Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Anbar otin Farmonqul qizi (1870 - Qo'qon - 1906)



Download 1,88 Mb.
bet91/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Anbar otin Farmonqul qizi (1870 - Qo'qon - 1906) - o'zbek xalqparvar shoirasi. Kambag'al kosib oilasida tug'ilgan. Otasi Farmonqul asli marg'ilonlik bo'lib, shoira Uvaysiyning jiyanidir. Onasi Ashurbibi qo'qonlik bir kosibning qizi bo'lgan. Anbar Otin yetti yoshidan o'z mahallasidagi Dilshod otinning maktabida ta'lim oladi. Dilshod otin o'z davrining bilimdon, shoirtabiat, dono ayollaridan bo'lib, «Barno» taxallusi bilan she'rlar ham yozgan. U Anbarning she'riyatga qiziqishini ko'rib, uni mumtoz adabiyot namunalari bilan tanishtirgan. Dastlab kichik she'rlar yoza boshlagan Anbar ijodda ko'proq Uvaysiyga ergashadi, uning g'azallarini diqqat bilan o'rganadi, muxammaslar bog'laydi. Ayniqsa Navoiyni birinchi ustoz hisoblaydi.

Anbar otinning turmush o'rtog'i Zohidxo'ja ham adabiyotga ixlosmand kishi bo'lib, Muqimiy, Furqat, Zavqiylar anjumanida qatnashgan. Anbar otin ham bu suhbat va mushoiralarda ishtirok etgan. Uning «Mushoira» nomli risola yozganligi haqida og'zaki ma'lumotlar uchraydi. Anbar otin haqgo'y va oqilligi bilan mahalla ayollari o'rtasida obro' qozonib, otin, otincha nomini olgan. U boyvachchalarga qarshi hajviy she'rlar yozgan. Bundan g'azablangan boyvachchalar shoirani bir yig'inda rahmsizlarcha kaltaklab, keyin baland zinadan itarib yuboradilar. Natijada shoiraning ikki oyog'i sinadi. Shundan so'ng uning sog'lig'yi yomonlashib, o'pka k asaliga duchor bo'ladi. Biroq u umidsizlikka tushmaydi. She'r shoiraning butun umri davomida ajralmas do'sti, hamdardi bo'ladi. 1905-yilda Anbar otin devon tuzib, unga 41 g'azal, 4 muxammas, bir qit'a, bir mustahzod va she'riy tarjimayi holini kiritgan. Anbar otin haqiqatni aytishdan cho'chimaydi. U xalqni jaholatda tutuvchilarni, riyokorlarni qattiq tanqid qiladi:


Tariqcha ilmi yo'q «qozi» kalonman-muftiman» deydur, Abu Sino, Ulugbekdin ko'z yumg'onlarg'a o't tushsun.
Anbar otinning boshqa g'azallarida ham xalqparvarlik, ma'rifatparvarlik, yuksak insoniylik g'oyalari targ'ib etilgan. U zamonasidagi turmush lavhalarini tasvirlabgina qolmay, ularga ij-timoiy ta'na ham beradi, mash'um zamonani o'zgartirish xalqning harakatiga bog'liq degan xulosaga keladi. Anbar otinning dunyo-qarashini, falsafiy tafakkurini o'zida mujassamlashtirgan asari -«Qoralar falsafasi»dir. Asar kirish va to'rt fasl (qism)dan iborat. Har bir qismda shoira ijtimoiy hayotdagi biror muhim masalaga o'z qarashlarini va mushohadalarini bildiradi. U kambag'al xalq hayotiga achinadi, zamonasidagi irqiy kamsitishlarga o'z noro-ziligini ifoda etadi. Shuningdek ayollar taqdiri haqida gapirib, ularning jamiyatdagi qonuniy o'rni va huquqlarini talab qi-lib chiqadi. Har bir mushohadaning oxirida bir she'r keltirilib, qissadan hissa chiqariladi. Asarda insoniy fazilatlar ulug'lanadi: «Ansar Janub va Sharq xalqlari monandi Arab, Afg'on, Selon, Hind va Kashmir xalqlari qorayuz, oqko'ngil xaloyiq erurlar. U xaloyiq ham aslzoda, oq tanlar kabi odam, a'zoyi badan, qo'l-oyoq, til, ko'z va aql-hush, g'ayrat, quvvat va tafakkurga molikdurlar

Anbar otin onaning insoniyat oldidagi xizmatlarini sanar ekan, har qanday insonning onasi har qanday donishmandning enagasidir deydi: «Ona shunday mohir donodurki, Aflotun va Arastuni, Abu Sino va Ulug'bekni, Jomiyni, Sa'diyni, Firdavsiyni va Hayyomni, Nodira va Uvaysiyni... olamni ko'rishga ...davru mohir qilibdur». Anbar otin ozod va baxtli hayot kelishiga umid bildiradi, bunga qattiq ishonadi ham. U kelajakka umidvor boqadi, ayollarni o'z haq-huquqi uchun kurashishga chaqiradi.




Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish