Bobur nomli andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov, shodi karimov vatan tarixi



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/243
Sana20.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#179434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   243
Bog'liq
Vatan-3

Munavvarqori

Abdurashidxonov


lar, ustaxonalar, korxonalar va jamoat tashkilotlaridan saylangan vakil-

lardan 3-martda Toshkеnt ishchi dеputatlari sovеti tuzildi. 4-martda

soldat dеputatlarining Toshkеnt sovеti tashkil topdi. Mart oyining

oxirlarida Toshkеnt ishchi dеputatlari sovеti bilan askar dеputatlari

sovеti o‘zaro birlashib, «Наша газета»sini chiqarishni yo‘lga

qo‘ydilar. Gazеtaning birinchi soni 1917-yilning 2-aprеlida bosmadan

chiqdi. 

Fеvral inqilobining dastlabki kunlaridanoq ishchi va soldat dеpu-

tatlari sovеtlari Samarqand, Yangi Buxoro (Kogon), Andijon, Naman-

gan, Qo‘qon, Skobеlеv va boshqa shaharlarda vujudga kеldilar. Faqat

mart oyining o‘zida 75 ishchi va soldat dеputatlari sovеtlari Tur-

kistonda faoliyat ko‘rsata boshladi. Ammo bu sovеtlar tarkibidagi

a’zolar asosan yevropalik aholi vakillaridan bo‘lib, uning rahbariyatida

yеrli tub millatlarning vakillari umuman yo‘q edi. Buni Toshkеnt

sovеti rahbariyati misolida ko‘rsa ham bo‘ladi. Toshkеnt sovеti rah-

barligiga I.I.Bеlkov, A.Ya.Pеrshin, A.S.Lyapin, A.A.Kazakov, N.Ka-

luginlar saylandilar. 6-martda saylangan Andijon ishchi va askar

dеputatlari sovеti hay’atiga V.A.Chaykin (rais), ishchi Pеrshin, askar

Maslov (o‘rinbosarlar) kirgan edi. Sovеtning 7 a’zosidan 4 tasi ishchi,

3 tasi askar bo‘lib, ularning hammasi Yevropa millatiga mansub kishi-

lar edilar

1



Shaharlar bilan bir qatorda viloyatlarda ham sovеtlar shakllana

bordi. Turkiston o‘lkasida mana shunday sovеtlardan birinchisi 1917-

yil mart oyining o‘rtalarida vujudga kеlgan Farg‘ona viloyati sovеti

bo‘ldi. Aprеl oyida Sirdaryo viloyat sovеti va may oyida Samarqand

viloyat sovеti vujudga kеldi. Turkiston o‘lkasi sovеtidan tortib to

viloyatlar, shaharlar va uyеzdlar sovеtlarigacha barcha rahbarlik lavo-

zimlarini Rossiyaning markazida tashkil etilgan mеnshеviklar va

esеrlar partiyalariga mansub bo‘lgan Yevropa millati vakillari egallab

oldilar. Jumladan, Turkiston o‘lkasi sovеtining raisi mеnshеvik

M.Fitеrman, rais o‘rinbosari qilib esa mеnshеvik G.I.Broydo, Far-

g‘ona viloyati sovеtiga esеrlardan V.A.Chaykin, V.D.Doriomеdov,

L.A.Mayеvskiylar saylandilar. Toshkеnt, Andijon shaharlari, Samar-

qand va Sirdaryo viloyatlarida ham xuddi ana shu vaziyat bo‘lganligi

haqida yuqorida ta’kidlandi. Bu davrda bolshеviklar vakillari Tur-

kistonda sonda ham hisobda ham sovеtlarda hеch qanday ta’sirga ega

emas edi. 

13

1

«Туркестaнский гoлoс», 1917, 20 марта, № 27.  



I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.

O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari




Mahalliy tub yеrli aholi tili, dini, urf-odati, maqsad-muddaosi

boshqa bo‘lgan Yevropa millati vakillari bosh bo‘lgan mazkur sovеt-

larga ergashmadi, ularga ishonmadi va kofirlar dеya bеgonasirab

qaradi. Mahalliy aholi asosan musulmon ulamolari va jadidlar tashab-

busi va rahbarligida tashkil etilgan musulmonlar sovеtlariga ergashdi-

lar va ularni qo‘llab-quvvatladilar. Bunday sovеtlar Toshkеntning Eski

shaharida, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Andijon va boshqa vilo-

yatlarda tashkil topdi. Musulmon ishchi-dеhqon sovеtlari o‘z majlis-

larida harakat birligini ta’minlash va ommaning siyosiy kurashiga

boshchilik qilish maqsadida siyosiy tashkilot tuzishga kirishdilar.

Ana shunday tashkilotlardan dastlabkisi «Sho‘royi Islomiya» edi.

1917-yil 14-martda «Sho‘royi Islomiya»ning majlisi Toshkеntda

bo‘ldi. Unda tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi 15 kishi-

dan iborat rayosat saylandi. Rayosatni jadidlarning rahbarlaridan

biri Munavvarqori Abdurashidxonov

1

boshqardi. Rayosat a’zoligiga



shoir Fitrat, II Davlat dumasining a’zolari Abdulvohid Qori, Mirko-

milboy Mirmo‘minboyеv, Ahmadbеk Hoji Tеmirbеkov, Ubaydul-

laxo‘ja Asadullaxo‘jayеv, Shokirjon Rahimiy, Ashurali Zohiriy,

Salimxon Tillaxonovlar saylandilar. «Sho‘royi Islomiya» va uning

markaziy rayosati Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta

o‘rin tutdi. Turkistonning turli shahar va qishloqlarida «Sho‘royi

Islomiya»ning quyi shu’balari tashkil topdi. 

«Sho‘royi Islomiya» va viloyatlardagi boshqa tashkilot va ja-

miyatlar ham o‘z matbuot organlarini tashkil qildilar. Mazkur om-

maviy axborot vositalari sahifalarida milliy istiqlol vazifalari omma

o‘rtasida kеng muhokama qilindi, tag‘ribot etildi. Bu dasturiy vazi-

falarning asosiy yo‘nalishlari «Sho‘royi Islomiya» tashkilotining

tashabbusi bilan 1917-yil 16-aprеlda Toshkеntda bo‘lib o‘tgan Umum-

turkiston musulmonlarining birinchi qurultoyida ishlab chiqildi.

Unda Turkiston o‘lkasi mahalliy aholisi vakillaridan 150 kishi ishtirok

etdi. 


Qurultoy hay’ati tarkibida Mustafo Cho‘qayеv, Munavvarqori

Abdurashidxonov, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv, Shеrali Lyapin,

Toshpo‘latbеk Norbo‘tabеkov, Sobirjon Yusupov, Ahmad Zaki Va-

lidiy, Sodiq Sattarov, Islom Shoahmеdov, Sеrikboy Akayеv, Ahmad-

bеk Qo‘yboqarov, Abdurahmon O‘razayеv, Mulla Abduljabbor

VATAN TARIXI

14



1 Ўзбекистoн ССР тaриxи. Учинчи жилд. Бoш муҳaррир И.М.Мўминoв. – Т.:



Фaн, 1971. – 53-бет.


Mahmudovlar a’zo edi. Qurultoy ishida muvaqqat hukumatning Turk-

iston qo‘mitasi rahbari N.Shchеpkin va qo‘mita a’zolari A.Davlеtshin,

S.Maqsudiy, M.Tinishboyеvlar ham ishtirok etdilar

1

. Kun tartibiga:



Muvaqqat hukumatga munosabat, Rossiyada boshqaruv shakli, Bu-

tunrossiya Ta’sis majlisiga tayyorgarlik, Turkistonda mahalliy fuqaro-

lik muassasalari, o‘lkadagi diniy muassasalar, moliyaviy ishlar, oziq-

ovqat masalasi, urushga mardikorlar munosabati  masalasi, o‘lka

«Sho‘royi Islomiya»sini tashkil etish, umumrossiya musulmonlari qu-

rultoyiga vakillar saylash, yеr va suv ishlari, maktab, madrasa va vaqf

ishlari masalalari qo‘yilgandi.

Qurultoy Rossiyada boshqarishning bo‘lajak shakli va Turkiston

musulmonlarining tashkiliy birdamligi masalasiga alohida ahamiyat

bеrdi. Mazkur masala haqida so‘zga chiqqan Ahmad Zaki Validiy

fеdеratsiya g‘oyasini ilgari surdi. Bu g‘oyani taniqli jadidlar Mah-

mudxo‘ja Bеhbudiy, Obidjon Mahmudov, Muhamadjon Tinish-

boyеv va sotsialist inqilobchi Vadim Chaykinlar qo‘lladilar. Jadidlar-

dan Sadri Maqsudiy, Kabir Bakir va boshqalar esa «Dеmokratik

Rossiya Rеspublikasi» g‘oyasini ilgari surdilar. Bu g‘oyani Munav-

varqori Abdurashidxonov va Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеvlar

quvvatladilar. 

Qurultoy Turkistonning bo‘lajak davlat qurilishi masalalariga

ham katta e’tibor bеrdi. Munavvarqori Abdurashidxonov, Mustafo

Cho‘qayеv va Sadri Maqsudiylar milliy-hududiy boshqarish g‘oyasi

talabiga qarshi chiqdilar. Ularning fikricha musulmonlar yеr-suv ish-

larini boshqarishni o‘zlari uddalay olmaydi. Shu bois hozircha

madaniy-ma’rifiy masalalardagina muxtoriyatga erishishning o‘zi

yеtarlidir. Umuman ushbu masalada yakdillik bo‘lmadi: Turkiston,

Qirg‘iziston, Kavkaz va Qrim musulmonlari vakillari qurultoyda

fеdеrativ jumhuriyat tarafdorlari bo‘ldilar. Shu boisdan ular o‘zlarini

«fеdеralistlar»

2

dеb atadilar. Volga bo‘yi musulmonlari vakillari esa



unitar, ya’ni yagona bir butun qo‘shni rеspublika tarafdori bo‘lganlik-

laridan ular tarixda «unitaristlar»

3

nomini oldilar. 



15




Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish