Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
bet88/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Feruz (1844-1910) Sayid Muhammad Rahimxon Soniy - Xiva xoni Xorazm xalqining adolatparvar va ma'rifatparvar shoiri va farzandidir.


1 Pa^uM Дaвлaтёр, Marnpacyn, UIuxHa3ap, Oepy3-mox нюир KHCMaTM 1991, 6-бет.

2 «Ёш Л£нинчи», 1991 йил 23 aBrycT.

O'zbek adabiyoti, san'ati va tarixida muhim o'rin tutgan sermahsul ijodkor va madaniyat homiysidir. O'z saroyida u qirqqa yaqin shoir, sozanda, tarixchi, hattot va tarjimonlarni to'plagan1. Hasan Murod Qori Muhammadamin o'g'li Laffasiy esa «Xiva shoirlari va adabiyotchilarining tarjimayi hollari» tazkirasida Feruz saroyida 54 ta shoir faoliyat ko'rsatganini yozadi2. Feruz o'zidan so'ng «Devoni Feruz», «G'azaliyoti Fe-ruz» majmuasini qoldirgan. Shuningdek shoirning she'rlari Ah­madjon Tabibiy, Muhammad Yusuf Xarratov-Chokar, Komiljon Ismoilov-Devoniy, Bobojon Tarroh Azizov-Xodim va bosh-qa xodimlar tomonidan ko'chirilgan bayozlarda va toshbosma manbalarda uchraydi. Shoir Feruz o'zining yozgan g'azallarida Navoiy, Fuzuliy, Munis, Ogahiy, Komil kabi so'z san'atining ulug' namoyandalari an'analarini davom ettirib, ishq-muhab-bat mavzusini bosh mezon sifatida qabul qiladi. U ishq-muhab-batni madh etish orqali ijtimoiy hayot voqealariga o'z munosaba-tini, dunyoqarashlarini bildiradi, bular: sevgidan zavqlanish, oliyjanob insoniy g'urur, jo'shqinlik, ruhiy g'alayon, e'tiqod, imon, kamtarlik, ilm, kamolotga intilish, odamlarga yaxshilik qi-lishdir.

Shoir lirik g'azallarining bosh qahramoni Feruzning o'zidir. Bu qahramon o'zida oliyjanob fazilatlarini mujassamlashtirgan, jamiyat va xalqni o'ylovchi sxaxsdir. Bosh qahramonning fojiasi shundaki, oliyjanob shoir bilan qo'pol va noinsoniy odatlar, tushunchalar, aqidalar o'zaro konfliktlarga kiradilar.


Ey fаlаk netdim seni, dushmanlig' izhor аylаding, Notаvon ko'nglim tugаnmаsg'аmgа duchor аylаding,
deb xonish qiladi shoir.

Xullas Feruz o'zining hayotbaxsh she'rlarida oliyjanob inso-niy his-tuyg'ularni kechinmalarni mahorat bilan qalamga olgan. O'z uyida oddiy eski kiyimda o'tiradigan Feruz hayotdagi eng ulug' va mo''tabar insonlardan bo'lgan. Manbalarning guvohlik berishicha uning oilasidan chiqqan yigirmadan ortiq kishi turli mansab va vazifalarni egallagandan tashqari badiiy ijod bilan ham shug'ullanganlar. Bu ijodkorlar so'z san'atining rango-rang turlarida qalam tebratib, qator tarixiy asarlar yaratdilar, hat-totlik va tarjimonlik bilan shug'ullandilar, badiiy nasr va nazm mulkini boyitdilar. Komyob, Oqil, Sodiq, Murodiy kabi yetuk qalam sohiblari ana shular jumlasidandir. Xivalik adabiyot bi-limdoni Muhammadali Laffasiy qiziq bir dalil to'g'risida fikr yuritadi: «Feruzning nabira, avlodlari she'rga havaskor bo'lib, alar ham Feruzga qo'shimcha har xil g'azal, muxammaslarni yo-zib turadilar». Xodim, Chokar, Nodimlar bilan birgalikda Feruz saroyi devonida ishlagan Komil Devoniy Feruzning ustozlari

Munis, Kiromiy, Hofiz, Nizomiy, Jomiy, Ravnaq, Fuzuliy, Bedil, Fazliy, Lutfiy, Ogahiylar ijodidan bahramand bo'lganligi, o'ziga hamnafas zamondosh shoirlar ijodining muhim qirralaridan bahramand bo'lganligini bir she'rida quyidagicha tasvirlaydi:

Feruzning avlod-ajdodlaridan yigirmadan ziyodi ijodkorlar bo'lganligini yuqorida ta'kidladik. Shu munosabat bilan qi-ziq bir tarixiy voqeani qayd etmoqchimiz. Shoh Feruzning ini-si Murodiy (asli ismi To'ramurod to'ra 1854-yilda tug'ilgan) ruslar Xivani qamal qilganda Otajon To'ra va Amir to'ralarga qo'shilib mamlakatga o'zlari xon bo'lib, davlatni idora etish ni-yati bilan Kaufman huzuriga borgan va rus generali bu taklifni qabul qilmagan. Qilgan ishidan tazarru yeb pushaymon bo'lgan Murodiy akasi Feruzdan kechirim so'rab «Devoni Murodiy»da quyidagi satrlarni bitadi:


Qulliqingni qilmadim nodonlik aylab oshkor, Kibra targ'ib aylagan shayton ekandur, bilmadim. Vasli Jomiydin Murodiydek bo'lib sarxush mudom, Mehnatu xijron bilan bejon ekandur, bilmadim. Vuslati vasling bila jandonu shod erdim, vale Furqat ichra tushkan el nolon ekandur, bilmadim.

Feruz Xiva xonligida fan va madaniyatni rivojlantirishga katta e'tibor bergan bo'lsada, bu yaqin-yaqinga qadar etirof etil-mas edi. Jumladan, V. Mirzayevning «Avaz O'tar kitobida «XIX asrning o'rtalariga kelib, Xorazm madaniy hayotida alohida taraq-qiyot yuz berdi. Ilgari vayron bo'lib ketgan binolar qaytadan tikla-nadi. Yangidan sug'orish inshootlari, karvonsaroylar va 60 ga yaqin masjid, madrasalar barpo etiladi. Xiva xonligi hududida 1847-yili Xiva shahrida birinchi marta litografiya tashkil etil-di. Unda 1880-yilda bosilgan birinchi kitob Alisher Navoiyning «Xamsa»si edi»1 deyiladi.

«Xorazmda bayozchilikning keng taraqqiy etishi natija-sida «Bayozi musaddasot», «Bayozi majmuai ash'or», «Bayozi muxammasot» va «Bayozi ash'or» kabi bayozning yangi turlari vujudga keladi. Ular ichida xorazmlik shoirlar tomonidan tuzil-gan qo'lyozma bayozlar o'zining kompozitsiyasi, she'rlarining g'oyaviy mazmuni, kitobat uslubi hamda savodli yozilgan go'zal xati bilan alohida ajralib turadi. Bu ishlarga bevosita Muhammad Rahimxon homiylik qiladi. Bayozchilik maktabi ustida tadqiqot ishlari olib borgan M.Hamidova Feruz faoliyatining bir qator qirralarini ochib berishga harakat qilgan.

Feruz rahbarligi ostida Tabibiyning «Majmuat-ut shuaro», Bayoniyning «Shajarai Xorazmshohiy» tazkiralari yaratildiki, natijada biz juda ko'plab ijodkorlar nomlari bilan tanishish baxtiga ega bo'ldik.

Muhammad Rahimxon saxovatli, fuqaroparvar inson edi. Bu fikrimizni quyidagi dalillar bilan isbotlashimiz mumkin. Saroy shoirlari orasida Doiy o'zining dovyurakligi, betgachoparligi bilan ajralib turgan. U hech tap tortmasdan kishining aybini shartta betiga aytar ekan. Yuqori lavozimli a'yonlardan ham hayiqmasdan, ularni bemalol kinoyali so'zlar bilan masxara qilar ekan. Bu haqda Laffasiy shunday ma'lumot keltiradi: «Doiy Yusuf Hoji nomi bilan mashhur bo'lib, hamma vaqtlar Xiva ulamo va sipohilarini mazammat etib haqoratlar qilib yurur erdi. Feruz Doiyni yaxshi hurmatlar bilan in'omlar berib turar erdi. Muhammad Rahimxon Doiyni shu tariqa sipohi ulamolarni haqoratlar qilib mahammat qilg'onini bilib oni Xivadagi masjidi Kalonga voizlik mansabig'a ta'inlaydur».

Feruz musiqa sohasida ham barakali ijod qildi. Feruz «...musiqa ishlariga ham havaskor bo'lib doim xizmatida atoqli go'yandalar tanbur, g'ijjak bo'lomonlar chertib o'ltirur erdilar.

Feruzning o'zi Shashmaqomga o'n uchta kuy bastalagan va shunga ko'ra u o'zi yashagan davrning bastakori ham edi.

Xulosa shulki, Feruz vatanimiz tarixida faqat insonparvar, adolatparvar va m a'rifatparvar hukmdorgina emas, ayni zamonda katta ijodkor, g'azalnavis shoir va musiqa ijodkori sifatida ham munosib o'ringa egadir.




Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish