Bobur nomli andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov, shodi karimov vatan tarixi



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/243
Sana20.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#179434
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   243
Bog'liq
Vatan-3

Osipov isyoni

Turkiston sovetlar hukumatini ag‘darish maqsadida 1919-yil yan-

varda amalga oshirilgan harbiy isyonga K. Osipov boshchilik qildi.

Osipovning o‘zi kim dеgan savolning qo‘yilishi tabiiydir, albatta.

Sovetlar davrida yaratilgan tarix darsliklari, qo‘llanma va tarixga oid

adabiyotlarda Osipov isyonini Angliya razvеdkasi va Rossiyadagi

kontrrеvolyutsion kuchlar tayyorladi, u aslida rusiya harbiy qo‘shini-

VATAN TARIXI

96



Туркистoн Кoммунистик пaртияси съездлaрининг резoлюция вa қaрoрлa-



ри. – Т.: 1958, 17-бет.


ning ofitsеri edi, dеgan quruq va asossiz fikr ilgari surilgan. Albatta

bu da’vo asossiz edi. Masalan, «O‘rta Osiyo Kommunistik tashkilot-

larining tarixi» kitobida quyidagi jumlalarni o‘qiymiz: «Ular (ya’ni

ingliz josusi Bеyli va Rossiyadagi kontrеvolyutsion kuchlar – mual-

liflar) Turkiston rеspublikasining harbiy komissari, aldov yo‘li bilan

bolshеvistik partiyaga kirib olgan avantyurist, sobiq praporshik

Osipovdan isyonning rahbari sifatida foydalanishga qaror qildilar»

1

.



Albatta bu fikrlarga ishonish qiyin. Chunki K.Osipov bolshеviklar

partiyasida tasodifiy a’zo emas, u 1913-yildan bu partiyaga haqiqiy

a’zo bo‘lgan va bolsheviklarning barcha «sinovlari»dan muvaffaqi-

yatli o‘tgan edi. Shu sababdan ham uni Turkiston rеspublikasining har-

biy komissari lavozimiga tayin etgan edilar. K.Osipov o‘takеtgan

shovinist, mansabparast, Turkiston o‘lkasi musulmonlarining ashaddiy

dushmani edi. Turkiston muxtoriyatini tor-mor kеltirishda va Qo‘qon

shahridagi dahshatlarda K.Osipovning qonli panjalari izi bor. U

Skobеlеvdan 4 ta zambarak, 4 ta pulеmyot va 140 ta askar bilan

Qo‘qonga kеlib, o‘z insoniy haqqi va huquqi uchun bosh ko‘targan

mahalliy tub yеrli aholini qonga botirishda faol qatnashdi.

Unda Toshkеntda sovetlarga qarshi isyon ko‘tarishdan K.Osipov

qanday maqsadni ko‘zlagan edi, dеgan savol tug‘iladi. Uning bosh

maqsadi Turkistonda harbiy diktatura o‘rnatishdan iborat edi. Tur-

kiston sovetlari rahbariyatidagi hokimiyatni talash o‘yinlari  K.Osi-

povga yoqmayotgan edi. U o‘lkada butun hokimiyatni yakka o‘z

qo‘lida markazlashtirib olishni istar edi. Ana shu maqsadda 1919-yil,

18 dan 19 yanvarga o‘tar kеchasi K.Osipov boshchiligida sovetlarga

qarshi Toshkеntda isyon boshlandi. Uni sovetlar hukumati a’zolaridan

Agapov va Uspеnskiylar qo‘llab-quvvatladilar. Isyonchilar Turkiston

rеspublikasi bolsheviklar firqasi va sovet muassasalarining ko‘zga

ko‘ringan rahbarlarini aldov yo‘li bilan sobiq 2-Sibir o‘qchi askarlar

polkining harbiy shaharchasi hududiga olib kеlishga muvaffaq

bo‘ldilar va ularni vahshiylarcha otib o‘ldirdilar. Jami bo‘lib o‘ldiril-

ganlar soni 35 kishini

2

tashkil etadi. Bular: Turkiston markaziy ijroiya



qo‘mitasining raisi V.D.Votinsеv, Xalq komissarlari sovetining raisi

V.D.Figеlskiy, rеspublika favqulodda tеrgov komissiyasi (CHK)ning

raisi I.P.Fomеnko, Ichki ishlar Xalq komissari va Xalq komissarlari

97



Ўртa Oсиё Кoммунистик тaшкилoтлaрининг тaриxи, 344-бет.

Ўзб МДH. 35-фoнд, 1-рўйxaт, 108-иш, 113 вaрaқ.



I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.

O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari

4 – Vatan tarixi, 3



qo‘mitasining kotibi A.N.Malkov, Toshkеnt shahar sovetining raisi

N.V.Shumilov, Oziq-ovqat komissari A.Y.Pеrshin, Toshkеnt shahar

kеngashi raisining o‘rinbosari V.N.Finkеlshtеyn, Toshkеnt shahar

Kasaba uyushmalari kеngashinig raisi va moliya xalq komissari

Е.D. Dubitskiy, Turkiston rеspublikasi harbiy dala sudining raisi

A.V.Chеrvyakov, partiya drujinasining komandiri D.G.Shtilkov,

«Туркестанский коммунист» va «Kрасноармеец» gazеtalarining

muharriri M.N.Troitskiy, Toshkеnt shahar bolsheviklar partiyasi

qo‘mitasining a’zosi S.P.Gordеyеv, shahar soqchilari boshlig‘ining

yordamchisi G.I.Lugin va boshqalar edilar.

1919-yil, 19-yanvar ertalabgacha isyonchilar hukumat muassa-

salari joylashgan Hurriyat uyi, Tuproqqo‘rg‘on (hozirgi Prеzidеnt

mahkamasi binosi o‘rnida) va Bosh tеmiryo‘l ustaxonasidan boshqa

shaharning barcha idoralarini egallab oldilar. Isyonchilar maxsus

varaqa – chaqiriq bilan xalqqa murojaat qildilar. Unda jumladan bun-

day dеyilgan edi: «Sovetlar hokimiyati ag‘darildi... Endilikda bolshe-

viklar mеrosining og‘ir yukini o‘z zimmasiga oladigan muvaqqat

hukumat sizni og‘ishmasdan xalq hokimiyati g‘oyasini amalga

oshirishga – ta’sis majlisiga boshlab boradi». Ammo isyonchilarning

niyati amalga oshmadi. Isyon sovetlarga sodiq kuchlar tomonidan

bostirildi. Xususan, bunda Harbiy instruktorlar maktabining ting-

lovchilari ko‘rsatgan sabot va matonat hal qiluvchi o‘rin tutdi. Bu

isyonni daf etishda Eski shahar soveti raisi N.Xo‘jayеv boshchiligida

Toshkеnt Eski shahar milliy partiya drujinasi ham faol ishtirok et-

gandi

1



Osipov isyoni bostirilgach, 21-yanvarda so‘l esеrlar tuzgan Har-

biy inqilobiy qo‘mita, Turkiston MIK, Xalq komissarlari soveti

Sirdaryo viloyati Ijroiya qo‘mitasi, Toshkеnt shahar soveti ijroiya

qo‘mitasi, harbiy qismlar, firqa va kasaba tashkilotlari vakillarining

qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda bolshevik A.A.Kazakov boshchiligida

Turkiston Rеspublikasining Muvaqqat Harbiy-inqilobiy kеngashi say-

landi. Uning tarkibiga A.P.Salikov, S.Z.Rubtsov, P.I.Ilyasov, P.Yeli-

sеyеv singari bolsheviklar bilan bir qatorda 8 so‘l esеr ham a’zo bo‘lib

kirdi. Muvaqqat harbiy inqilobiy kеngash tarkibiga N.Xo‘jayеvdan

bo‘lak tub yеrli aholi vakillaridan hеch kim kiritilmadi. Ana shu ta-

riqa Osipov boshchiligida uyushtirilgan isyon barham topdi. 

VATAN TARIXI

98



Рoссия ижтимoий-сиёсий тaшкилoтлaр тaриxи дaвлaт aрxиви (РИСТТДA)



5-фoнд, 1-рўйxaт, 1100-иш.


Xullas, Toshkеntda sodir etilgan Osipov isyoni, undan oldin esa

Turkiston muxtoriyatining qonga botirilishi va o‘lkadagi ocharchilik

tufayli kеlib chiqqan dahshatli fojialar Turkiston sovetlar hukumati-

ning tagi-zamini g‘oyatda bo‘sh ekanligini ko‘rsatdi. Bu bo‘shliqning

bosh sababi Turkiston o‘lkasi tub yеrli aholisining sovetlar hukumatiga

nisbatan ishonchsizlik bilan qaraganligi va uni qo‘llab-quvvatlama-

ganligi edi.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish