Kuchli o‘sadigan novdalarni olib tashlash. Tokning deyarli har bir tupida kuchli o‘sadigan, ba’zan esa surh novdalar ham bo‘ladi. Bular tana asosidagi zangda va ma’danli zanglarda joyla-shadi. Ular birinchi va ikkinchi yili kam hosil beradi. Bularning hosildorligini oshirish maqsadida tupning o‘sish kuchini ularda qo‘ltiq novdalar hosil bo‘lishiga yo‘naltirish maqsadga muvofiq-dir. Bunda har bir novda uchun 3–4 qo‘ltiq novda qoldiriladi.
Qo‘ltiq novdalarda hosil yetishtirish va novdalarning uchini kesish. Novdalarning uchi chilpib tashlanganda oziq moddalar shakllanayotgan qo‘ltiq kurtaklarga boradi, bu esa ko‘p navlardagi ana shunday kurtaklardan to‘pgul hosil bo‘lishiga yordam beradi. Sun’iy yo‘l bilan hosil qilingan qo‘ltiq novdalar tez o‘sadi va yuqori agrotexnika qo‘llanganda anchagina mo‘l hosil beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |