Yerni ko‘chat ekishdan oldin ishlash. Tokning tutib ketishi, yosh tok ko‘chatlarining o‘sishi, hosilga kirish vaqti, hosildor-ligi, uzoq yashashi va muhit sharoitiga chidamliligi yerni ekin ekishdan oldin tayyorlashning sifatiga bog‘liq. Yerni tayyorlash quyidagilardan: tekislash, undan oldingi ekinni ekish, yerni o‘g‘itlash, tog‘ yon bag‘irlarini terrasalash, sug‘orish va drenaj tizimlarini tekshirish, kartalarni mustahkamlash, yerni ag‘darib haydash va daraxt hamda butalar bo‘lsa, ularni kovlab tashlash va boshqalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |