardan iborat?
Hujayralar qobig‘i qanday vazifani bajaradi?
Mag‘izning asosiy vazifasi nimalardan iborat?
Yangi mavzu bayoni: Yuqorida aytilganidek, o‘sim lik hujayralari qaysi organga tegishliligiga qarab shakli, hajmi va joylashishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Hujayralardagi bu farq o’simliklar turiga va yashash sharoitiga bog’liq.
Hujayralarning xilma-xilligini ko'rish uchun o'simliklarning turli organlaridan preparat tayyorlash kerak .
Hujayra shakllari:
ovalsimon; 2— yumaloq; 3— ko‘p burchakli; 4— naysimon; 5—to'g'ri to'rtburchakli; 6— tuksimon.
Hujayralarga xos muhim biologik xususiyatlardan biri ularning o'sishi va bo'linishidir. Hujayralarning o'sishini mikroskopda kuzatish ancha murakkab bo‘lsada, lekin kuzatish mumkin.
Tabiiyki, yosh hujayralar ancha mayda bo'lib, o'sgan sari yiriklasha boradi. Shuni aytish kerakki, har bir hujayra ma’lum o'lchamgacha o'sadi. 0‘sish jarayonida o‘simliklarning ayrim hujayralari shaklini o'zgartirmagani holda, ko'pchilik hujayralar shaklini ma’lum darajada o‘zgartiradi. Hujayralarning qobig'i yoshiga qarab qalinlashadi. Qari hujayralarda vakuol sitoplazmaga qaraganda ko'proq joy egallaydi. Bu belgi yosh va qari hujayralarni ajratish imkonini beradi. Vaqt o'tishi bilan qari hujayralarda sitoplazma va mag'iz butunlay yo‘qolib, ularning o'rnini suv yoki havo egallaydi, natijada ular nobud bo‘ladi.
Bo'linadigan hujayralarda dastlab mag'iz yiriklashadi, so‘ng ikkiga ajraladi va ular maxsus parda bilan qoplanadi. Bu davrda sitoplazmada ham to'siq paydo bo'lib, ona hujayrani teng ikkita yosh hujayraga ajratadi. Hujayra bo'linishi bilan undagi plastidalar ham teng ikkiga ajralib, yosh hujayralarga o'tadi. Hosil bo'lgan yosh hujayralar o'zidagi oziq moddalar hisobiga o'sishda davom etadi. Ular ona hujayra o'lchamiga yetgach, yana yosh hujayralarga bo'linadi. Shunday qilib, o'simliklarning o'sishi hujayralarning bo'linib ko'payishi va o'sishi hisobiga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |