Bo'gimoyoqlilar tipi reja



Download 55,5 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi55,5 Kb.
#769805
Bog'liq
BO\'GIMOYOQLILAR TIPI


BO'GIMOYOQLILAR TIPI


Reja:



  1. Bо‘g‘im oyoqlilar tipiga umumiy tavsif.

  2. Bо‘g‘im oyoqlilar sistematikasi.

  3. Jabralilar kichik tipi. Qisqichbaqasimonlar sinfi.

  4. Yuqori qisqichbaqasimonlar kichik sinfi.

  5. Yuqori qisqichbaqasimonlarning asosiy turkumlari.

Bо‘g‘im oyoqlilar tipiga umumiy tavsif.


Bu hayvonlar yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan bо‘lib, yer sharining biror bо‘lagi yо‘qki bular uchramasa. Dengiz va okeanlarda, suv tubining eng chuqur zonalaridan tortib, eng yuksak chо‘qqilargacha, chо‘llar, batqoqliklar, qaynar bо‘loqlar, yer osti suvlarida ham uchraydi. Bular umurtqasizlar ichida eng kо‘p turni (1 mln 300 mingga yaqin) о‘z ichiga oladi.
Bularning tanasi halqali chuvalchanglar kabi segmentlardan tashkil topgan, hamda ularda segmentlararo parda yо‘qolgan. Terining ustki qismidagi kutikula qalinlashib,u xitin deb ataluvchi organik modda tarkibiga ega bо‘lgan qattiq himoya qobig‘i hosil etgan. Ayni vaqtda mazkur qavat tashqi skelet vazifasini ham bajaradi. (Ichki tomondan bu qavatga muskullar birikadi). Shuning uchun ham bо‘g‘imlarning oraliqlari yupqalashgan. (Pо‘st tashlash hodisasi).
Sо‘nggi takomillanish natijasida (halqali chuvalchanglar parodiyalari) hosil bо‘lgan harakat organlari – oyoqlari maxsus bо‘g‘imlardan tashkil topgan.
Tipning sodda tuzilgan qadimgi avlodlarida oyoqlar soni kо‘p bо‘lib, bir qancha guruhlarida ular xilma-xil vazifalarni bajarishga moslashib о‘zgargan bо‘lishi, bir qanchalarida esa oyoqlar soni kamayishi yuz berganligi xarakterlidir.
Bо‘g‘im oyoqlilarda tana uch qismdan iborat:
Bosh.
Tana.
Qorincha (abdomen)
Bundan tashqari bularda – yaxshi rivojlangan harakat organlari oyoqlarning paydo bо‘lishi, ularda sezuv organlarining g‘oyat kuchli darajada rivojlanishi xarakterlidir. Markaziy nerv sistemasi, bosh miya va qorin nerv zanjirini murakkablanishi va taraqqiy etishini muvofiqlashtirgan.
Ikkilamchi tana bо‘shlig‘i о‘zgargan. Bu tana bо‘shlig‘i (kо‘pchilik zoologlarning fikricha birlamchi va ikkilamchi tana bо‘shlig‘ining qо‘shilishidan) hosil bо‘lgan. Shuning uchun ham ortidan ularda qon aylanish sistemasi (qon tomirlari tо‘la tutashgan emas).
Dastlabki suvda yashovchi bо‘g‘im oyoqlilarda halqalilarning nafas olish organi-paronodiya о‘simtalarining rivojlanishi natijasida rivojlangan jabralar bо‘lib, bir qanchalarida havodan nafas olishga moslashgan varaqchalar (о‘pka) yoki naychalar sistemasi (traxeya) taraqqiy etgan.
Bо‘g‘im oyoqlilarning hamma avlodlari jinsiy yо‘l bilan kо‘payadi. Bularning hamma avlodlarida embrion taraqqiyoti lichinkalik davrini о‘taydi. Juda kо‘p hodisalarda lichinka tо‘la о‘zgarishli “metamorfoz” orqali rivojlanadi.

Bо‘g‘im oyoqlilar sistematikasi.


Kо‘pchilik darslik va qо‘llanmalarda bо‘g‘imoyoqlilarning asosiy yirik sistematik kategoriyalari, ularning nafas olish xususiyatlari va tuzilishiga qarab guruhlanadi va bayon etiladi.
Bu 4 ta kichik tipga bо‘linadi.
1. Jabralilar:
2. Trilobitlar:
3. Xeletseralilar:
4. Traxeyalilar:

Jabralilar kichik tipi. Qisqichbaqasimonlar (Srustacea) sinfi.


Jabralilar hozirgi davrda eng keng tarqalgan bо‘lib, nafas olish organi jabrasi oyoqlar bilan tutashganligi xarakterlidir va bitta sinfi mavjud.


Bu sinf vakillari okean va dengizlarning sohil, pelagial va abissal zonalarida, xilma-xil shо‘r va chuchuk suv havzalarida, g‘or kо‘llarida yashovchi 20 mingdan ortiq turi ma’lum. Bularning xitinlashgan kutikula bilan qoplangan tanasi uch qismdan iborat.
Bosh
Kо‘krak
Qorin qismlardan iborat.
Aksari avlodlarida oyoq kо‘p, ular xilma-xil vazifalarni bajarishga moslashgan. Sinfning hamma turlarida antenna va antenulla deb nomlanuvchi ikki juft mо‘ylovlar (teri va hid biluvchi organlarning) bо‘lishi xarakterlidir.
Suvda yashovchilarida oyoqlar bilan tutashgan maxsus nafas olish organlari jabralar rivojlangan, ba’zilarida esa bu organ burtmalar, kurakchalar, о‘simtalar shaklida bо‘ladi. Bir qancha turlarida esa jabralar yо‘qolib teri orqali nafas oladi.
Sezuv organlari (“murakkab yoki sodda kо‘zlar, teri, hid sezuv va muvozanat organlari”) va M.N.S.si yaxshi taraqqiy etgan. Hamma avlodlari ayrim jinsli. Jinsiy kо‘payadi. Hammasida “Neupleus” deb ataluvchi lichinka davri bо‘ladi.
Ahamiyati – qisqichbaqasimonlar, baliqlar va boshqa suv hayvonlarining asosiy ozig‘i hisoblanadi. Zooplanktonning 90% ini tashkil etadi. Insoniyat oziqa sifatida foydalanadi.

Qisqichbaqasimonlar sinfi – 5 ta kichik sinfga bо‘linadi.


Jabra oyoqlilar ( Branchiopoda)
Sefalokaridalar (Cephalocaridae)
Maksillopodalar (Maxillopada)
Chig‘onoqli qisqich baqasimonlar (Ostracoda)
Yuqori qisqich baqasimonlar (Malacostraca)
Ilgari sistematikada bu sinf yuqori va tuban qisqichbaqalar degan 2 ta sinfga bо‘linar edi.

4. Yuqori qisqichbaqasimonlar (Malacostraca) kichik sinfi.


Yuqori yoki oliy qisqichbaqasimonlar okean, dengiz va chuchuk suvlarda nihoyatda keng tarqalgan bо‘lib, boshqa qisqichbaqalarga nisbatan yirik bо‘lishi xarakterlidir. Ba’zilar nam yoki quruq joylarda ham yashaydi.
Tanasi segmentlarining doimiyligi ( kо‘krak qismi 8 bо‘g‘imdan qorin qismi 6-7 bо‘g‘imdan) va qorincha qismida oyoqlar joylashganligi xarakterlidir. Jinsiy dimorfizm shakllangan. Xitin “qalqon” bilan qoplangan.

Vakil: Daryo qisqichbaqasi (Astacus astacus) tuzilishi va hayoti.


Rossiyaning shimoliy qismi, jumladan Shimoliy Qozog‘istonning sekin oqar daryolarida uchraydi. Kattaligi 8-15 sm. Oyoqlari 19 juft. Oldingi 1 chi juftida qisqichlari bor. Tanasi xitin bilan qoplangan.


Qisqichbaqaning tanasi:
Bosh (6 bо‘g‘im)
Kо‘krak (8 bо‘g‘im)
Qorin (7 bо‘g‘im)
Boshning oldingi qismida uchli rostrum о‘simtasi, kо‘krakning qorin tomonida kо‘krak oyoqlar joylashgan. Jabralar mazkur oyoqlarning ustki tomonidan о‘sib chiqadi.
Qorin qismi esa harakatchan, ayrim bо‘g‘imlardan iborat bо‘lib, uning oxirgi qismi bargsimon oyoqlar bilan tutashgan holda oxirgi harakat organi selonni hosil qiladi.
Boshda ikki juft mо‘ylovlar bor, biri antenulla. Boshida bir juft jag‘ oyoqlar va uch juft katta oyoqlar (jabralar joylashgan).
Besh juft kо‘krak oyoqlari yurish uchun xizmat qiladi. Shundan uchtasida (ayniqsa 1 tasida) qisqichli о‘simtalar bor. Bu ovqatni ushlash uchun xizmat qiladi. Qorinchadagi hamma oyoqlari ikki ayri ya’ni ichki- endopodit va tashqi – ektopodit shoxchalarga ega. Terisi gipoderma tipidagi epiteliyadan tuzilgan. Gippoderma xitin (kutikula) ni yetishtiradi.
4.1. Hazm organlarining oldingi qismi og‘izdan boshlangan kalta qizilungach va bilan tutashgan kattagina oshqozondan iborat. Oshqozonning ichki devori xitin bilan qoplanib, ikki qismga bо‘lingan. Uning oldingi qismida xitinlashgan katta о‘simtalar -“oshqozon tishlari” joylashgan. Oshqozon teriga tutashgan mahsus muskullar yordamida harakatga kelgach, mazkur tishlar oziqni tо‘la ezib, maydalab beradi. Sо‘ngra yaxshi maydalangan oziq о‘rta echakka о‘tadi. О‘rta ichak kalta, uning ostki, yon va ustki tomonlariga bir qancha naychalar sistemasi ochilgan. О‘rta ichak va uning ushbu naychalarida oziq tо‘la hazm bо‘lib, tanaga tarqaladi. О‘rta ichakning mazkur naychlar sistemasi sirtdan bir butun sarg‘ish organ shaklida kо‘rinadi (uni ilgari “jigar” deb atashardi). Qorincha orqali о‘tgan ancha uzun orqa ichak ham xitin bilan qoplanib, oxirgi bо‘g‘imga ochilgan. U hazm bо‘lmay qolgan chiqindini chiqarishga xizmat qiladi.
Qisqichbaqa pо‘st tashlaganda jag‘lar, jag‘oyoqlar va boshqa tashqi muhim organlari bilan bir qatorda, oshqozon “tishlari” ham tushib ketadi. Bu paytda-to yangi “tishlar” yetilguncha u ovqatdan qoladi.
yirish organlari boshda joylashgan bir juft buyraklardan va ularning naychalar sistemasidan tuzilgan. Buyrakning asosiy qismi – selomik (ikkilamchi tana bо‘shlig‘idan yetishgan) pufakchalar bо‘lib, bular uzun va buklangan murakkab naychaga tutashgan. Naychalarning uchi siydik pufagiga, ular esa II juft mо‘ylovlarning ostida tashqariga ochilgan. Shuning uchun ham ushbu ayirish organini ba’zida “antenna bezlari” yoki “antenne buyraklari” deb ataladi. Bulardan tashqari ayirish protsessida tana bо‘shlig‘idagi suyuqliklarning ajralishi ma’lum rol о‘ynaydi.
Qon aylanish sistemasi. Qisqichbaqaning boshqa bо‘g‘im oyoqlilarga qaraganda birmuncha yaxshi rivojlangan. Orqa tomonda, ichakning ustidagi maxsus sinus bо‘shlig‘ida kattagina yurak joylashgan. Yurakda uch juft teshikchalar bor; bular mazkur sinus bо‘shlig‘ida о‘tgan arteriya qonni yurakning ichiga о‘tkazishga xizmat qiladi. Yurakdan 5 ta arteriya о‘q tomirlar ajralib, bularning uchtasi bosh tomoniga, bittasi dumga, yana bittasi esa qorin tomoniga yо‘nalgan. Sо‘nggi tomir о‘z navbatida qorin tomonidan bо‘yiga chо‘zilgan va oyoqlarga boradigan tomirlarni hosil qiladi. Yurakning qisqarishi bilan undagi arterial (oksidlangan) qon mana shu tomirlar va lakunlar orqali tanaga tarqaydi. Tо‘qimalarda hosil bо‘lgan CO2 li venoz qoni esa boshqa maxsus tomirlar orqali jabralarga borgach, oksidlanib yurak oldi sinusiga tо‘planadi va shu bilan kо‘rsatib о‘tilgan qon harakati (aylanishi) yangidan takrorlanadi.
Jinsiy organlari. Erkak qisqichbaqalarda bitta (aslida bir juftdan rivojlangan) kattagina urug‘don bо‘lib, u uzun urug‘ yо‘li bilan tutashgan. Bular hammasi kо‘krak qismida joylashgan. Urug‘ yо‘lining naychalari oxirgi kukrak oyog‘ining ostiga ochilgan. Ularning disksimon spermatozoidlari urug‘ yilida tо‘planib, tashqariga chiqishi bilan birinchi juft qorincha oyoqlari (qо‘shilish organi) yordamida qobiqqa о‘raladi. Bunday maxsus qobiqqa о‘ralgan spermatozoidlarni spermatofora deb nomlanadi. Erkaklar qо‘shilish vaqtida shu xildagi urg‘ochining qorincha oyoqlariga ilashtirib qо‘yadi. Urg‘ochilardagi tuxumdon yana ham kattaroq bо‘lib, u ham kо‘krak bо‘shlig‘ida joylashgan. Tuxumdon bir juft kalta tuxum yо‘llari bilan tutashib, ular о‘z navbatida о‘rtancha kо‘krak oyog‘ining ostiga ochilgan.
Daryo qisqichbaqalarida tuxumning otalanishi va rivojlanishi urg‘ochining qorincha qismida, qorincha oyoqlarining oralig‘ida sodir bо‘ladi. Tuxumi yetilgan urg‘ochi maxsus shilimshiq modda ajratib chiqaradi. Qorinchaning butun ostki sathini tо‘ldirgan bu shilimshiq modda ichiga u bir necha yuzta tuxum qо‘yadi. Bu paytda mazkur modda ta’sirida ilgari erkaklardan olingan spermatofora qobig‘i “erib” undan ajralib chiquvchi spermatozoidlar tuxumni otalantiradi. Otalangan tuxumlar esa oyoqlar oralig‘ida (ularga mahkam joylashgan holda) qilib, rivojlanadi.
Qisqichbaqa tuxumi juda sekin – 5-6 oyda rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan qisqichbaqa lichinkasi – zoyeada qorincha oyoqlari rivojlanmagan bо‘lib, bosh tomonida juda uzun ikkita о‘simtasi bо‘lishi xarakterlidir. U 2 – 3 yilda; bir necha о‘n martalab pо‘st tashlab о‘sib, voyaga yetadi.
Markaziy nerv sistemasi kattagina bosh miya (halqum usti nerv tugunlari) va u bilan konnektivlar orqali tutashgan katta halqum osti nerv tugunidan boshlanadi. Halqum osti tuguni 5 juft kо‘krak va 6 juft qorincha nerv tugunlaridan tarkib topgan. Qorin nerv zanjiri bilan tutashgan. Bosh miya 3 juft, halqum osti nerv tuguni esa 6 juft nerv tugunlarining qо‘shilishidan yetishadi. Demak, qisqichbaqadagi markaziy nerv sistemasi 20 juft (3+6+5+6=20) nerv tugunlaridan tarkib topgan. Lekin bо‘g‘imlardagi juft tugunlar bir-biriga juda yaqin joylashganligidan u “qorin nerv zanjiri” kо‘rinishini yо‘qotgan.
Sezuv organlari maxsus о‘simtalar ustida joylashgan bir juft murakkab kо‘zlar, ikki juft mо‘ylovlar, jag‘oyoq va boshqa oyoqlarida joylashgan minglarcha hid sezuv va teri sezuv qilchalar va pufakchasimon о‘simtalardan iborat (mazkur qilchalar va о‘simtalarning kо‘pchiligii mо‘ylovlarda joylashgan). Har bir murakkab kо‘z – ammotidlar deb nomlanuvchi minglarcha kо‘zchalardan tarkib topgan. “Fosetik kо‘zi” deb nomlanuvchi bu xildagi kо‘rish organi kо‘pchilik bо‘g‘imoyoqlilar uchun xarakterli.
5. Yuqori qisqichbaqasimonlarning asosiy turkumlari.

Tekis oyoqli qisqichbaqasimonlar turkumi. Bular suvdagi о‘simliklar yoki sohil zonasidagi yog‘och mahsuloti bilan: quruqlikdagilari esa barg va о‘simlik mahsuloti bilan oziqlanadi.


100-250 -1000 dan oshiq tuxum qо‘yib kо‘payadi.
Bir necha turlari baliqlarga oziq bо‘lsa bir necha turlari baliqlarda parazitlik qiladi.
“Suv eshakchalari” juda mayda tekis oyoqlidir. Shimoliy va о‘rta iqlimli zonaning turli chuchuk suv zonalarida bor va ba’zi bо‘laklarda uchraydi.
Oddiy “ eshakcha” – “eshakqurt ” quruqlikka yashashga moslashgan tekis oyoqlidir. Qaraqum va Qizilqum, О‘rta Osiyo yaylovlarida uchraydi. V.YE. Baruskiy ishlari.
. О‘n oyoqli qisbaqasimonlar turkumi. Bu turumning juda kо‘p vakillari okean va dengizlarda tarqalgan (5000 m chuqurlikka uchraydi). Dengizlarda tarqalgan avlodlari о‘rtasida bir necha smli mayda krablar va krevetkalar 30-60 sm omar va langustlar, oyoqlari 2-3 m gacha boradigan gigant krablar ham mavjud.
О‘n oyoqlilar katta sanoat ahamiyatiga ega. Turli krablar, omarlar langustlar, krevetka, qisqichbaqalar ovlanadi. Har yili 1 mln tonnadan oshiqroq о‘n oyoqlilar ovlanadi.
Download 55,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish