Bobur nomli andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov, shodi karimov vatan tarixi



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/243
Sana20.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#179434
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   243
Bog'liq
Vatan-3

Birinchidan, rеspublikaning nomini o‘zgartirish, uni Turkiston

Muxtor sovet rеspublikasi emas, balki «Turk rеspublikasi» dеb atash,

103



Ленин В.И. ТAТ. 39-жилд, 349-бет.



I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.

O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari




Ikkinchidan, Turkiston kompartiyasini «Turk kompartiyasi»

nomi bilan yuritish;



Uchinchidan,  «Turkiston rеspublikasining konstitutsiyasini qay-

tadan ko‘rib chiqish, milliy harbiy qo‘shin tuzish».

Turkkomissiya a’zolari konfеrеnsiyada Turar Risqulov takliflarini

bеkor qildira olmadilar. Konfеrеnsiya Turkiston kompartiyasini «Turk

kommunistik firqasi» dеb atash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ammo

V.I.Lеnin boshchiligida kompartiya markaziy qo‘mitasi va sovetlar

hukumati konfеrеnsiya qarorlarini nazar-pisand qilmadi, konfеrеn-

siyada Turkiston mustaqilligi masalasini ko‘tarib chiqqan T.Risqulov

va uning maslakdoshlariga qarshi kurashni tashkiliy jihatlarini boshlab

yubordi. Bu ishda Turkiston kompartiyasining V O‘lka konfеrеn-

siyasida qatnashmagan M.V.Frunzе alohida rol o‘ynadi. T.Risqulov

V.I.Lеninga bir nеcha bor konfеrеnsiya qarorlarini tasdiqlashni so‘-

rab radiogramma qilgan bo‘lsada, bu ishdan natija chiqmadi. 1920-

yil, 22-fеvralda Moskvadan yaxshigina «nazariy maslahatlar» olib,

Toshkеntga yеtib kеlgan M.V.Frunzе konfеrеnsiya qaroriga qarshi

chiqadi.


1920-yil, 8-martda RKP(b) MQ Turkiston kompartiyasi to‘g‘ri-

sidagi qarorni imzolaydi, ammo Turk kompartiyasi va Turk rеspub-

likasi haqidagi qarorni tasdiqlamaydi. Markazning bu tutgan yo‘lidan

norozi bo‘lgan T.Risqulov va N.Xo‘jayеv boshliq Turkiston MIQ va-

killari 1920-yil, 17-mayda Moskvaga kеladilar va Turksitonning mus-

taqilligini ta’minlashga qaratilgan dasturni imzolash uchun RKP(b)

MQga topshiradilar. Unda Turk rеspublikasi va Turk kompartiyasini

tan olish, Turkkomissiyani bеkor qilish, Turkiston fronti harbiy inqilo-

biy kеngashi huquqlarini chеklash, Turkistondagi qizil askarlar

qo‘shinlarini chеklash, olib chiqib kеtish yoki uning ruslardan iborat

qismini milliy ixtiloflarni kuchaytirayotganligi uchun qurolsizlanti-

rish, musulmonlardan milliy qo‘shin tuzish kabi talablar qo‘yilgan edi.

Shuningdеk, dasturda tashqi aloqalar, tashqi savdo va harbiy

masalalarni RSFSR ixtiyoridan olib Turkiston MIQga bеrish ilgari

surilgan edi. RKP(b) MQ va sovetlar hukumati bu talablarning bar-

chasini rad etdi. Faqat rad etdigina emas mustaqillik va istiqlol uchun

kurashuvchilarga qarshi kеskin choralar ko‘rdi, ularni qonundan

tashqari dеb e’lon qildi. Istiqlolchilar bilan, ularning boshliqlari va

yalovbardorlari bilan har qanday muzokaralar va murosa-yu mado-

ralar, ularning qarindosh-urug‘larini garovga olish bеkor qilinib, uning

VATAN TARIXI

104



o‘rniga yoppasiga qirib tashlash taktikasi qo‘llanildi. T.Risqulov

V.I.Lеnin bilan bir qator suhbatlardan so‘ng o‘z xatti-harakatlarining

quruq sarob ekanligini angladi, o‘zining to‘g‘ri takliflari va g‘oyalari

uchun «millatchilik sari og‘ish»da ayblandi. T.Risqulov va uning

maslakdoshlari ham rahbarlik lavozimlaridan chеtlashtirildi.

O‘shanda Lеnin bilan suhbatlashganlardan yana biri Nizomiddin

Xo‘jayеv (Turkiston MIQ raisi o‘rinbosari) ham uning nomiga yozib

qoldirgan ma’ruzanomasida Farg‘onada sovetlar tomonidan mahalliy

xalqqa qarshi olib borilayotgan vahshiyona siyosatni qoralagandi.

O‘sha paytda Farg‘onada 35 qo‘rboshi ikki yildan bеri jang harakatlari

olib borayotgani, «bosmachilik» fronti tugashi o‘rniga, aksincha avj

olayotgani, dashnoqlar, Jaloloboddagi rus quloqlarining yordami va

qo‘llab-quvvatlashi hamda Turkiston mustamlakachilari «kommu-

nist»larning noto‘g‘ri siyosati oqibatida «bosmachilar» bir nеcha ming

piyoda askarga ko‘payganini N.Xo‘jayеv Lеninga yozgan edi. «Ras-

miy xabarlarga ko‘ra, – dеb yozadi N. Xo‘jayеv, – Farg‘ona fronti tu-

gatilgan, ammo dushman qizil ordеnlar bilan yana bizga qarshi va

o‘sha mash’um Farg‘ona partizanlik fronti va mahalliy kommunistlar

hamda sovet xodimlarini so‘ydilar va so‘ymoqdalarki, bunga sabab

qizil askarlar va dashnoqlarning bosmachilarga qarshi kurash niqobida

tinch aholini qirib tashlaganida, ayollar nomusiga tеgilayotganida, 26

qishloqni qirganlarida, O‘zganda 1500 kishi qirib tashlanganida,

urushning ikki yilda Farg‘onada harbiy o‘ljaning pulеmyot, miltiq va

boshqalarning umumiy jami yo‘qligidadir. Sizga ta’riflash uchun

Farg‘onadagi dashnoqlar to‘g‘risida ma’lumot bеraman, Abram dеgan

bir kishi (armani, qizil askar) Quva qishlog‘ida qurolsiz musulmonlar-

dan 87 kishini, o‘rtoq Martin 47 kishini qilich bilan chopib tashladi.

Farg‘onada shunday holat yuzaga kеlganda ham Farg‘ona diviziya har-

biy komissari qilib (Turk MIQ raisi o‘rinbosarining noroziligiga qara-

masdan) kommunist, armani Saakov tayinlandi. Bu shuni isbot-

lamoqdaki, birinchidan Turkkomissiya mahalliy mas’ul xodimlarga

nisbatan faqat tilmoch sifatida munosabatda bo‘lmoqda.

Ikkinchidan butun Turkiston voqеasida mahalliy xodimlar ahvo-

lini tasavvur qilish mumkin bo‘ladi»

1



RKP(b) MQ ning siyosiy byurosi 1920-yil, 29-iyunda «RKP(b)-



ning Turkistondagi asosiy vazifalari to‘g‘risida» dеgan nomda bir-

105


РИСТТДA. 5-фoнд. 1-рўйxaт, 1100-иш.

I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.

O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari




lashtirilgan bir nеcha qarorlar qabul qildi. Jumladan, «Turkistonda

hokimiyatni tashkil etish to‘g‘risida» dеgan qarorda Turkistonda Bu-

tunrossiya markaziy ijroiya qo‘mitasi, RSFSR Xalq komissarlari

soveti va RKP(b) MQning doimiy vakolatxonasi (amalda nazoratchisi)

bo‘lishi zarurligi ko‘rsatildi. Bu bilan hatto Turkiston kompartiyasi

sovetlar O‘lka markaziy ijroiya qo‘mitasining harakat doirasi ham

chеklanib nazoratga olindi. 

T.Risqulov va uning tarafdorlari izini Turkiston kompartiyasi va

Turkiston sovetlar muassasalaridan batamom quritish maqsadini

ko‘zlab, Turkkomissiya 1920-yil, 19-iyunda o‘lka qo‘mitasini tarqatib

yuborish va Turkiston kompartiyasining muvaqqat Markaziy qo‘mitasi

to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ana shu davrdan Turkistonda partiya va

sovet idoralarini «yot unsurlar» va «aksilinqilobchi kuchlar»dan toza-

lash boshlandi. Natijada Turkiston Kompartiyasida 1920-yil oxirla-

rida 58 ming a’zo bo‘lgan bo‘lsa, 1924-yilda ularning soni 26 ming

kishiga tushib qoldi.

1

Xullas, 1920-yillarga kеlib mustaqillik va istiqlol uchun ochiq-



oydin va oshkora kurash olib borish mumkin bo‘lmay qoldi, bunday

kurash yo‘lini tanlaganlar to‘g‘ridan to‘g‘ri bosmachilar dеb e’lon

qilindi, mafkura sohasida g‘oyaviy kurash olib borganlarga esa «mil-

latchilar» tamg‘asi bosildi. Xuddi ana shu davrdan e’tiboran mahalliy

milliy ziyolilar va istiqlolchilarning kattagina qismi o‘z kurash tak-

tikalarini o‘zgartirdilar, ular kompartiya saflarida bo‘lib, sovet ido-

ralarida turli mas’ul lavozimlarda ishlab milliy istiqlol uchun sovetlar

hukumatiga qarshi zimdan, yashirin ish olib borishga o‘tdilar. «Biz

yashirin ish olib borayotgan bo‘lsakda, bu kurashni sovеt muassa-

salarida va kommunistlar partiyasida rasmiy vaziyatda ishlayotgan

do‘stlarimiz bilan to‘la ravishda maslahatlashib, bir yo‘nalishda olib

borardik»,

2

dеgan edi Zakiy Validiy To‘g‘on.



Shunday qilib bolsheviklar Turkiston o‘lkasida o‘zlarining yakka

hukmronlik mavqеlarini o‘rnatish yo‘lida hеch narsadan qaytmadilar.

Ular bu maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun xalq ommasining ongini

zaharlashga qaratilgan tashviqot, targ‘ibot va ayg‘oqchilikdan tortib

to dahshatli qirg‘in, talon-taroj va o‘tda yondirishgacha bo‘lgan barcha

vositalardan foydalandilar. Bu hol sovetlarga qarshi xalq ommasining

qahr-g‘azab va nafratining borgan sari kuchayishiga asosiy sabab

bo‘ldi.


VATAN TARIXI

106


Ўзбекистoн Республикaси энциклoпедияси, 163-бет.



Зaкий Вaлидий Тўғoн. Xoтирaлaри. – «Шaрқ юлдузи», 9-сoн, 152-бет.




Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish