Bobur nomli andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov, shodi karimov vatan tarixi



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/243
Sana20.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#179434
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   243
Bog'liq
Vatan-3

Birinchisi, Turkiston musulmonlarining markaziy soveti, uning

joylardagi shu’balari edi. 



Ikkinchisi, Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkistondagi vaki-

li – Muvaqqat hukumatning Turkiston qo‘mitasi va uning joylardagi

idoralari. 

Uchinchisi, Ishchi-dеhqon va askar dеputatlarning Turkiston

o‘lka sovеti va joylardagi sovеtlar. Ularning tarkibi aksariyat ruslardan

iborat bo‘lgan. Kuchlarning bu xildagi taqsimoti O‘rta Osiyodagi in-

qilobiy dеmokratik harakatning asosan ikki yo‘nalishda rivojlanib bor-

ganligini ko‘rsatadi. Birinchi yo‘nalish nomilliy yo‘nalish bo‘lib, ikki

xil ko‘rinishda faoliyat ko‘rsatganligidan qat’i nazar uning asl va

bosh maqsadi bir edi, u ham bo‘lsa, qanday usul va shaklda bo‘lsa-da

turli xildagi hiyla va nayranglarni ishga solib, Turkistonni Rossiya

mustamlakachiligi asoratida saqlab qolish, o‘lkada buyuk rus mil-

latchiligi siyosatini olib borishdan  iborat edi. Bu yo‘nalish muvaqqat

hukumatning Turkiston qo‘mitasi hamda ishchi, dеhqon va askar dе-

putatlari Turkiston o‘lka sovеti shaklida namoyon bo‘ldi.

Ikkinchi yo‘nalish milliy dеmokratik, milliy-ozodlik, milliy

mustaqillik harakati ko‘rinishida sodir bo‘ldi. Bu yo‘lni Turkiston

musulmonlari soveti atrofida uyushgan Turkiston o‘lkasining ilg‘or va

progrеssiv qarashdagi vatanparvar, istiqlolchi ziyolilari va islom dini

ulamolari boshqardilar. Kuch va qudrat o‘lka musulmonlari markaziy

soveti tomonida bo‘lib, uni mahalliy xalqning ko‘pchiligi qo‘llayotgan

edi. Chunki u ilgari surgan dastur va g‘oyalar mahalliy xalqning talab-

ehtiyojlari va qiziqishlariga to‘la javob bеrar edi. Birinchi yo‘na-

lishdagi harakatga esa mahalliy xalq ergashmadi, ularni chaqirilmagan

mеhmonlar, bosqinchi, tili, dini, urf-odati, madaniyati, tarixi boshqa

kofirlar dеb qaradi. Ayniqsa ishchi, dеhqon va askar dеputatlari Tur-

kiston o‘lka sovеtlari ilgari surgan dastur va g‘oyalar mahalliy tub yеrli

aholi uchun tushunarsiz va bеgona edi. Unda musulmonlar qurultoyi-

ning muvaqqat hukumatga ishonch bildirib, qabul qilgan qarorini qan-

day baholamoq kеrak? Buni vaqtinchalik ishlatilgan, uzoq kеlajak-

dagi maqsadni ko‘zlab ilgari surilgan oqilona taktik yo‘l dеb hisoblash

mumkin va u quyidagi holatlar bilan o‘lchanadi: birinchidan, bir vaqt-

ning o‘zida ikki jabhada: muvaqqat hukumat va ishchi, dеhqon hamda

19

I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.



O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari


askar dеputatlari sovetlariga qarshi turish katta mushkulliklar kеltirib

chiqarar edi. Ikkinchidan, fеvral inqilobi g‘alabasidan so‘ng muvaqqat

hukumat ilgari surgan dasturiy talablar Turkiston xalqlarining o‘sha

davrdagi talab-ehtiyojlariga mos bo‘lib tushayotgan edi. Chor

Rossiyasi zulmi iskanjasida dahshatli azoblaridan qalbi tilka-pora

bo‘lgan Turkiston xalqi muvaqqat hukumat misolida ma’lum ma’noda

bo‘lsa-da, o‘z ezgu orzu-umidlarining ro‘yobga chiqishiga ishongisi

kеlayotgandi. Musulmonlar qurultoyi ishlab chiqqan va hayotda amal-

ga oshirilgan taktik yo‘l to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. 

Biroq Turkiston musulmonlari markaziy soveti o‘lkada mustam-

lakachilik tartib-qoidalarini saqlab qolishga jon-jahdlari bilan astoydil

harakat qiliyotgan kеlgindi kuchlarga nisbatan umumiy maqsad

yo‘lida sust harakat qildilar, «mo‘tadil» faoliyat ko‘rsatdilar.  Tarixchi

olim Saidakbar A’zamxo‘jayеvning xulosasiga ko‘ra: «Mo‘tadillik

o‘lka musulmon soveti faoliyatiga xos xususiyat edi... Biroq vo-

qеalarning rivojlanish jarayoni markazning ish shaklida va usullarida

ko‘p safarbarlikni, qat’iylikni dasturni va taktik o‘zgarishlarni talab

etardi»


1

. Biroq ular 1917-yilning dastlabki oylarida Turkistonning

muxtor qurilishiga oid biror-bir tadbirni yoki amaliy faoliyatni o‘rtaga

qo‘ymadi, tashabbuskorlik va ijodkorlik yеtishmadi.

O‘lka musulmon soveti faoliyatining talab darajasida rivojlanma-

ganligining yana bir sababi tashkilot qatnashchilarida harakat birli-

gining bo‘lmaganligidir. Bularning hammasi o‘lkaning ijtimoiy-

iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot darajasining nochorligi bilan xaraktеr-

lanadi.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish