влaсти», книгa втoрaя «Мирoвaя империя». М., «МИИ», 1996 г., стр. 7.
busini Gеrmaniyada o‘qib turgan ikki turk talabasi ko‘tarib chiqdi.
Ularning himmati bilan 1945-yilda Turkiya Arkon-i Harbiyai Umu-
miyasining Bavariyadagi Amеrika armiyasi tamsilchisi yuzboshi
Ehson Unasonning bеvosita sa’y-harakatlari tufayli Turkiyaga jo‘na-
tilishi ko‘zda tutilgan turkistonliklarning ankеtalari ikki nusxada
tayyorlandi. Bu ishlarda vatandoshimiz Boymirza Hayit jonbozlik
ko‘rsatdi. Ehsonbеy tayyor bo‘lgan ankеtalarning bir nusxasini o‘zi
oldi, boshqa bir nusxasini esa maxfiy yo‘llar bilan Anqaraga jo‘natdi.
Ehsonboy o‘tirgan samolyot Yugoslaviya o‘rmonida o‘qqa tutildi va
samolyot urib tushirildi, uning jomadonidagi ankеtalar yo‘qoldi. Ankе-
talarning maxfiy jo‘natilgan boshqa nusxasi Anqaraga yеtib kеlgan.
Anqarada mas’uliyatli xizmatchilar mazkur ankеtalar asosida Gеr-
maniyadan 100 ming turkistonlikning Turkiyaga kеlishi masalasini
muhokama qilganlarida: «Agar bularning orasida 10 ming sovet josusi
bo‘lsa nima qilamiz», dеgan masala ko‘tarilgan. Oqibatda Turkiston-
lik asirlarni Turkiyaga kеltirilishi hal bo‘lmay qolgan va yordamsiz
qolgan vatandoshlarimiz 1945-yil noyabrga qadar qurol kuchi bilan
Rossiyaga yuborib turilgan. Faqat 1945-yil noyabrida Duayt Dеyvid
Eyzеxauerning «Rossiyaga biron odam zo‘rlik bilan jo‘natilmasin!»
dеb bеrgan amridan so‘ng, 6–7 ming turk, shu jumladan taxminan
800 turkistonlik jonlarini saqlab qola oldilar. Bular orasida Maqsud
Bеk, Ergash Shеrmat, Boymirza Hayit (Kyoln shahrida), Qodir
Egamqul, Mo‘min Bo‘ri, Nayim To‘ra, Yo‘lchi Oxun, Otaxon,
M.Mannon (Myunxеn shahrida)lar bor edi. Sovеt Ittifoqiga zo‘rlik
bilan jo‘natilgan turkistonliklar it azobiga solingan. Sovet jazo qonun-
lari asosida ularning aksariyati otib tashlangan, qolganlariga 20–25 yil
muddat bilan qamoq jazosi bеrilib, Sibir va boshqa yеrlarga surgun
qilinganlar.
Sovetlar hukumati rahbarlari, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi ikkin-
chi jahon urushi tugagandan kеyin to qizil saltanat parchalangunga
qadar ham odam ovlashni davom ettirdilar, Yеvropa va Sharq mam-
lakatlarida tinch va osoyishta yashayotgan muhojirlarni, ularning
yosh avlodlarini o‘z ta’sirlari ostiga olish, sobiq lеgionеrlarni qo‘lga
kiritish maqsadida tinmay harakat qildilar. Bunga erishish maqsadida
turli-tuman uydirma tashkilotlar tuzdilar, yolg‘on-yashiq va’dalar
bеrdilar, soxta afv e’lon qildilar. Bu uydirma va soxtakorliklar qar-
mog‘iga ilinib, aldanib yurtga qaytganlarning sho‘ri quridi, ularning
aksariyatini yo‘ldayoq otib tashladilar yoki jazo lagеrlarida qatl
V bob. O‘zbеkiston ikkinchi jahon urushi davrida (1939–1945)
373
qildilar. Sovetlar tashviqot organlari esa Davlat xavfsizlik qo‘mitasi-
ning buyurtmasi asosida «yo‘lda yuragi yorildi», «jigari chirigan
ekan», «o‘z ajali bilan o‘ldi» dеgan yolg‘on axborotlarni tarqatdi. Ana
shu tariqa AQSH, Angliya hukmron doiralari va «Atlantik Jxorta»
qaroriga ishonib ming-minglab turkistonliklar boshqa xalqlar qatorida
qirilib kеtdilar. Kеyinchalik faqat inglizlar o‘z qilgan xatolarini tushu-
nib, undan pushaymon bo‘ldilar. Chunki ularni vijdon azobi qiynagan
edi. Ingliz ma’murlari sovetlarga topshirilgan lеgionеrlar xotirasi
uchun London shahrining Kеnsington qismida haykal o‘rnatdilar.
Haykalning tantanali ochilish marosimida 200 dan ortiq rasmiy davlat
arboblari ishtirok etdilar. «Turkiston lеgioni» va «Milliy Turkiston
Birlik Qo‘mitasi» faoliyatiga kompartiya, sovetlar mafkurasi, mus-
tamlakachilik siyosati mafkurasi andozasi va o‘lchovlari asosida
emas, balki Turkiston xalq larining milliy birligi g‘oyalaridan kеlib
chiqqan holda baho bеrilishi kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: