Qo‘ltiq novdalari va novdalarning uchini olib tashlash. Qo‘ltiq novdalarni rivojlanishning boshida olib tashlash yoki bitta-ikkita kurtak qoldirib uchini chilpish kerak. Agar tupda asosiy novdalar yetarli bo‘lib, qo‘ltiq novdalar faqat tupni qalin-lashtirgan va oziq moddalarning sarflanishi sabab bo‘ladigan, hosilni soyalab qo‘yib, zamburug‘ kasalliklarini paydo bo‘lish xavfi tug‘iladigan va uzum boshlarining pishishi kechikadigan hollarda ular yulib tashlanadi. Ortiqchalari oziq moddalarni sarflab asosiy novdalarga va hosilga zarar yetkazadi.
Qo‘ltiq novdalarni butunlay olib tashlamaslik, balki uni qisqartirish kerak: bu qoldirilgan barglar novdalar bo‘g‘imida to‘planadigan va shakllanayotgan kurtaklarning oziqlanishi
uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar yetishtirishga yordam bera-di. Bunday holda meva tugishi va hosildorligi kelasi yili yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |