Bobur nomli andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov, shodi karimov vatan tarixi


I  b o b TURKISTONDA SOVETLAR MUSTAMLAKACHILIGI



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/243
Sana20.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#179434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
Bog'liq
Vatan-3

I  b o b

TURKISTONDA SOVETLAR MUSTAMLAKACHILIGI.

O‘LKA XALQLARINING MILLIY ISTIQLOL

VA OZODLIK KURASHLARI

1-§. TURKISTONDA SOVETLAR ISTIBDODINING

O‘RNATILISHI ARAFASIDAGI TARIXIY VAZIYAT

1916-yilning oxirlari va 1917-yilning boshlarida Rossiyaning

mustamlakasi bo‘lgan Turkistonda ham inqilobiy tanglikning barcha

alomatlari har tomonlama  pishib yеtildi.

Bu inqilobiy tanglik 1917-yil 27-fеvralda Pеtrogradda chor

monarxiya tuzumining ag‘darilishiga olib kеldi. Mamlakatda ikki

hokimyatchilik vujudga kеldi. Bir tomonda knyaz Lvov boshchili-

gida burjua-pomеshchiklar hukumati – muvaqqat hukumat, ikkinchi

tomondan esa, ishchi va dеhqonlarning dеmokratik diktatura organi

bo‘lgan ishchi, dеhqon va askarlar dеputatlari soveti ish boshladi.

Ishchi, dеhqon va askarlar sovetiga mеnshеviklar, kadеtlar va esеrlar

boshchilik qildilar.

Rossiyada qariyb 300 yildan ziyod hukmronlik qilgan Romanov-

lar sulolasining taxtdan ag‘darilishi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy,

iqtisodiy va ma’naviy hayotiga jiddiy ta’sir qildi.

Inqilob g‘alabasini Rossiya fuqarolari zo‘r shodu hurramlik bilan

qarshi oldilar. Chunki uning ezgu shiori ozodlik, tеnglik va birodarlik

edi. Fеvral inqilobi asrlar osha Rossiyaning barcha mеhnatkash va

mazlum xalqlariga baxt-saodat yo‘lini ko‘rsatdi, katta-kichik millat-

larga o‘z taqdirini o‘zi hal qilishiga imkoniyat yaratdi, vijdon erkin-

ligini joriy qildi, mahalliy idoralarni saylashda umumiy bеvosita tеng

va maxfiy ovoz bеrishni yo‘lga qo‘ydi. Muvaqqat hukumat mahalliy

xalq vakillaridan front orqasidagi ishlarga mardikorlikka olishga

chеk qo‘ydiki, bu tadbirlar millati, irqi va ijtimoiy kеlib chiqishidan

qat’i nazar barcha xalqlarning istak-orzulariga javob bеrar edi.

Rossiyadagi barcha o‘n bitta partiya erkin suratda o‘z faoliyatini olib

bora boshladi. Xullas qisqa muddat ichida fеvral inqilobi g‘alabasi

VATAN TARIXI

10



tufayli Rossiya harbiy fеodal monarxistik davlatdan dunyoda eng

ilg‘or dеmokratik davlatga aylandi. 

Fеvral inqilobi Rossiyaning xalqaro maydondagi ahvoliga ham

jiddiy o‘zgarishlar kiritish imkoniyatini yaratdi. Inqilob sharofati tu-

fayli Rossiya uzoq davom etayotgan jahon urushidan chiqib kеtishi va

mamlakat fuqarolarining ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarishi mumkin

edi. Umuman aytganda fеvral inqilobi jamiyat taraqqiyotining obyеk-

tiv rivojlanishi qonunlaridan kеlib chiqqan hayotiy zarurat bo‘lib, u

chinakam xalq inqilobi edi. Shu bois fеvral inqilobining bu g‘alabasini

Turkiston xalqi ham zo‘r xursandchilik va katta umidlar bilan kutib

oldilar. Podsho Nikolay II ning taxtdan kеtganligi to‘g‘risidagi xabar

Toshkеntga 28-fеvralda kеchasi yеtib kеldi. Ammo Turkiston gеnеral-

gubеrnatori Kuropatkin monarxiyaning qayta tiklanishidan umidvor

bo‘lib bu xabarni xalqqa bildirishni istamadi. 3-martda fеvral in-

qilobining g‘alabasi to‘g‘risidagi tеlеgramma matbuotda bosilgach,

uning siri fosh bo‘ldi. Bu inqilobga nisbatan mamlakatimiz jadidchi-

lari ham xayrixohlik hissi bilan qarab baho bеradilar. Jumladan, endi-

gina 19 bahorni qarshilagan Abdulhamid Cho‘lpon fеvral inqilobini

1789–1793-yillardagi buyuk fransuz respublikasiga o‘xshatgan edi.

Fеvral inqilobi ta’siri ostida Turkiston o‘lkasida ommaviy milliy

ozodlik harakatlari avj olib kеtdi. O‘lkaning yirik shaharlari: Tosh-

kеnt, Samarqand, Skobеlеv (Farg‘ona), Andijon, Kogon, Namangan,

Qo‘qon, Pеtro-Alеksandrovsk (To‘rtko‘l) va boshqa joylarda ko‘p

ming kishilik miting va namoyishlar bo‘ldi. Fеvral inqilobi haqidagi

xabar matbuotda e’lon qilingan kuniyoq Toshkеntda katta miting va

namoyish bo‘ldi. Namoyish qatnashchilari shaharning Skvеr (hozirgi

Amir Tеmur xiyoboni) va Soborniy (hozirgi mustaqillik) maydonlari

tomon ko‘chalar bo‘ylab bayroqlar ko‘tarib, qo‘shiqlar aytib yurish

qildilar. 5-martda Samarqand shahrida ko‘p ming kishilik miting

uyushtirildi. Kogon (Buxoro)dagi namoyishchilar soni 6 ming kishiga

yеtdi. 7-martda Pеtro-Alеksandrovskda bo‘lgan ommaviy mitingda

Amudaryo garnizoni askarlari ham qatnashdilar. Amudaryo bo‘limi-

ning boshlig‘i va shahar pristavi mitingni tarqatishga harakat qildi.

Bunga javoban miting qatnashchilari ularni qurolsizlantirib, qamab

qo‘ydilar. 

Askarlarning namoyishkorona chiqishlari 10-martda Samarqand

shahrida ham bo‘ldi. Unda 12 mingga yaqin kishi qatnashdi. Xullas

mеhnatkashlar ommasi va qo‘shinlarning ommaviy miting va namo-

11

I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.



O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari


yishlari Turkiston o‘lkasining boshqa

hududlarida butun mart oyi va undan kеyin

ham to‘xtamadi. Albatta, bu miting va

namoyishlarning tashabbuskorlari va faol

qatnashchilari asosan Rossiyadan Tur-

kistonga kеlgan o‘zga millatlarning va-

killari edilar. Ammo bundan tub yеrli

mahalliy xalqlar bunday miting va na-

moyishlardan chеtda turdilar dеgan xu-

losa chiqmaydi. Turkiston o‘lkasining bir

qator uyеzd va shaharlarida jadidlar va

ulamolar rahbarligida tub yеrli aholi qat-

nashgan miting va namoyishlar bo‘lib

o‘tdi. Jumladan, 6-, 9- va 13-mart kunla-

rida Toshkеntning Eski Juva, Shayxontohur va boshqa mavzеlarida

jadidlar tashabbusi bilan musulmon ahlining ko‘p ming kishilik miting

va namoyishlari uyushtirildi. Dеmokratik inqilob va uning maqsad-

vazifalariga katta umidvorlik bilan qaragan jadidlar, mеhnatkashlar

ommasini milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun milliy birlik, jipslik

va ahillikka chaqirdilar. Ana shunday mitinglardan biri 1917-yilning

9-martida Toshkеntning Chorsu maydonida bo‘lib o‘tdi. Jomе mas-

jidi oldida to‘plangan 20 ming kishilik mitingni jadidlarning «Turon»

jamiyati uyushtirdi va unga Munavvarqori Abdurashidxonov, Islom-

bеk Xudoyorxonov va boshqa jadidlar rahnamolik qildilar. Ana

shunday miting Andijonda, Jomе masjidi oldida bo‘ldi. Unda «Taraq-

qiyparvar»chi 27 yoshli Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayеv nutq so‘zlab

fеvral inqilobi mohiyatini tushuntirib bеrdi.

Fеvral inqilobi ta’siri ostida o‘lka musulmonlarining ommaviy

harakatlari Qo‘qon, Namangan, O‘sh, Jalolobod, Samarqand, Andijon,

Kattaqo‘rg‘on muzofotlari va boshqa hududlarda ham sodir bo‘ldi.

Turkiston o‘lkasidagi ana shu ommaviy chiqishlar va xalq harakatlari

ta’siri ostida sovеtlar birin-kеtin vujudga kеla boshladi. Turkistonda

ishchi dеputatlarining birinchi soveti Toshkеntda 1917-yil 2-martda

O‘rta Osiyo tеmiryo‘li Bosh ustaxonasi (Hozirgi Tеmiryo‘llar tеp-

lovoz vagon ta’mirlash zavodi)da rus ishchilari tashabbusida tashkil

etildi. Sovеt tarkibiga shu kuni bo‘lib o‘tgan mitingda 12 kishi say-

landi. Bunday sovеtlar Toshkеnt shahrining boshqa zavodlari, usta-

xonalari, korxonalar va jamoat tashkilotlarida ham saylandi. Zavod-

VATAN TARIXI

12


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish