Qismlari teng bog’lovchilar, bo’lsa, esa so’zlari, -u, -yu, -da yuklamalari yordamida bog’langan gaplar qanday qo’shma gaplar hisoblanadi?
Bog’langan qo’shma gaplar
Ergashgan qo’shma gaplar
Ohang yordamida bog’langan gap
Ergashgan qo’shma gaplar
Biriktiruv bog’lovchisi qo’shma gapning qanday munosabatlarida bo’lgan qismlarini bog’lab keladi?
Zidlik munosabati
Qiyoslash munosabati
Payt, sabab-natija munosabatlari
Ketma-ketlik
Zidlov bog’lovchilari qo’shma gapning qaysi qismida qo’llanadi va qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
Birinchi qismida , ikki nuqta bilan ajratiladi
Ikkinchi qismida, nuqta bilan ajratiladi
Ikkinchi qismida, nuqtali vergul bilan ajratiladi
Ikkinchi qismida, vergul bilan ajratiladi
Qaysi bog’lovchilar voqea-hodisalarning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi?
Goh-goh bog’lovchisi
Yo, yoki bog’lovchilari
Ba’zan-ba’zan bog’lovchisi
Dam-dam bog’lovchisi
Qaysi bog’lovchilar harakatning galma-galdan ro’y berishini ifodalaydi?
Yo, yoki
Va, ammo, lekin
Goh-goh, ba’zan-ba’zan, dam-dam
Biroq
Inkor bog’lovchisi yordamida bog’langan qo’shma gaplarning kesimi qanday shaklda bo’ladi?
Inkor shaklda
Bo’lishli shaklda bor, mavjud so’zlari orqali
Bo’lishli shaklda
Kesimi bo’lmaydi
Tа lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi. Berilgan gap qo’shma gapning qaysi turiga mansub?
a) bog’lovchisiz qo’shma gap b) murakkab qo’shma gap
d) ergashgan qo’shma gap с) bog’langan qo’shma gap
Bog’langan qo’shma gap qaysi qatorda berilgan?
a) Shuni bilki, odamlar do stlik tufayli bahtlidir
b) Yaxshi fikr tiniq uslubni talab qiladi, uslub esa fikr libosidir.
с) Oz tilingni hurmat qil, u senga keng imkoniyatlar ochib beradi.
d) Dunyo ko’rgan odam bilan hamsuhbat bo’lsang, bahri diling ochiladi.
Voqea hodisalarning o’zaro zidlanish mazmunini ifodalagan bog’langan qo’shma gapni toping.
a) Bu odam to nkarilib qolgan qo’ng’izga o’xshaydi, o’ngalab qo’yadigan odamlarning q’olini sasitadi.
b) Do’st yomon kuningda asqotadi, biroq qo’rqoq do’st yaxshi kuningda ham dushmandan xavflidir.
c) Ba’zi so’zlarda sehr bo’ladi, ba’zi she’rlarda hikmat bo’ladi
d) Xitoyga borib bo’lsa-da, ilm istangiz
Shu payt to’satdan ko’cha eshigi sharaqlab ochildi-yu, Zunnun xalloslagancha kirib keldi. Ushbu misol bog’langan qo’shma gapning qaysi turiga mansub?
a) biriktiruv munosabatli bog’langan qo’shma gap
b) zidlov munosabatli bog’langan qo’shma gap
c) ayiruv munosabatli bog’langan qo’shma gap
d) inkor munosabatli
Biriktiruv munosabatli bog’langan qo’shma gap qaysi qatorda berilgan?
a) Aziz Kamolov minbarga kotarildi hamda tasirli nutq sozladi
b) Suv keldi-nur keldi
c) Bahaybat fil xartumini suvga solishi bilan suvdagi to lin oy birdan qalqiy boshladi
d) Men shunday past ovoz bilan so’zlaymanki, hech kim eshitmaydi.
Berilgan gap qo’shma gapning qaysi turiga mansub? Ro’paradagi g’orning bag’ridan qora tutun ko tarildi va yerdan yo’tal tovushi keldi.
a) biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gap
b) zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gap
c) ayiruv bog lovchili bog’langan qo’shma gap
d) inkor bog’lovchili bog’langan qo’shma gap
Zidlov munosabatli bog’langan qo’shma gapni toping.
a) Ко’nglimni zavq asir etdi-yu, yosh boladay har yon yugurdim
b) Agar bir kishi bir donadan ko’chat о tqazsa , diyorimiz bog’-u bo’stonga aylanadi
c) Dilimizda orzu balandroq edi, lekin ko’klam noqulay keldi
d) Tong paytida esadi yellar va soylarda suvlar shovullar
Qaysi qatorda qiyoslash munosabati ifodalangan bog’langan qo’shma gap mavjud?
Sel na odamni ayadi, na dov-daraxtni tinch qo’ydi
Tovus o’zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o’zining sharaf-u shonini saqlaydi
Jondan ortiq narsa yo’q, lekin do’stlar uchun jonimiz fido
Kimning aqli ko’p bo’lsa, ayblari yashirin va do’stlari ko’p bo’ladi
Biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gap berilgan javobni aniqlang.
To’satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo’ldi.
Gulchehra “piq” etib kuldi-da, cho’zilib tugunni oldi.
Mashhur qora qashqa ayg’irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar gaplashib turgan Komilaga yuzlandi.
Barcha javoblar to’g’ri
Qaysi vositalar yordamida bog’langan qo’shma gaplar qiyoslash va zidlash munosabati borligini ifodalaydi?
Bo’lsa, esa so’zlari
Teng bog’lovchilar
Biriktiruv bog’lovchilari
Ayiruv bog’lovchilari
Inkor bog’lovchisi yordamida bog’langan qo’shma gapni aniqlang.
Uning kelganini na Qurbon ota payqadi, na Sidiqjon
Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan esa dog’ qoladi
Oradagi masofa yiroq, ammo mehr bizni bog’lab turardi
O’ylamoq yaxshi narsa, biroq ko’p o’ylab, xayolparast bo’lish zararlidir.
Bog’langan qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang.
Mashrab shuni yaxshi biladiki, o’rtog’I uni aldamaydi
Yo yerning kuchi yo’q, yo urug’I yaxshi emas
Bu uyda na Ashirdan, na Saodatdan-hech kimdan darak yo’q
Kun issiq edi, shuning uchun soyada dam olishni xohladik
Rustam supaga joy qildirib berdi-da, o’zi qayoqqadir ketdi.Ushbu bog’langan qo’shma gapning qismlari qanday vosita yordamida bog’langan?
Biriktiruv bog’lovchisi yordamida
Ohang yordamida
Shart mayli qo’shimchasi yordamida
Yuklama yordamida
Anor so’zlar va Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. Berilgan gapda qismlar o’rtasida qanday munosabat ifodalangan?
Payt, ketma-ketlik
Sabab-natija
O’xshatish-qiyoslash
O’zaro zidlik munosabati
Biriktiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapda qismlari o’rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo’shma gaplarda ikkinchi qism oldidan qaysi so’zni mumkin bo’ladi?
Yo, yoki bog’lovchilari qanday tinish belgisi bilan yoziladi?
Qaysi hollarda qo’shma gap qismlarini yo…, yo…; yoki…, yoki…; bog’lovchilari bog’lab keladi?
Bo’lsa, esa so’zlari qanday munosabatda bo’lgan qo’shma gap qismlarini bog’laydi?
Bog’langan qo’shma gap deb qanday gaplarga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |