Boburiylar imperyasining inqirozi. Boburiylar imperyasining parchalanishi. Boburiylar imperyasining madaniyati



Download 21,34 Kb.
bet1/2
Sana01.06.2022
Hajmi21,34 Kb.
#625119
  1   2
Bog'liq
Boburiylar imperyasining inqirozi



Boburiylar imperyasining inqirozi.

Reja:

  1. Boburiylar imperyasining inqirozi.

  2. Boburiylar imperyasining parchalanishi.

  3. Boburiylar imperyasining madaniyati.

  4. Xulosa


Boburiylar imperyasining
Boburiylar imperyasining inqirozi.

1477-yildan boshlab Dehli sultonligida ichki nizolar avj olib, sultonlik inqirozga yuz tutdi, mahalliy hokimlar markaziy hukumatga boʻysunmay qoʻydi. Lohurda Davlatxon, Dehlida Ibrohim Loʻdiy, Mevarda Rano Sango mustaqillik eʼlon qildilar. Bobur bundan foydalanib 1519 va 1524-yillari Kobuldan Panjobga yurish qildi va katta oʻljalar olib qaytdi. 1525-yil Rano Sango oʻz raqnbi Ibrohim Loʻdiyni yengish va shu tariqa Shimoliy Hindistonni qoʻlga kiritish maqsadida Bobur bilan ittifoq tuzdi. Bobur yana Hindistonga yurib, 1525-yil kech kuzida Panjobni boʻysundirdi. 1526-yilning aprel oyida esa Panipat yonida boʻlgan jangda (qarang Panipat janglari) Ibrohim Loʻdiyni yengib, Agra va Dehlini egalladi. Bobur ilgari fotixlar singari (masalan Mahmud GʻaznaviyAmir Temur va boshqa) Hindistonni tashlab chiqmay, shu yerda qolishga qaror qildi. U 1527-yilning mart oyida Sikri yonida boʻlgan jangda Rano Sangoni ham yengib, butun Shimoliy Hindistonni boʻysundirdi. Bobur 1530-yil dekabr oyida vafot etdi. U oʻzi fath etgan mamlakatlarni betob kunlari oʻgʻillariga: Xindistonni toʻngʻich oʻgʻli Humoyunga, Panjobni Komron Mirzoga, Kobul va Qandahorni Askariy Mirzoga, Badaxshonni Hindol Mirzoga taqsimlab berdi. Humoyun oʻz mulkini kengaytirish maqsadida 1534-yil Gujarot va Biharga yurish qildi. Humoyun afgʻon sur qabilasining nufuzli yetakchilaridan Sherxon bilan Chousa va Qunuj (Kanauj)da boʻlgan janglarda magʻlubiyatga uchrab, dastlab Sind va Qandahorga, u yerdan esa Eronga shoh Tahmasp huzuriga qochdi. Shunday qilib, Shimoliy Hindiston 1555-yilgacha Sherxon va uning avlodi tasarrufida qoldi. 1555-yil Humoyun chigʻatoy, afgʻon, eron, turkman va koomchmanchi oʻzbek qabilalaridan katta qoʻshin toʻplab, Hindistonga yurish qildi, oʻsha yilning iyun oyida Surni yengib, Dehlini egalladi. Lekin oradan bir yil oʻtgach, Humoyun saroy kutubxonasi zinapoyasidan yiqilib, fojiona halok boʻldi. 1556-yil taxtga uning hali balogʻatga yetmagan o'gli Akbar oʻtqazildi. Boburiylar davlati hukmronligiga qarshi bosh koʻtargan Xemu va Iskandar Sur ustidan gʻalaba qozondi, keyinchalik Boburiylar davlatini birmuncha kengaytirishga muvaffaq boʻldi. Akbar davrida Hindukushdan jan.dagi Godavari daryosigacha boʻlgan yerlar Boburiylar davlati tasarrufiga oʻtdi. Akbar markaziy davlat apparatini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha islohotlar oʻtkazdi. Yer soligʻi, davlatni boshqarish tartibi xususidagi qonunlarni ishlab chiqdi. Birinchi qonunga binoan natural soliq pul soligʻi bilan almashtirildi. Bu tadbir davlatning moliyaviy ahvolini yaxshiladi. Akbar jizya, ziyoratchilardan olinadigan soliqni, soliq toʻplovchilarning maoshi (dorugʻa)ni, chopar hamda amaldorlar uchun toʻlanadigan yigʻim (qoʻnalgʻa)ni, bozordan yigʻiladigan bir qancha soliq va jarimalarni bekor qildi. Akbar zamonida ichki va tashqi savdo rivojlandi. Dengiz orqali olib boriladigan savdoda Gujarot va Bengaliya alohida oʻrin egalladi. Savdo yoʻllarida karvonsaroy va quduklar bunyod etilishi savdoni rivojlantirdi. Akbar XVI asrning 60—70-yillarida bir qator islohotlar oʻtkazdi. Podshoh hokimi mutlaq hisoblanib, uning huzurida maxsus vakillik mahkamasi tashkil etildi. Bu islohot mamlakatni birlashtirish va davlatni markazlashtirishda muhim rol oʻynadi. Akbarning oʻgʻli Jahongirshoh (1605—27) otasi davrida joriy etilgan feodal tartiblarni mustahkamladi, Boburiylar davlatini kengaytirish siyosatini davom ettirdi. Jahongir 1614-yil Mevarni, 1615-yil Assomni va 1621-yil Kashmirdagi kichik Kishtvora navobligini bosib oldi. Bangola viloyatidagi afgʻon qabilalarining gʻalayonlarini bartaraf etib, ularni boʻysundirdi. 1624-yildan boshlab hokimiyat uning oʻqimishli va tadbirkor xotini Shoh Jahon qoʻliga oʻtdi. Xuddi shu yillardan boshlab mamlakatda ichki kurash yanada kuchayib ketdi. Bu kurashni uning oʻgʻillari Xurram (Shoh Jahon) va Hisrav Mirzo boshladilar. 1622-yil Xurram otasiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, oxiri taslim boʻldi. U faqat otasining vafotidan (1627) keyingina Shoh Jahon nomi bilan taxtga oʻtirdi. Shoh Jahon (1627—58) ayrim mahalliy mulkdorlar (Bundel hokimi Jujhar, Dekan hokimi Xon Jahon Loʻdiy va boshqa)ning qarshiligiga duch keldi va ularning isyonlarini bostirdi, 1632—1636-yillarda Dekan hokimliklarini boʻysundirdi, 1638-yilda Qandahorni egalladi. Boburiylar davlati.ning eng mashhur hukmdorlaridan yana biri Avrangzeb Olamgirdir (1618—1707). U Dekan va Bijapurni boʻysundirdi. Akbar, Shoh Jahon va Avrangzeb hukmronligi davrida Boburiylar davlati taraqqiy etdi. Mamlakat birmuncha markazlashdi, iqtisod va madaniy hayot oʻsdi[1].

Download 21,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish