Tok barglari va uzum boshlarini siyraklashtirish. Uzum boshlariga havo kirishi va yorug‘lik tushishi uchun tok barglari
siyraklashtiriladi. Buning natijasida g‘ujumlari yaxshi rang tortadi. Bu, ayniqsa, uzumning xo‘raki navlari uchun zarur. Bu ishni asosiy g‘ujumlar yumshay boshlagan vaqtga to‘g‘rilash mumkin, chunki g‘ujumlarni oftob urishidan saqlash kerak. Faqat uzum boshi pastidagi novdaning barglari yoki hosilsiz novdalardagi soya beradigan barglar olib tashlanadi. Shu bilan bir vaqtda kuchsiz rivojlangan keraksiz yashil novdalar olib tashlanadi, bu keyinchalik tokni kesishni osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |