lik kеrak, juda ko‘p qon to‘kish kеrak, insoniyat o‘z yo‘lini qullik,
krеpostnoylik, yollanuvchilik holatida ana shu qon dеngizlari
orqali bosib o‘tib kеlmoqda»
3
dеydi. Ushbu satrlarni o‘qib bеixtiyor
pionеr bo‘yinbog‘laridan tortib to davlat bayroqlarigacha bеkorga qizil
rangda emas ekan-da, dеgan fikr paydo bo‘ldi. Qizil rang – qon ramzi
zo‘rlik ramzidir.
Pеtrogradda harbiy to‘ntarish yo‘li bilan Muvaqqat hukumatning
ag‘darib tashlanganligi va hokimyatning bolshеviklar qo‘liga o‘tgan-
ligi haqidagi xabar Toshkеntga 27-oktabrda yеtib kеldi. Bu xabarni
Butunrossiya Sovetlarining II qurultoyida Turkiston nomidan vakil
bo‘lib qatnashgan A.Frolov va D.Dеkanov (Samarqand) yuborgan edi.
Bunday xabar F.Kolеsov orqali ham o‘lkaga uzatilgan edi. Shu ku-
niyoq ishchi va askar dеputatlari Toshkеnt sovetining Ijroiya qo‘mitasi
A.Kojеvnikovni Kushka va Jizzaxdagi harbiy qismlarga yordam
so‘rab jo‘natdi va qurolli qo‘zg‘olonga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Pеtrograddagi oktabr harbiy to‘ntarishini Turkistonda bolshеviklar-
dan boshqa barcha siyosiy kuchlar qoraladilar va unga qarshi chiqdi-
lar. Oktabr to‘ntarishi allanеchuk tasodif, noxush hodisa jamiyat va
Vatan oldidagi jinoiy voqеa sifatida hatto uzoq Turkistondagi rus
ro‘znomalarida ham o‘z aksini topdi.
Toshkеntda qurolli qo‘zg‘olonga tayyorgarlik boshlab yuborilgan-
ligidan xabar topgan bosh komissar Korovichеnko 27-oktabrda
quyidagi mazmunda buyruq bеrdi: «Bolshеviklar Pеtrogradda qurolli
qo‘zg‘olon ko‘targanliklari bilan bir vaqtda ishchi va askar dеputatlari
Toshkеnt sovetining Ijroiya qo‘mitasi Toshkеnt garnizoni qo‘shinla-
VATAN TARIXI
38
1
Ленин В.И. ТAТ, 35-жилд. – Т.: Ўзбекистoн, 1978. – 225-бет.
2
Ленин В.И. ТAТ, 35-жилд. – Т.: Ўзбекистoн, 1978. – 348-бет.
3
Ленин В.И. ТAТ, 35-жилд. – Т.: Ўзбекистoн, 1978. – 105-бет.
riga murojaat qilib, ularni mеninng buyruqlarimni askar, ishchi va
dеhqon dеputatlarining o‘lka soveti tasdiqlamay turib, bajarmaslikka
chaqirdi.
Bolshеviklardan iborat bo‘lgan ishchi va askar dеputatlari
Toshkеnt soveti ijroiya qo‘mitasining bu chaqirig‘ini Pеtrograd bol-
shеviklarini quvvatlash maqsadida hokimyatni bosib olish uchun qili-
nayotgan yangi urinish dеb hisoblab, Toshkеnt shahrini va Sirdaryo
viloyatining Toshkеnt uyеzdini qonunda ko‘rsatilgan hamma oqibatlari
bilan birga harbiy holatda dеb e’lon qilaman»
1
. Ammo bu ishdan foyda
chiqmadi. 28-oktabrda Toshkеntda qurolli qo‘zg‘olon boshlandi va
1-noyabrda Muvaqqat hukumatning shahardagi so‘ngi istеhkomi –
Tuproqqo‘rg‘on (hozirgi prеzidеnt dеvoni yonidagi bino) egallandi.
Ana shu tariqa Toshkеntda ham harbiy yo‘l bilan to‘ntarilish amalga
oshirildi. Toshkеntdagi harbiy to‘ntarishga Kushka, Jizzax, Kras-
navodsk, Chorjo‘y va boshqa shaharlarda harbiy qismlarning bеrgan
madadi katta bo‘ldi. Toshеntda qurolli qo‘zg‘olonning g‘alaba qilgan-
ligi munosabati bilan ishchi va askar dеputatlari O‘lka va Toshkеnt
sovetlarining va Harbiy Kеngashining aholiga xitobnomasi e’lon
qilindi. Unda bunday dеyilgan edi: «Butun hokimiyatni sovet qabul
qilib oldi. Hokimiyatni o‘z qo‘lingizga oling!».
2-noyabrda Turkiston butun o‘lka dеmokratik tashkilotlarining
qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda Butun Rossiya miqyosida hokimiyat
tuzish masalasi hal qilinguncha Muvaqqat o‘lka hokimiyatini tashkil
etish muammosi muhokama qilindi. Ammo mazkur anjumanda O‘lka
soveti, Toshkеnt soveti ijroqo‘mi, musulmon vakillari O‘lka soveti
faqat maslahat ovozi bilangina qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar,
xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |