Boburning portret yaratish mahorati



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/66
Sana16.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#676979
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66
Bog'liq
Norqulova Maftuna MD(1)

Pahlavon Muhammad Busaid
haqida ham ijobiy 
fiklar bildiradi: 
“Kushtigirliqta xud saromad edi, she‟r ham aytur edi. Savt va 
naqshlar bog„lar edi: “Chorgoh”da bir yaxshi naqshi bor, xushsuhbat kishi edi. 
Kushtigirlik bila muncha haysiyatni jam‟ qilmoq g„arobati bor” (“B1”. 310-bet). 
Asarda keltirilgan ma‘lumotlardan ayon bo‗ladiki, Pahlavon Muhammad kurashda 
peshqadam kishilardan bo‗lgan. She‘r yozib, ijod bilan ham shug‗ullangan. Kuy va 
naqshlar ham bog‗lagan. Xushsuhbat kishi bo‗lgan. Kurashchi polvon bo‗lish bilan 
birga ma‘naviy fazilatlar egasi bo‗lishini Bobur g‗aroyib bir hodisa deya 
baholaydi. Qizig‗i shundaki, Bobur ijodkor shaxsi va u yaratgan san‘at asarlariga 
munosabat bildirar ekan, qiyoslash yo‗lidan bormaydi. Ya‘ni ijod namunalari 
solishtirib tahlil etilmaydi. Shunday bo‗lsa-da, Bobur har bir obraz haqida batafsil 
ma‘lumot berishga, ijod namunalarini tahlil qilishga intiladi. 
Asarda quyidagi rassomlar haqida ma‟lumot beriladi:
1. Bobur o‗z davrining ulug‗ rassomi 
Behzod
ning sanʼati haqida hayajon bilan 
gapiradi. Shu bilan birga uning ijodidagi kamchiliklarni ko‗rsatishni ham 
unutmaydi. 
“Musavvirlardin Behzod edi,
— deb yozadi Bobur,— 
musavvirliq 
ishini bisyor noeuk qildi. Vale saqolsiz elning chehrasini yomon ochadur. 
G„abg„abini ko„p ulug„ tortadur. Saqolliq kishini yaxshi chehrakushoy qiladur”.
2. Boshqa bir buyuk rassom Shoh Muzaffar haqida asarning 2 o‗rnida 
ma‘lumot beriladi. Bobur uning sanʼatining ikki asosiy fazilatini qayd qiladi: 
birinchidan, uning sanʼatining nozikligini qayd qilsa, ikkinchidan, rassomning 
chizgan suratlarida odamlarning soqollari ayniqsa yaxshi aks ettirilgan,— deydi. 
U yozadi: ―... 
tasvirni ko„p nozuk qilur edi. Tashʼirni xud guzaro nozuk qilur edi. 
Xili umr topmadi. Yana bir tasnifi bor, ul tasnifi tasavvuftadur, yomon emas
g„olibo agar so„z aning emas. Taraqqiy mahalida-o„q olamdin bordi”(“B1”. 308-
bet).
Shuningdek, ayni o‗sayotgan davrida olamdan o‗tgani haqida taassuf bilan 
aytib o‗tiladi.
 


―Boburnoma‖ni o‗qigan kitobxon ilm – fanning juda ko‗p sohalari bo‗yicha 
qimmatli ma‘lumotlar olishi bilan birga, Zahiriddin Muhammad Boburning 
nihoyatda murakkab, ayni paytda sarkarda sifatida mard – jasur, inson sifatida 
jozibador, ota sifatida farzandlari uchun mehribon – fidoiy qalbning porloq 
siymosini yaqqol tasavvur qiladi. Shu jihatdan Hindistonning atoqli jamoat arbobi 
Javoharlal Neruning ―Hindistonning kashf etilishi‖ asarida Bobur haqida aytgan 
quyidagi so‗zlarini keltirish o‗rinlidir: ―Bobur dilbar shaxs uyg‗onish davrining 
tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo‗lgan. U san‘atni, adabiyotni sevardi, 
hayotdan huzur qilishni yaxshi ko‗rardi‖. 
Asardagi markaziy obraz Boburning o‗zidir. Uning his tuy‘ulariga boy 
qalbi ko‗z oldimizda yorqin jonlanadi. Ingliz tarixchisi Elfiniston ―Boburnoma‖ 
va uning muallifi haqida: ―Uning shaxsiy his – tuyg‗ulari har qanday 
mubolag‗adan yoki pardalashdan xoli, uslubi oddiy na mardona, shu bilan birga 
jonli va ifodali. O‗z zamondoshlari biografiyasini, ularning qiyofalari, urf-odati,
intilishlari, qiziqish va qiliqlarini ko‗zguda aks etgandek ravshan tasvirlaydi. Bu 
jihatdan ―Boburnoma‖ O‗rta Osiyodagi yagona chinakam tarixiy tasvir 
namunasidir‖ deb yozadi.
Bobur tarixiy shaxslarga, hatto o‘ziga dushman kishilarga ham beg‘araz 
munosabatda bo‘ladi, ular haqida xolis ma‘lumot beradi, faoliyatlari va fel-
atvoridagi kamchiliklarni halol ko‘rsatadi. Muhimi shundaki, u tarixiy shaxslarga 
mamlakat taraqqiyoti, obodonchilik ishlarida, fan, adabiyot va san‘atni yanada 
rivojlantirishda ko‘rsatgan xizmatlariga qarab baho beradi
16
.
Ushbu bobdagi mulohazalarni quyidagicha umumlashtirish mumkin: 
1.
Boburning e‘tiqodi shakllanishida, uning mustahkam iroda va qat‘iyatli
bo‗lib yetishishida oilaviy muhit, bolalikdagi tarbiyachilari, piru ustozlarining 
xizmati katta bo‗lgan. Bobur tug‗ilib o‗sgan muhit temuriylar xonadoniga mansub, 
taqvodor va e‘tiqodda sobit oila edi. Uning otasi Umarshayx Mirzo savodli kishi 
bo‗lib, Qur‘on tilovat qilgan. Umarshayx mirzo pokiza e‘tiqodli, taqvodor kishi 
bo‗lgan, Xoja Ahror Vali unga piri-ustozlik maqomida bo‗lgan, uni farzand 
16
Abdullayev M. Boburnoma va Shajarai turkning qiyosiy poetikasi. 56-58-bet. 


qatorida ko‗rgan. Bobur tug‗ilganida Xoja Ahror unga ―Zahiriddin Muhammad‖ 
deb ism qo‗ygan va uning iqbol yulduzi baland bo‗lishini tilab duo qilgan.
2.
Bobur oʻzining siyosat yuritishida diniy eʼtiqodlar va tasavvuf 
taʼlimotlariga amal qilgan. Bu orqali davlatdagi turli millat vakillari oʻzaro tinch-
totuv yashashi, ijtimoiy hamkorlik, diniy bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik 
taʼminlangan. Mazkur diniy siyosat oʻzida islomiy qadriyatlar va madaniyatning 
ustunligini namoyon qilishi bilan birga boshqa din va eʼtiqodlariga hurmat bilan 
munosabatda boʻlishni ham taqozo etgan.
3.
―Boburnoma‖da tasvirlangan ijodkor shaxslar obrazini, bizningcha, 3 
 
guruhga ajratish mumkin: 
1) Shoirlar obrazi; 2) Rassomlar obrazi; 3) Sozandalar 
obrazi. 
4.
Bobur tarixiy shaxslarga, hatto o‘ziga dushman kishilarga ham beg‘araz
munosabatda bo‘lgan. 
5.
Adabiyot va tarix, musiqa va san‘atdan yaxshi xabardor bo‗lgan, diniy
ta‘limotga chin ixlos qo‗ygan Bobur har doim olimu fozillar davrasida bo‗ldi, 
xususan, ijod ahliga, kasbu hunar sohiblariga samimiy ehtirom ko‗rgazib homiylik 
qilgan.



Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish