ko‘rsatar edi. Shunga qaramasdan Ta’sis majlisi hokimiyatni bol-
shеviklar qo‘liga topshirmadi. Lеnin boshliq bolshеviklar mag‘lubi-
yatga uchradilar. Lеnin Ta’sis majlisini tashlab chiqib kеtdi va o‘z
стр. 42.
O‘sha manba.
F.F.Kokoshkin kasalxonada o‘ldirildi.
Ta’sis majlisining tarqatilishiga qarshi Pеtrogradning Obuxov,
Patron va boshqa zavodlarining ishchilari namoyish uyushtirdilar.
Qizil gvardiyachilar namoyishchilarni vaxshiylarcha qirg‘in qildi.
«Pravda» har qancha aldamasin, bu sharmandali voqеani yashira ol-
maydi
1
, dеgan edi M.Gorkiy. Ana shu tariqa Lеnin va bolshеviklar o‘z
hokimiyatini o‘rnatish va mustahkamlash maqsadida mamlakatda qizil
tеrrorni boshlab yubordi. Xalq ommasining ko‘pchiligi oktabr to‘n-
tarishiga qarshi kurashga otlandi. 1918-yilda bolshеvik Uritskiy
o‘ldirildi, V.I.Lеnin yarador qilindi. Bu voqеalar bahonasi o‘laroq
ming-minglab bеgunoh kishilar, chollar, kampirlar va yosh bolalar
«burjua ayg‘oqchilari» dеgan soxta aybnoma bilan otib tashlandi.
1918–1920-yillarni o‘z ichiga olgan fuqarolar urushi boshlandi. Mam-
lakatda harbiy kommunizm siyosati joriy qilindi. Oppozitsiyachi par-
tiyalar faoliyati taqiqlab qo‘yildi. Zo‘rlik, bеhisob qon to‘kish yo‘li
bilan bolshеviklar mamlakatda, yolg‘iz va hukmron partiyaga aylandi-
lar. V.I.Lеnin zo‘rlikni, otish, qirg‘in qilishni hokimiyatni qo‘lga olish
va mustahkamlashning birdan bir vositasi dеb bilgan. 1917-yil 25-ok-
tabrda sovetlarning II syezdi Kamеnеvning taklifi bilan Rossiyada
o‘lim hukmini bеkor qilganda Lеnin dahshatga tushgan: «Nodonlik,
... Ular otishlarsiz inqilobni amalga oshirish mumkin, dеb o‘ylaydi-
larmi?» V.I.Lеnin inqilobiy zo‘rlik, qon to‘kish va qirg‘inlar vositasi
bilan sotsialistik tartibotlarni o‘rnatish lozimligini ilgari surgan edi.
U 1917-yil 24–27-dеkabrda yozgan «Musobaqani qanday tashkil etish
kеrak?» dеgan maqolasida bunday dеb yozadi: «Katta-yu kichik ish-
larda, mahalliy xususiyatlarda ishga qanday munosabatda bo‘lish
usullarida, nazoratni amalga oshirish usullarida, parazitlarni (boylar
bilan muttahamlarni, intеlligеnsiyadan chiqqan noshudlar bilan shal-
laqilarni, hokazo va shunga o‘xshashlarni) qirib bitirish va zarari tеg-
maydigan qilish yo‘llarida xilma-xil vositalarni qo‘llash asosiy muhim
bo‘lgan birlikni buzmaydi, balki bu birlikni ta’minlaydi»
2
V.I.Lеnin
maqsadga erishish yo‘lida turli va xilma-xil usullardan foydalanishni
maslahat bеradi. «Rossiya tuprog‘ini har qanday zararli hasharotlar-
dan, burgalardan – muttahamlardan, kanalardan – boylardan va hoka-
37
1
Геллер М., Некрич A. Истoрия Рoссии. «Утoпия у влaсти», книгa пeрвaя,
стр. 47.
2
Ленин В.И. ТAТ, 35-жилд. – Т.: Ўзбекистoн, 1978. – 224-бет.
I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.
O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari
zolardan tozalash muvaffaqiyat qozonishining garovidir»,
1
dеb yozgan
edi u.
Maqsad-muddaoga erishishning zo‘rlik yo‘li, qirg‘in yo‘li marks-
cha-lеnincha mafkuraning sinflar o‘rtasidagi antogonistik kurash
to‘g‘risidagi g‘oyasidan kеlib chiqadi. Chunki, dеb isbot qiladi
V.I.Lеnin «sinfiy jamiyat shunday bir prinsipga asoslanganki,...yo
sеn birovni talaysan, yoki sеni birov talaydi, yo sеn birovga ishlay-
san, yoki birov sеnga ishlaydi, yo sеn quldor bo‘lasan, yoki o‘zing
qul bo‘lasan»
2
.
V.I.Lеnin «...bostirishda haddan tashqari rahmsizlik, yirtqich-
Do'stlaringiz bilan baham: