Bog‘dorchilik o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»


Tuproqdagi namlikning daraxtlar o‘sishi va meva tu-gishiga ta’siri



Download 2,33 Mb.
bet53/126
Sana27.01.2022
Hajmi2,33 Mb.
#414076
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126
Bog'liq
bogdorchilik

Tuproqdagi namlikning daraxtlar o‘sishi va meva tu-gishiga ta’siri. O‘simlikdagi hayotiy jarayonlar – fotosintez, o‘suv nuqtasida hujayralar bo‘linishi va boshqa jarayonlar hu-jayralarda suv yetarli bolgandagina me’yorida o‘tadi. Suvning yetarli bo‘lishi ikki jarayonning, ya’ni ildiz tizimining suv berib va barglar yuzasining­ suv bug‘lantirib turish jarayon-larining o‘zaro moslanishi bilan ta’minlanadi. Suvning kelib turishi va chiqib ketishi o‘simlikning suv bilan ta’minlanish rejimini tashkil etadi.

Meva daraxtlarining qancha suv sarflashi iqlim omillari, o‘simliklarning tabiati, ularning yoshi, hosilning miqdori va agrotexnika tizimiga qarab belgilanadi.


O‘zbekiston tekisliklarida ko‘p yog‘in yog‘maydi, yili-ga yoqqan yog‘in 200–350 mm chamasida bo‘ladi. Xorazm va Qoraqalpog‘istonda esa yanada kamroq yog‘in yog‘adi. Yog‘ingarchilik ko‘pincha kuz, qish va erta bahorda bo‘ladi.



92


May–oktabr davrida yog‘ingarchilik deyarli bolmaydi. Shu­ ning uchun dehqonchilik va, shu jumladan, bog‘dorchilik bilan sun’iy sug‘orish sharoitidagina shug‘ullanish mum-kin. Sug‘orish butun yil mobaynida­ bog‘larni namlik bilan ta’minlabgina qolmay, balki bog‘ mikroiqlimiga ijobiy ta’sir etadigan omil hamdir.

Sug‘orish cheklab qo‘yilib, tuproqda nam yetishmay qolgan taqdirda meva daraxtlari sekinroq o‘sadi, ularning bargi va ho-sili kamayadi, xazonrezgilik barvaqt boshlanadi. R.R.Shreder nomli institutning juda ko‘p ma’lumotlariga ko‘ra, hosilga kir-gan olma bog‘lari sug‘orib turilgan taqdirda daraxt novdalari­ ning o‘sishi 1,4 marta, tanasining aylanasi 3,4 martacha, hosili esa 1,6–2 baravar oshadi. Sizot suvlari chuqur joylashgan yosh mevali bog‘lar sug‘orilmasdan umuman o‘sa olmaydi. Daraxt-lar qishga kirganda zaxira oziq moddalari kam bo‘ladi, ular­ ning sovuqqa chidamliligi pasayadi (A. Ribakov, S. Ostrouxo-va, 1981).


Ko‘p miqdorda va katta dozalarda sug‘orish orqali tuproqning haddan ziyod kamayib ketishi ham bog‘ uchun zararlidir. Bu holda tuproq botqoqlanib, uning fizik xossalari, ayniqsa, havo rejimi yomonlashadi, ildiz tizimining faoliyati uchun noqulay sharoit paydo bo‘ladi. Zaxlatib sug‘orilgan bog‘lardagi daraxt-larning kuzgi o‘sishini kechiktirib yuboradi va ularning sovuqqa chidamliligini kamaytiradi.


O‘zbekiston bog‘larida A.A.Ribakov va S.A.Ostrouxova (1981)ning ko‘p yillar davomida olib borgan tajribalari shuni ko‘rsatdiki, o‘suv davri davomida tuproqning ildiz taralgan qatlamdagi­ (30–100 sm) namlik tuproqning to‘la nam sig‘imiga nisbatan 80–85 foizni tashkil etishi lozim. Bo‘z va qumoq, o‘tloq tuproq uchun bu namlik tuproqning absolyut quruq vazniga nisbatan taxminan 18–20 foizni tashkil etadi. Qumoq, qumloq va shag‘al toshli yerlar uchun namlik foizi kamroq, og‘ir soz tuproq uchun esa ko‘proq bo‘lishi lozim. Ammo shu bilan birga shuni e’tiborga olish lozimki, meva daraxtlarida shira harakati boshlangan davrda namga, ayniqsa, talabchan­



93


bo‘ladi va novdalar o‘sgan, barglar ko‘paygan, mevalar hosil bo‘lgan va kattalashgan sari bu talab oshib boradi. O‘suv davri oxirida o‘simliklarning suvga bo‘lgan talabi kamayadi.

Tuproqning namligi mevalarning sifatiga ham ta’sir qiladi. Kamroq, shuningdek, kechiktirib sug‘orish, ayniqsa, hosil mo‘l bo‘ladigan yillari mevalarning to‘kilib ketishiga sabab bo‘ladi. R.R.Shreder nomli institut bog‘larida sug‘orishlar soniga qarab hosilning qanchasi to‘kilgani qayd qilingan.




10-jadval



Sug‘orish soni

To‘kilgan meva




(foiz hisobida)










3–4

39,4













1–2

48,4













Sug‘orilmaganda

51,4













Shuningdek, tuproqning namligi yetarli bo‘lmasa, mevalar­ ning o‘rtacha vazni kamayib ketadi. Qandil sinap nav olma­ ning o‘rtacha vazni ikki marta sug‘orilganda 54 gr, to‘rt marta sug‘orilganda esa 74 gr kelgan.


Bundan tashqari, ko‘pgina kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, yetarli­ sug‘orilmasa olma va nokning saqlanish muddati ikki haftaga qisqarib, ular tarkibidagi qand va kislotalar miqdori kamayadi.


Sug‘orish orqali tuproqda ildizlarning joylashishini tartibga solish­ mumkin. Tez-tez va kamroq dozalarda sug‘orilsa, ildiz tuproqning­ ustki qatlamiga taraladi. Bunday daraxtlar tuproq­ ning qizib ketishi natijasida tez qurib qolganligi sababli tez-tez sug‘orishni talab qiladi (Cherepaxin va boshqalar, 1991).


Mevali daraxtlar qondirib sug‘orilsa, daraxtning ildizlari chuqur qatlamlarga o‘tib, tuproqning katta hajmini qamrab oladi. Bu esa daraxtlarning o‘sishiga va hosil berishiga ijo-biy ta’sir etadi. Ammo har qanday tuproqni ham ana shunday qilib sug‘orib bo‘lmaydi. Masalan, sizot suvlari yuza bo‘lgan sho‘rlangan tuproqni qondirib sug‘orib bo‘lmaydi. Aks holda



94


suv tuproqning chuqur qatlamlariga yetib borib, u yerdagi tuzni tuproqning haydaladigan qatlamiga chiqarib va tuproqni sho‘rlantirib qo‘yadi:

Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish