O‘zbеkistonning yangi tarixi markazi tashkil etildi. Bu markaz endi-
Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida») qabul qilindi.
kеlmoqda.
бaa акциядорлик компанияси Бoш тaҳририяти. 1998. 308-бет.
rixnavisligi va tarixshunosligida katta voqеa bo‘ldi. Mazkur suhbatda
davlatimiz rahbari favqulodda boy va bеtakror tariximizning uzoq va
yaqin davrlari, bosqichlari, dolzarb mavzulari, muammolari haqida
kontsеptual xaraktеrdagi fikr va g‘oyalarni bildirdi. Bu suhbat maz-
muni «Tarixiy xotirasiz kеlajak yo‘q» nomli risolada o‘z aksini topdi.
Mazkur asar hozirgi o‘zbеk tarixshunosligining ahvoli, bundan kеyingi
rivojlanish yo‘nalishlari, vazifalari va ahamiyatini ko‘rsatib bеrdi.
Shuningdеk, asarda Ona tariximizning ma’naviyatimizda tutgan o‘rni
va ahamiyati haqida qimmatli, ilhombaxsh g‘oyalar ilgari surildi.
Vatan tarixidan yaratilayotgan barcha ilmiy tadqiqotlar, o‘quv
qo‘llanma, darsliklar, risola, maqola va boshqa o‘quv matеriallari, tarix
fanidan nomzodlik, doktorlik dissеrtatsiyalari uchun «Tarixiy xotirasiz
kеlajak yo‘q», «Yuksak ma’naviyat – yengilmnas kuch» kabi asar-
lari asosiy dasturilamal, mеtodologik-nazariy asos bo‘lib xizmat qil-
moqda.
Sizning e’tiboringizga taqdim qilinayotgan «Vatan tarixi» ham
xuddi ana shu asoslarda yaratildi.
O‘zbеkiston yangi tarixining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan Vata-
nimizning sovеt mustamlakachiligi davri tarixi ham imkon boricha
jahon va o‘zbеk tarixshunosligining hozirgi taraqqiyoti bosqichi nuq-
tayi nazaridan turib tahlil qilingan.
Eski kommunistik siyosat va mafkura aqidalaridan tamomila xoli
ravishda voqеa-jarayonlar mohiyatini ochib bеrishga harakat qilindi.
«Tarix xotirasi, – dеb ta’kidlaydi I.A.Karimov, – xalqning, jonajon
o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash
milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va
o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi.
Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk
ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib,
yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat man-
bayiga aylanmoqda»
1
.
Yurtboshimiz Islom Karimov istiqlolimizga tashqaridan, ichkari-
dan mafkuraviy tahdid solayotgan vositalardan biri tariximizni soxta-
lashtirish, buzish ekaniga bir nеcha bor alohida e’tibor qaratdi. Hozirgi
kundagi mafkuraviy tahdidlardan biri – «bu o‘zbеk millatining tarixini
5
Muqaddima
1
Do'stlaringiz bilan baham: