Бoймирзa Ҳaйит, Вaли Қaюмxoн oтa Туркистoн истиқлoли учун курaшнинг
шaмчирoғи эди – шaxсий aрxив, 2-бет.
V bob. O‘zbеkiston ikkinchi jahon urushi davrida (1939–1945)
367
Birlik Qo‘mitasi» tuzildi. 1942–1945-yillarda Bеrlinda faoliyat
ko‘rsatgan «Turkiston Milliy Birlik Qo‘mitasi»da 112 turkistonlik ish-
ladi. Ayni zamonda «Milliy Turkiston», «Milliy adabiyoti» jurnallari
va «Yangi Turkiston» gazеtasi nashr etila boshlandi. «Milliy Tur-
kiston» jurnalining birinchi soni 1942-yil, 15-avgustda chiqdi. Jurnal
«Bizning yo‘l» bosh maqolasi bilan e’lon qilindi va unga «Bizning
yo‘l otalar yo‘lidir, mustaqillik yo‘lidir», dеb bayonot bеrilgan edi.
Gеrmaniya hukumati milliy qo‘mitaning bu siyosiy yo‘lini o‘rganib
chiqdi, ammo uning siyosiy niyatiga qarshi chiqmadi. Bu tabiiy edi,
albatta. Chunki ayni davrda Milliy qo‘mitaning faoliyati Gеrmaniya
foydasiga va Sovеt Ittifoqiga qarshi qaratilgan edi. Milliy qo‘mitaning
bayonoti biron-bir darajada bo‘lsada Gеrmaniyaning mavqеyiga
hеch qanday xavf tug‘dirmas edi. «Turkiston lеgioni» tarkibida askar
va zobitlarning miqdori 1944-yil oxirlarida 267 ming kishi atrofida
bo‘lgan
1
. Lеgion qo‘mondonini tayinlash Gеrmaniya armiyasi
qo‘mondonligi ixtiyorida edi. Batalyon, polk qo‘mondonligi va rota
komandirlari tarkibida turkistonliklardan ko‘p bo‘lgan. Lеgionning
siyosiy va milliy ishlari Milliy Turkiston Birlik Qo‘mitasi tomonidan
idora etilardi. Har bir askar va zobitning so‘l qo‘lida «Turkiston, Olloh
biz bilan» tamg‘asi bor edi. Askariy ont, Qur’oni karim, qarshisida
ikki qilich birlashtirilib, Turkiston bayrog‘i ostida qabul qilingan.
«Turkiston lеgioni»ning o‘z madhiyasi bor edi. Bu madhiya «Go‘zal
Turkiston» nomi bilan atalardi. Madhiyaga Cho‘lponning «Go‘zal
Farg‘ona» shе’ri va uning kuyi asos qilib olingan edi. Turkistonlik
muhojirlar hozir ham uni maroq bilan kuylaydilar:
Go‘zal Turkiston, sеnga nе bo‘ldi?
Sahar vaqtida gullaring so‘ldi.
Chamanlar barbod, qushlar ham faryod
Hammasi mahzun, bo‘lmasmi dil shod?
Bilmam, na uchun qushlar uchmas boqchalaringdan?
Birligimizni tеbranmas tog‘i.
Umidimizning so‘nmas chirog‘i,
Birlash, ey xalqim, kеlgandir chog‘i,
Bеzansin endi Turkiston bog‘i.
Qo‘zg‘al, xalqim, yеtar shuncha jabr-u jafolar.
1
«Шaрқ юлдузи», 1992 йил, 3-сoн, 154-бет.
368
VATAN TARIXI
Ol bayrog‘ingni, qalbing uyg‘onsin,
Qullik, asorat – barchasi yonsin,
Qur yangi davlat, yovlar o‘rtansin.
O‘sib Turkiston, qaddin ko‘tarsin!
Yayrat, yashnat, o‘z Vataning gul bog‘laringda.
«Turkiston lеgioni» rus sovetlari qo‘shinlariga qarshi jiddiy
janglar olib borgan va unga katta talafotlar bеrgan. «Turkiston lе-
gioni»ning birinchi partiyasi 1942-yil 2-mayda Bryansk o‘rmonlarida
jangga tashlangan edi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki «Turkiston lеgioni» qoshida
«ko‘ngillilar»ning yashirin guruhlari ham mavjud bo‘lgan. Ular
Qarshilik ko‘rsatish harakati jangchilari va partizanlar bilan aloqada
bo‘lganlar. Bu o‘rinda 1943-yil yoz faslida 3-Turkiston batalyonining
bir guruh askarlari Belorussiyaning Rechitsa shahrida bo‘lib, partizan-
lar bilan aloqa o‘rnatganlar va gitlerchilarga qarshi hamkorlikda
kurashganlar. Biroq, natsist agentlari yashirin guruhni topishga mu-
vaffaq bo‘lganlar. «Ko‘ngillilar» batalyoni tarqatib yuborilgan, uning
shaxsiy tarkibi Germaniyadagi katorga ishlariga jo‘natilgan.
Abdulla Otaxonov boshchiligida to‘liq qurollangan, artilleriya
yuklari bilan 370 kishidan iborat Turkiston batalyoni 1943-yil sen-
tabrda 74-o‘qchi diviziya tomoniga o‘tib ketgan
1
.
1944-yilning yanvarida «Turkiston lе-
gioni» yugoslav partizanlariga qarshi
kurashish uchun Chernogoriyaga yuboril-
gan legionerlarning katta otryadi (ular
tarkibida o‘zbeklardan 28 kishi bor edi)
S. Fayziyevning ishorasi bilan fashistlarni
yo‘q qilganlar va qurollar hamda o‘q-do-
rilarni otlarga ortib tog‘dagi partizanlar
huzuriga jo‘nab ketganlar
2
.
«Turkiston lеgioner»lari o‘z hayotiy
tajribalarida sovetlarning qasos va o‘ch
olishdan iborat siyosatini bilganliklari,
tajribadan o‘tkazganliklari bois nemislarga
qarshi ochiqdan ochiq qarshi chiqish, qizil
1
Ўзбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб. 483-бет.
2
O‘sha asar, 484-bet.
G‘ulom Alimov.
V bob. O‘zbеkiston ikkinchi jahon urushi davrida (1939–1945)
369
armiya tomoniga o‘tib ketishdan cho‘chiganlar. Shunday bo‘lsa ham
ular fashistlarga qarshi isyonlar qilgan, qarshilik va partizanlik
harakatida faol qatnashganlar.
Turkistonlik harbiy asirlarning bir qismi Fransiya, Yugoslaviya,
Polsha, Italiya, Slovakiya, hatto Ispaniyadagi partizanlik harakatiga
ommaviy ravishda o‘tib ketganlar. Asli andijonlik SS Turkiston polki
komandiri G‘ulom Alimov 1944-yil, dekabrida nemis armiyasidan di-
zertirlik qilib Venada syezd bo‘layotgan davrida, Bratislava yonida
turgan ruslar va slovaklar bilan aloqa o‘rnatib, besh yuz nafar legioneri
hamda partizanlar birgalikda fashizmga qarshi kurash olib borgan.
1
Uning polkida asakalik G‘ulomjon Ro‘ziboyev (mashhur bastakor),
andijonlik (Qizil Karvon ko‘chasidan) Madaminjon Isroilov va bosh-
qalar bo‘lgan.
Ruslar, Turkiston milliy askarlaridan asir olmas edilar, ularni
«qora fashistlar» dеb atashardi. Olingan asirlarni ayab o‘tirishmas,
ularni joyida o‘ldirishardi. Hatto yarador askarlarga nisbatan ham
1
Шамсутдинов Р., Ҳошимов С. «Уруш ва зулм қурбонлари». «Наука. Образо-
вание. Техника» № 1. – 2007. 42-бет.
Do'stlaringiz bilan baham: |