Boburiylar imperyasining inqirozi. Boburiylar imperyasining parchalanishi. Boburiylar imperyasining madaniyati



Download 21,34 Kb.
bet2/2
Sana01.06.2022
Hajmi21,34 Kb.
#625119
1   2
Bog'liq
Boburiylar imperyasining inqirozi

Parchalanishi
Avrangzeb hukmronligining ohirgi yillarida Dekanda marathalar, Shimolida afgʻon qabilalari, Panjobda sikhlar, Mevar va Marvarda rajputlar qoʻzgʻolonlari tufayli Boburiylar davlati ogʻir ahvolga tushib qoldi. Avrangzeb vafotidan soʻng ichki kurashlar kuchaydi. Undan tashqari, yevropaliklar (PortugaliyaDaniyaGollandiya va Angliya)ning bosqinchilik siyosati boshlandi. Natijada mamlakat mayda-mayda davlatlarga boʻlinib ketdi. Boburiylar davlati 1858-yil ingliz mustamlakachilari tomonidan butunlay tugatildi.

Madaniyati


Boburiylar davlati mahalliy xalqlar madaniyati tarixida progressiv rol oʻynagan; bu yerda obodonchilik va madaniy turmushga katta eʼtibor berilgan; koʻplab sugʻorish inshootlari qurilgan, yangi yerlar oʻzlashtirilgan, bogʻrogʻlar bunyod etilgan, shaharsozlik, hunarmandchilik (qogʻoz i.ch., zargarlik, kulolchilik, temirchilik, qandolatpazlik, toʻquvchilik va boshqa) taraqqiy etgan. Tarixiy hujjatlarda gazlamaning 100 ga yaqin nomi keltirilganligi mamlakatda toʻquvchilik keng koʻlamda taraqqiy etganligini koʻrsatadi. Boburiylar mahalliy xalq bilan tobora yaqinlashish siyosatini olib borganlar, idora qilishda mahalliy urfodatlarga rioya etganlar. Akbar musulmon boʻlmagan xalqlardan olinadigan jizya soligʻini bekor qilgan, turlituman dinlarga eʼtiqod qiluvchi qabila hamda xalqlarni kelishtirish maqsadida turli dinlar aqidalari majmuidan iborat umumiy "Dini ilohiy" joriy etishga harakat qilgan.

Xalqaro aloqalari



Boburiylar davlati bilan Movarounnahrdagi davlatlar oʻrtasida dastlabki rasmiy madaniy aloqalar XVI asr 30-y.laridan boshlangan boʻlsada, Bobur Hindistonni zabt etgan vaqtdayoq koʻplab shoir, sozanda, bastakor, xonanda, miniatyurachi rassomlarni olib ketgan edi. XVI asr 2-yarmida shayboniylardan Abdullaxon II Akbar saroyiga bir qancha miniatyurachi rassomlar (xususan, Muhammad Murod Samarqandiy)ni, 1585-yil oʻz elchilari (shoir Mushfiqiy va boshqa) ni yuborgan. 1613-yil Buxoro xoni Imomqulixon Jahongirshoh huzuriga, Jahongirshoh ham oʻz navbatida Buxoroga oʻz elchilari (bular orasida hindistonlik mashhur hakim Hoziq ham boʻlgan) ni yoʻllagan. 1660-yil Boburiylar davlatiga ashtarxoniylardan Abdulazizxon (1645—80)ning , 1685-yil Buxoroga Avrangzebning elchilari borgan. Movarounnahrdan elchilar hayʼatida yuborilgan adabiyot va sanʼat ahllaridan tashqari turli sabablar bilan Boburiylar davlatiga kelib yashab qolgan shoirlar, meʼmor va miniatyura ustalari koʻp boʻlgan. == Meʼmorchilik, sanʼat, adabiyot Boburiylar davlatida roʻy bergan ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar, madaniy aloqalarning kengayishi natijasida ilmfan, adabiyot, sanʼat, meʼmorlik taraqkiy etgan, astronomiya yuksalgan. DehliJaypur va boshqa shaharlarda rasadxonalar qurilgan. Adabiyotda xalq diniysektantlik harakati gʻoyalari (turli diniy eʼtiqoddagi xalqlar tengligi va boshqa)ni targʻib qiluvchi "Bhakti" poeziyasi rivojlangan. Mazkur oqimning yirik namoyandalaridan biri Tulsidas (1532—1624) mashhur "Ramayana" dostonini yaratgan. Ayni vaqtda Shimoliy Hindistonda forsiy va turkiy tillarda, Markaziy Hindiston (Dekan) da urdu tilida saroy poeziyasi taraqqiy etgan, qator nasriy va nazmiy asarlar (Bobur, Bayramxon, Omuliy, Soib Tabriziy, Zebunniso, Bedil, Mirzo Gʻolib va boshqaning asarlari) yaratilgan. Ijodda "hindmusulmon uslubi" (shoirlar oʻz asarlarida Hindiston tabiat manzaralarini, voqeahodisalarini tasvirlasalarda, forstojik sheʼriyatining anʼanaviy shakl va obrazlaridan foydalanganlar) vujudga kelgan (Fayziy, "Nal va Daman"; Bedil, "Komde va Mudan" va boshqa), mahalliy xalklar bilan musulmon aholi oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik, muhabbat goyalari tarannum etilgan. Adabiyotshunoslikka doir muhim asarlar (Bobur, "Aruz risolasi", Alouddavla ibn Yahyo Sayfiy Husayniy, "Nafois ulmaosirot"; Husayn Alixon Azimobodiy, "Nashtari ishq"; Shohnavozxon, "Maosir ulumaro"; Badriddin Kashmiriy, "Ravzat arrizvon va hadiqat algʻilmon" va boshqa) yuzaga kelgan. MovarounnahrHindiston va Afgʻoniston tarixijugʻrofiyasi, madaniy aloqalariga bagʻishlangan asarlar (Bobur, "Boburnoma"; Abulfazl Allomiy, "Tarixi Akbarshohiy"; Nizomuddin Axmad, "Tabaqoti Akbariy"; Mirzo Salim Jahongir, "Tuzuki Jahongiriy"; Jahongirshoh, "Jahongirnoma"; Gulbadanbegim, "Humoyunnoma"; Badovuniy, "Muntaxab uttavorix"; Muhammad Mustaidxon Soqiy, "Maosiri Olamgiriy" va boshqa) yaratildi. Hind, arab va turkiy xalqlar badiiy va ilmiy adabiyoti nodir yodgorliklari tarjimasiga ham katta eʼtibor berildi. Xususan, geometriyaga doir "Lilavatiy", "Atharvaveda" asarlari, "Mahabharata", "Ramayana" xalq dostonlari (sanskritchadan), Yoqut alHamaviynit jugʻrofiyaga oid "Muʼjam ulbuldon" asari (arabchadan), Kamoliddin Dabiriyning "Hayot ulhayvon" va Boburning "Boburnoma"si (eski oʻzbek tilidan fors tiliga) tarjima qilingan. XVI—XVIII asrlar mobaynida boburiylar tomonidan bunyod etilgan qator monumental inshootlar, asosan Movarounnahr va Hindiston meʼmorlik uslublarining uygʻunlashuvi — yangi "hind-musulmon uslubi" boʻyicha qurilgan. Qurilish materiali sifatida oq va qora marmardan unumli foydalanilgan. Binolar devori qimmatbaho, rangli toshlar — haqiqmarvaridsadafkahrabozumrad, yoqut va boshqa hamda fil suyagi bilan bezatilgan. Qurilishga Movarounnahr, Hindiston, Eron va Turkiya meʼmorlari boshchilik qilgan. Bu davr meʼmoriy yodgorliklaridan Humoyun maqbarasi (1565), Baland darvoza (1576), Toj Mahal (1632—50), Oltin ibodatxona (1764—66) jahon ahamiyatiga molik. Fotihpur Sikri shahri qalʼasi, Ajmir va Ollohoboddagi qalʼalar, Mathuradagi Govindadeva ibodatxonasi, Skandardagi Akbar va Eʼtimoduddavla maqbaralari, Agradagi Laʼl qalʼa, Moti masjid va Avrangoboddagi Bibika maqbarasi va boshqa Boburiylar davlati.ning yirik meʼmorlik obidalaridan hisoblanadi. Boburiylar davlati.da miniatyura sanʼati (qarang Hindisshon miniatyura maktablari) keng taraqqiy etgan. Boburiylar miniatyura maktabi (16 asr 2-yarmi — 18 asr)ga Kamoliddin Behzodnknt shogirdlari — termizlik Mirsayyid Ali va Xoʻja Abdusamad Sheroziylar asos solgan. Bu maktab vakillari dastlab tarixiy risolalar (mas, "Dostoni amir Hamza" asari) ga miniatyuralar chizish bilan shugʻullanganlar. Bu asarga bagʻishlangan miniatyuralar 12 jild (1200 tasvir) ni tashkil etgan. Keyinchalik tasviriy sanʼatda portret va animalistika janrlari ham keng tarqalgan. Mirsayyid Ali boshchiligidagi musulmon va hind miniatyurachilari narsa, voqea va hodisalar manzarasini haqqoniy ifodalashga harakat qilganlar. Boburiylar davlati. miniatyura maktabiga uning soʻnggi yillarida Oʻrta osiyolik musavvirlardan Farruxbek, Muhammad Murod Samarqandiy, Muhammad Nodir Samarqandiy, Oqo Rizo ibn Abulhasan Buxoriylar rahbarlik qilganlar. Ular "Boburnoma" (qarang "Boburnoma" rasmlari), "Akbarnoma", "Zafarnoma", "Jome attavorix" kabi asarlarga nafis miniatyuralar ishlaganlar. Muhammad Murod va Muhammad Nodir Samarqandiylar "Shahanshohlik murakkaʼi" ("Imperiya albomi") uchun ishlangan portretlar (Jahongirshoh, Shoh Jahon, Shermuhammad Navob, Shiva Parvati va boshqa), Mirsayyid Ali moʻyqalamiga mansub 80 dan ortiq miniatyura lavhalari Vena va London muzeylarida, Muhammad Murodning "Shohnoma" (Xiva nusxasi) qoʻlyozmasiga ishlagan 115 ta miniatyurasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqpanmoqda.
Download 21,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish