Boburning portret yaratish mahorati


Sozandalar obrazi “Boburnoma”da ahli nag„ma deya tilga olinadi



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/66
Sana16.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#676979
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66
Bog'liq
Norqulova Maftuna MD(1)

Sozandalar obrazi “Boburnoma”da ahli nag„ma deya tilga olinadi. 
Mashhur sozandalar, cholg„uchilar sifatida Bobur quyidagilarni keltiradi:
1. Mirzo saroyidagi fozil beklardan biri bu 
Xoja Abdulla Marvoriy
edi.
Qonun musiqiy asbobini unchalik hech kim chala olmagan. Qonunning bir 
pardasida kuyni turli ohanglarga solmoqni u ixtiro qilgan. Xatni chiroyli yozar, 
ayniqsa, nasxta‘liq xatini yaxshi bitgan. Maktub yozishni ham maromiga qo‗ygan. 
Muallif bunday iste‘dodli ijodkor xulq-atvori haqida quyidagilarni bayon etadi: 
“…xushsuhbat kishi edi, she‟r aytur edi. “Bayoniy” taxallus qilur edi. She‟ri o„zga 
xasiyatg„a boqa ko„p furudtar edi, vale she‟rni xo„b tanir edi. Fosiq va bebok edi, 
fisqning shomatidin obila marazig„a giriftor bo„lur, ilik-oyog„idin qolib, necha yil 
turluk-turluk azob va mashaqqatlar tortib, ushbu baliyya bila-o„q olamdin naql 
qildi” (“B1”. 295-bet)



2. 
Qul Muhammad Udiy
– g‗ijjakchi. Asarda uning g‗ijjakka 3 qil 
taqqanligi, hech kim uncha ko‗p peshrav bog‗lamagani, peshravdan o‗zga kuylari 
uncha mashhur emasligi ta‘kidlanadi.
3. Musiqachilardan 
Shayxiy Noiy
haqida quyidagi fikrlarni keltiradi: 
“…udni va g„jjakni ham xo„b cholur ekandur. O„n ikki- o„n uch yoshidin beri 
nayni xo„b cholur ekandur” (“B1”. 307-bet). 
Bobur fikricha, nay va g‗ijjak 
chalishda Noiychalik mohir bilan hech kim chala olmagan. Lekin kuy yaratishda 
ko‗p ijod qilmaydi. Asarda Noiy hayotiga oid rivoyatlar ham keltiriladi
4. 
Shohquli G„ijjakiy
– g‗ijjakchi. Iroqdan. Xurosonga kelib soz mashq 
qilib o‗sganligi va anchagina naqsh va peshravlari borligi ta‘kidlanadi.
5. ―Boburnoma‖da musiqachilardan 
Husayn Udiy
haqida ham ma‘lumotlar 
keltiriladi: 
“Udni mazaliq cholib, mazaliq nimalar aytur edi. Udning torlarini 
yakka qilib bu cholibtur. Aybi bu ediki, bisyor noz bila cholur edi. Shayboniyxon 
bir navbat soz buyurur, takalluf qilib ham yamon cholur, ham o„z sozini kelturmay, 
yaramas soz kelturur. Shayboniyxon faxmlar. Buyururkim, suhbatda o„q g„alaba 
gardanilar ururlar. Shayboniyxonning olamda bir yaxshi ishikim bor budur
filvoqe xo„b bordur. Ushmundoq nozuk mardaklarga mundin ko„prak sazo kerak”. 
(“B1”. 309-bet).
Muallif fikricha, Husayn Udiy udni yoqimli chalib, ma‘nili 
qo‗shiqlar aytgan. Ammo bir aybi bor ekanki, ko‗p noz bilan chalar ekan. Bobur 
“nozuk mardak”
iborasini aynan Udiyga nisbatan kinoyali tarzda ishlatgan.
6. Bastakorlardan 
G„ulom Shodiy
haqida Bobur 
“Shodiy xonandaniong 
o„g„li edi, agar soz cholur edi, vale bu sozandalar chargasida cholmas edi. Yaxshi 
savtlari va xo„b naqshlari bor. Ul zamonda oncha naqsh va savt bog„lar kishi yo„q 
edi” 
deydi. 
(“B1”. 309-bet).
Demak. Shodiy hofizning o‗g‗li bo‗lgan. U sozni 
sozandalar davrasida chalmas ekan. Asarda keltirilishicha, uning yaxshi kuylari va 
naqshlar bor ekan. U zamonda Shodiychalik ko‗p naqsh va kuy bog‗lagan kishi 
bo‗lmagan.
7. 
Mir Azu
– bastakor. Soz chalmagan. Garchi ozgina ohang yaratgan bo‗lsa 
ham yaxshi ishlari borligi ta‘kidlanadi.


8. 
Binoiy
– bastakor. Binoiy haqida shoirlar haqida ma‘lumot berilgan 
o‗rinda ham aytib o‗tgan edik. Uning musiqa sohasidagi ishlari bastakorligi bilan 
baholanadi.
9. Bobur yana bir ijodkor 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish