Berdaq (1827-1900) (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qarg'a-boy o'g'li). U Mo'ynoq tumanida tug'ilgan shoir qoraqalpoq adabiyoti asoschisi2. Shoir ijodining ahamiyati Qoraqalpoq xalqining tarixida beqiyosdir. U XX asr bo'sag'alaridagi qoraqalpoq xalqi milliy ongi kamolotining eng yorqin ifodachisidir. Qoraqalpoq xalqi bu ulkan shoir asarlari misolida o'zligini yanada chuqurroq tanidi va idrok etdi, xalq sifatida o'zining buyuk va qudratli kuchga ega ekanligi haqidagi ishon-chini mustahkamlay bordi.
«Izlar edim» she'rida u Navoiydan savod oshirganini, Fuzuliydan durlar terganini, ilm qonunini yaratgan Aflotun va Arastular asarlarini mutoala qilganini bayon etadi. Bedil, Attor asarlaridan hidoyatni, xaqqa eltuvchi to'g'ri yo'lni izlaganini ta'kidlaydi. Shoir ijodiga qoraqalpoq klassik shoiri Qulxo'ja, turkman shoiri Mahtumquli she'rlari sezilarli ta'sir etdi.
Xalq og'zaki ijodini yaxshi bilgan Berdaq tenglik, insonparvarlik, adolat, vatanparvarlikni targ'ib qiladi. Xalqning ayanchli ahvolidan kuyunib she'rlar bitadi.
Bo'lmadi qilgan niyatim Xor bo'ldixalqim, himmatim, Yig'lay-yig'lay, o'tdik yetim. Yig'lamas vaqt bo'lgan emas.
deb yozgan edi xalqni adolatli zamonda baxtiyor ko'rishni istagan shoir nadomat bilan «Bo'lgan emas» she'rida. Ana shu ohang uning «Soliq», «Bu yil», «Umrim» she'rlarida ham yaqqol namoyon bo'ladi.
Berdaq tenglik va adolatni izlar ekan, «Dunyo yaralgandan beri Podshoh odil bo'lgan emas»ligini anglab yetadi. «Yaxshi-roq», «Shekillik», «Ahmoq podsho» singari dostonlarida ham shoir Berdaq jamiyatdagi muammolarga o'z munosabatini bayon qiladi.
XIX asrning 50-yillari Berdaq ijodining gullagan davri hisoblanadi. Bu yillarda shoir o'zining «Omonkeldi», «Erna-zarboy» dostonlarini yaratadi. Bu dostonlarda shoir xalq erki uchun kurashgan qahramonlarni ulug'laydi. «Avlodlar», «Aydasbiy» dostonlari ham tarixiy mavzuga bag'ishlangan bo'lib, ularda qoraqalpoq xalqi hayotidagi tarixiy voqealar qalamga olinadi. Shoir bu asarlarda qabila va elatlarning kelib chiqishi ha-qida o'z mulohazalarini bildirgan.
Xususan, shoirning «Shajara» nomli dostoni qoraqalpoq xalqi tarixini, uning shajaralari bosib o'tgan yo'lni, bu yo'ldagi keskin kurashlarni, ziddiyatlarni, murakkabliklarni nohaqlik jamiyatida el boshiga tushgan azob-uqubatlarni epik ko'lamlikda yoritib bergan mumtoz asarlardan. Shunisi e'tiborliki, Berdaq bu asarida qoraqalpoq xalqi bilan yonma-yon yashagan, bir daryodan suv ichib, bir tuproqda don yetkazgan o'zbek xalqi ta-rixining ham qator o'ziga xosliklarini yoritishga ahamiyat beradi. Uning ko'pgina asarlari o'zbek va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan. 1998-yili O'zbekiston va Qoraqalpog'istonda Berdaq tavalludining 170-yilligi keng nishonlandi1.
Xullas, qardosh va qondosh qoraqalpoq xalqining o'g'li Berdaqning sermahsul ijodi umumxalq boyligi sifatida avlodlarga xizmat qilaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |