Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


BUXORO AMIRLIGIGA QARSHI OLIB BORILGAN JANGLAR1



Download 1,88 Mb.
bet65/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

3. BUXORO AMIRLIGIGA QARSHI OLIB BORILGAN JANGLAR1


1 Bu haqda qarang: y^eK^croHmiHr янги тapиxи. Биpинчи китоб. 92-138-бeтлap.

6 - Vatan tarixi, 2.




1866-yil yanvar oyining oxirida Chernyayev Jizzaxga yurish boshlaydi. Ammo 8-9 ming kishilik shahar himoyachilarining ko'rsatgan qarshiligi tufayli u orqaga chekinishga majbur bo'ladi. 1866-yil mart oyida Chernyayev Peterburgga chaqirib olina-di, uning o'rniga general Romanovskiy yuboriladi. Toshkentga yordam uchun yuborilgan Buxoro amirining 100 ming kishilik qo'shini bilan general Romanovskiy qo'mondonligidagi chor Ros-siyasi qo'shinlari o'rtasida 8-mayda Erjarda bo'lgan jangda rus qo'shinlari g'alaba qozonadi. 24-mayda rus askarlari Xo'jandda ham g'alabaga erishadilar. Avgust oyida Romanovskiy Tosh-kent, Xo'jand va Chirchiqorti o'lkasini Rossiyaga qo'shib olish to'g'risida ko'rsatma beradi. Buxoro amiri bilan muzokaralarda kelisha olmagach, Romanovskiy 2-oktabrda Buxoro amirligiga qarashli O'ratepa qal'asini, 18-oktabrda esa Jizzaxni bosib oladi. Jizzax uchun jang g'oyatda dahshatli bo'lgan. Tarixchi olim Hamid Ziyoyevning yozishicha bu jang davomida «...to'kilgan odam qoni bamisoli ariq suviga o'xshab oqqan». Romanovskiy 1866-yil 19-oktabrda Harbiy vazirga yozgan telegrammasida Buxoro amirining Sirdaryo vodiysidagi so'nggi tayanchi, besh kunlik qamaldan so'ng 18-oktabr soat 12 da zarb bilan egallandi. Himoyachilardan oz qismi qutulib qoladi, xolos. Ko'plari halok bo'ladi yoki asir olinadi. «26 bayroq, 53 qurol va juda ko'p boyliklar qo'lga tu-shiriladi. Bizning yo'qotishimiz, xudoning irodasi bilan 100 kishi-dan kamroq bo'ldi, shu jumladan to'rt ofitser yaralandi». General Romanovskiy Jizzax uchun bo'lgan jangda kamida 6 ming kishi o'ldirilganligi va 2 ming kishining asir olinganligini yozgan edi. Qizig'i shundaki, Buxoro amiri rus qo'shinlariga qarshi birgalikda jang qilishni Qo'qon xoni Xudoyorxonga taklif qilganda u turli vaj-karsonlarni bahona qilib bu ishga bosh qo'shmaydi. Amirlik qo'shinlari Xo'jand va Jizzaxda yengilgach, Xudoyorxon rus bos-qinchi generali Romanovskiyga tabrik telegrammasi yuboradi. Bu telegrammada biz quyidagi sharmandali jumlalarni o'qiymiz: «Oq podsho bilan do'stlikni saqlab, turli bahonalar bilan Qo'qondan chiqmadim va o'z chegaralarimni saqlash uchun 35 ming qo'shinni to'plab Shaytonmuzgarda turdim. Shundan so'ng Xo'jandda turgan amir o'z qo'shini va boshlig'ini olib shaharni mutlaqo bo'sh qoldirganligini eshitdim; bu haqdagi xabarni bilib o'z qo'shinim va artilleriyam bilan orqaga qaytdim va agar men Oq podsho bilan do'stlikni istamaganimda men qo'shinim bilan Shaytonmuzgardan qaytmasdanoq, Xo'jandga kirar edim va bu-ning oqibatida Buxoro amiri bilan kuchli raqib bo'lur edim. Al-loh yordamida Siz Xo'jandni zabt etdingiz, buni eshitib, ilgarigi





do'stlikni mustahkamlash uchun Sizni g'alaba bilan tabriklayman».

1867-yil 14-iyunda chor hukumati


bosib olgan joylarda favqulodda Tur-
kiston general-gubernatorligi tuzi-
ladi. Injener-general K.P.Kaufman
bosh qilib tayinlangan bu guber-
nator likning markazi Toshkent
bo'lib uning tarkibiga Sirdaryo va
Yetti suv viloyatlari ham kirgan edi.
K.P.Kaufman podsho Aleksandr II
dan katta vakolatlar bitilgan «Oltin
yorliq» oladi. U mustaqil ravishda
urush e'lon qilish, sulh tuzish va
boshqa huquqlarga ega edi. Shu bois
Turkiston xalqi K.P.Kaufmanni gp Kaufman

«Yarim podsho» deb atagan.

Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman o'zi hukmron-lik qilayotgan hududlarda rus davlati mavqeyini mustahkamlash va Turkiston o'lkasidagi qonli fojialarni niqoblash maqsadida bir guruh mahalliy sotqin tabaqa vakillarini O'rta hukumat bilan ke-lishgan holda Peterburgga yuborishga qaror qiladi. Bu vakillar asosan rus davlatiga sodiq, rus qo'shinlariga har tomonlama yordam bergan kishilardan tashkil topgan edi. Vakillar ro'yxatiga Shayx-ul-Islom Nosir mulla Isoq (Turkiston shahridan), Qozi Mirza Talashpan (Chimkentdan), oqsoqol Amin Suni Shayxov (Iqon qishlog'idan), Duglat qabilasining biyi mayor Xudoybergan (Avliyootadan), qora qirg'iz qabilasining biyi Baytiq Kanap (Avliyootadan), Saidazimboy Muhammadboyev (Toshkentdan), Eshonxon Imomxonov (Toshkentdan), qozikalon Yusufxo'ja Abdullaxo'jayev (Xo'janddan), oqsoqol Abdug'affor Sarimso-qov (Jizzaxdan) va boshqalar kiritilgan edilar. 1867-yil mart oyida Peterburgga yetib kelgan Turkiston vakillarini eng oliy darajada izzat-ikrom bilan kutib olinadi. Ular tuzilgan rejaga asosan hukumat nozirliklarida, saltanat saroyida, Ermitajda, xalq kutubxonasida, muzeylarda, fanlar akademiyasida, zoologi-ya bog'ida, Petropavlovsk qal'asida, fabrika va zavodlarda, savdo birjasi, magazinlarda, teatr va sirkda, kasalxonalarda, saltanat


b
og'ida (Sarskoye selo) va boshqa diqqatga sazovor joylarda bo'ladi-lar. Bunday «mehmondo'stlik»ning bosh maqsadi Rossiya davlatining qudratini namoyish qilishdan iborat edi. Turkiston vakillarini hatto pod-sho Aleksandr II ning o'zi qabul qila-di. Ular «oliy hazratga» go'yo Turkis-ton aholisining rus davlati tobeligiga olinganligidan baxtiyorligini, mangu sodiqligini izhor etuvchi maktubni topshirganlar. Bu maktubga Tosh-kent, Turkiston, Xo'jand, Chimkent va boshqa joylarning kattalaridan 59 kishi imzo chekishga majbur bo'lgan edilar.

Ana shu tariqa chor ma'murlari

Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi aholi go'yo o'z ixtiyori va istagi bilan rus davlati fuqaroligiga «o'tgan»ligini jahonga namoyish qilishga uringan edi. Turkistonda esa qon-li va qirg'inbarot urushni davom ettiradi. Jumladan 1867-yil 7-iyunda rus askarlari Jizzax va Samarqand o'rtasida joylash-gan Yangiqo'rg'onda 25 ming kishilik Buxoro qo'shini va xalq ko'ngillarini tor-mor keltiradi.



1868-yil 1-mayda Samarqand ostonasidagi Cho'ponota tepaligida shiddatli va beayov jang bo'ladi. 2-mayda Samarqand shahri taslim bo'lishdan o'zga chorani topmaydi. Buxoro amiri Muzaffarxon bu xabarni eshitgach, shu darajada dahshatga tush-diki, jahl ustida bu «shum xabar»ni keltirgan xabarchini osib o'ldirishga farmon beradi. Amirning chorasiz va ilojsiz vasvasasi asta-sekin yig'iga aylanadi. U «xudo meni Samarqanddan mahrum qilgandan ko'ra jonimni olgani yaxshi edi», deb oh-fig'on che-kadi. Chunki Sohibqiron Amir Temur barpo qilgan poytaxtini g'ayridinlar bosib olishi juda k atta yo'qotish ediki, bu voqea butun islom dunyosida kuchli aks-sado berdi. Amir Muzaffarning xal-qi o'rtasida obro'si tushib ketadi. Xalq g'azabga keladi. Ayniqsa, amirning chor hukumati bilan sulh tuzishga moyilligi vaziyatni juda keskinlashtiradi. Xalq amirdan urushni davom ettirishni talab


1 Samarqand uchun janglar, Samarqand fojiasi haqida batafsilroq ma'lumot olish uchun qarang: «Y36eK^croHmiHr янги TapMxM». Биринчи китоб... 103-24-6eTnap

qilib qo'zg'olon ko'taradi. Qo'zg'olon markazi Cho'li Malik edi. Qo'zg'olonchilar so'yil, nayza va shuning singari oddiy narsalar bilan qurollangan edilar. Amir Muzaffar qo'zg'olonni butun Za-rafshon vodiysiga tarqalib ketishidan qo'rqib uni tezda bostirdi-da, darhol beklar bilan kengash o'tkazadi. Unda sulh tuzish yoki urushni davom ettirish masalasi muhokama qilinadi. Kengashda birinchi bo'lib so'z olgan lashkarboshi Usmonbek bunday dey-di: «Xonlikning xalqi urushni davom ettirishni talab etayotgan bir paytda kofirlarga kontributsiya (tovon) to'lagandan ko'ra bir tomchi qoni qolguncha kurashish afzalroqdir». Bu fikrni kengash qatnashchilari yakdillik bilan qo'llab-quvvatladilar. Muzaffar barcha kuchlarini jamlab, Samarqandni qaytarib olishga kirisha-di1. 15 ming otliq, 6 ming piyoda va 14 ta to'pli Buxoro qo'shini Zirabuloq tepaligiga kelib o'rnashadi. Qo'shinni ruhlantirish va g'alabaga chorlash niyatida amir Muzaffar ularga quyidagicha murojaat qiladi: «Sodiq musulmon fuqarolari! Sizlarning zah-matlaringiz uchun rahmat, sizlarni ishontiramizki, g'alaba biz tomonda bo'lg'ay. Samarqand va Kattaqo'rg'onning qo'ldan ketishi biz uchun unchalik katta yo'qotish emas. Biz temuriylar avlodimiz, biz o'z yerimizni qanday qilib qaytarib olishni ko'rsatib qo'yamiz. Musulmonlar! Men dinimiz va Vatanimiz uchun mu-sulmon ahlining qahramonona jang qilishini kofirlar ko'z o'ngida namoyon etishingizga umid qilaman. Xalq bizdan g'alaba ku-tayapti, u jangdan so'ng sizlarni qarshi olganida din va Vatan hi-moyasi uchun kurashgan va yerimizni kofirlardan tozalaganlar, deb aytsin. Zirabuloq jang maydonida halok bo'lganlar sharafiga shonli yodgorlik o'rnatiladi., Musulmonlar! Turkiston general-gubernatori talab qilayotgan 125 ming tilla (500 ming so'm) sovg'a sifatida sizlarga beriladi. Ishonchim komilki, sizlar mening umidlarimni ro'yobga chiqarib, samarqandliklar to'nidagi qora dog'ni yuvasizlar. Musulmonlar, Sizlarga zafar yor bo'lsin!». Ushbu murojaat to'plar ovozi ostida o'qib eshittiriladi. 1868-yil 2-iyun general K.P.Kaufman qo'mondonligidagi qo'shin va himoyachilar o'rtasida jang boshlanadi. Buxorolik mudofaachilar «Olinglar, olinglar, axir!... » deyishgancha dushmanga qarshi hu­jum quadi^r. Апшю ko'p tаlofаt ko'rib mаg'lubiyatgа uchraydi-ter. Bu xаbаr xalq g'аzаbini bаttаr kuchаytiradi. Аmir qo'rqib Qi-zilqum tаrаfgа qochib ketаdi. Sаmаrqаnddа йютпгща qarshi xalq qo'zg'oloni boshlаnadi. Yurt himoyasigа shаhar аtrofidаgi qish-loq vа ovullаrdаn minglаb kishilаr kelib qo'shiladi. ^утаЫаг, qorаqаlpoqlаr, xitoy-qipchoqlаr, qirq juzter vа boshqa qаbilаlаr Jo'rabek vа Bobobek boshchiligidа Shahrisаbzdаn kelayotgan 20 ming kishilik qo'shin qаsoskorlаrgа qo'shilib, Sаmаrqаnddаgi qo'zg'olonchilаr sаfini to'ldiradi. №и]а!а Sаmаrqаnd chorizmgа qarshi umumxalq kurashining o'chog'igа аylаnadi. Bir necha ming kishilik qo'zg'olonchilаr shаhar qаl'аsidа o'rnаshgаn chor qo'shinini qurshаb olib jаnggа kirishаdi. Аmmo Shahrisаbz bek-lari chor qo'shinlаrigа yordamchi kuch^r kelayotganidаn xabar topib, Sаmаrqаndni tashlab chiqadi.

K.P.Kаufmаn Zirаbuloq yaqinidа Buxoro атгг^ qo'shin-lаrini tor-mor keltirib, tezlik biten Sаmаrqаndgа qаytadi. 8-iyundа u Sаmаrqаndni to'plаrdаn yoppаsigа o'qqа tutishgа vа shаharni bаtаmom yoqib yU^ons!^ buyruq beradi. 9-iyundа Sаmаrqаnddа fojiаli qirg'in boshlаnadi. Qirg'in uch kun dаvom etadi. Yuzlаb odаmlаr hech qаndаy so'roqsiz, tergovsiz otib tаshlаnadi.

Sаmаrqаnddаgi qo'zg'olon yakunlаrigа ko'ra uning bosh-liqlаridаn 19 kishi o'limgа vа 19 kishi Sibirgа umrbod surgungа hukm qilinadi. Buning ustigа, qo'zg'olonchilаrning аksаriyati esа jаngu jаdаlning o'zidаyoq qirilib ketadi. Chor qo'shinlаridаn 275 kishi o'ldirildi vа yarаdor bo'ladi. Boshqa joylаrdа bos-qinchilаr bunchalik ko'p tаlofаt ko'rmаgаn edi. Shuning uchun generаl K.P.Kаufmаn «Sаmаrqаnd qаl'аsidаgi tаlofаtni judа kаttа yo'qotish», deb bаholаydi. Bu vаqtdа аmir Muzаffаrning obro' vа mavqeyi tobora tushib, taxtdа zo'rg'а ilinib turardi. Аmir Kаrmаnаgа kelib, o'z атак^^ан ishtirokidаgi kengashda chor hukumati biten sulh tuzishdаn bo'lаk chora qolmаgаnini mа'lum qilib: «Endilikdа barcha qo'shin vа qurol-аslаhalаrni, to'plаrni oq pods^!^ topshirib, mengа Mаkkаgа hаjgа borishgа ruxsаt berilishini undаn so'rаymаn. Sezib turibmаnki, mening o'limim yaqin, tаqdirim vа hayotim xalqning qo'lidа» deb аytishni o'zigа ep ^'^аМь

1868-yilning 23-iyunidа аmir Muzаffаrning elchilаri Sа­marqandga K.P.Kaufman huzuriga kelib, sulh tuzishga rozilik bildiradi. Sulhga ko'ra Samarqand, Kattaqo'rg'on va Zaraf-shon daryosining yuqori qismi xonlikdan ajratib olinib, Rusiya tarkibiga kiritiladi. Amir tovon sifatida 500 ming so'm tilla pul to'lashga va xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa o'rnatmaslikka rozilik beradi. Shuningdek Rusiya savdogarlariga xonlikning tasarrufida bemalol savdo-sotiq ishlari bilan shug'ul-lanishga hamda karvonsaroylar qurishga ijozat etiladi. Ular to'laydigan boj miqdori buxoroliklar to'laydigandan oshmasligi kerak edi. Xullas, shartnoma tuzilganidan so'ng Buxoro amiri urushni rasman to'xtatib, Rusiya davlatiga tobeligini tan oldi. Bu esa vatanparvar, hur fikrli odamlarning qattiq noroziligiga sabab bo'ladi. Hatto amirning o'g'li Abdumalik Katta to'ra va bir necha nufuzli beklar birlashib, Muzaffarxon va chorizm istilochilariga qarshi kurashni davom ettiradi. Ular amirning taxtdan mah rum etilganini e'lon qilib, Shahrisabz va Kitobda katta kuch to'playdi. Kitob va Shahrisabz beklari Jo'rabek va Bobobek Katta to'rani xon deb e'lon qiladilar. Natijada amir Muzaffarxonning ahvoli nihoyatda og'irlashadi. Ota-bola qo'shinlari o'rtasida Samarqand yaqinidagi Jom qishlog'ida sodir bo'lgan jangda amir sarbozlari yengiladi.

1868-yilning kuzida Buxoro amiri Muzaffar o'ziga qarshi ko'tarilgan qo'zg'olonni bostirish uchun general-gubernator nomiga maktub yo'llaydi. Kaufman bu maktubdan shuni angladiki, amirning o'g'li Abdumalik otasiga qarshi qo'zg'olon ko'tarib, Qarshi atrofida katta kuch to'plagan. Kitob begi Jo'rabek Shahrisabz hokimi Bobobek va Sulton Sodiq Kenisarov otryadlari shahzoda armiyasi tayanchlari ekan.

O'shanda Samarqand okrugi boshlig'i, general-mayor Abra-mov bu uch otryad boshliqlaridan eng xavflisi Sodiq Kenisarov ekanini aytgan.

Chor qo'shinlariga qarshi ilgarilari ham bir necha bor qahra monlik mo'jizalarini ko'rsatib jang qilgan Sulton Sodiq Kenisarov 1868-yilda Buxoro amiri qo'shini safida Kaufmanga qarshi kurashadi. Zirabuloqdagi jangda amir qo'shinlari bilan qochganida, Sodiq o'z yigitlari bilan jang maydonida qoladi. Keyin u Kaufman bilan sulh tuzgan amirga qarshi ko'tarilgan qo'zg'olonga qo'shilib, Kitob begi Jo'rabek va Shahrisabz begi Bobobek sarbozlari safidan joy oladi.


K
aufman bunday xavfli dushmanlarga qarshi tajribali gene-r al Abramovni yuboradi. Qo'zg'olonchilar Qarshi ostonasida rus qo'shinidan yengilib, turli tomonlarga tarqab ketadi. Jo'rabek va Bobobek Shahrisabz va Kitobga qochadi.

1870-yil 14-avgustda Kitob shahri qo'lga olingach, Jo'rabek va Bobobek Qashqar tomon yo'l oladilar. Ular Mahram ostonalaridagi Qo'qon sarbozlari tomonidan hibsga olinadi va Xudoyorxon amri bilan Kaufmanga topshiriladi. General Kaufman esa ularni o'z xizmatiga olib rus qo'shini zobitlari un-vonini beradi.

Sulton Sodiq esa Qizilqum orqali Xiva xonligi hududiga o'tib ketadi. Buxoro amiri Kaufman bilan tuzilgan sulh shartnomasiga ko'ra Samarqand hamda Kattaqo'rg'ondan ajrabgina qolmay, o'zining siyosiy mustaqilligidan ham mahrum bo'ladi. Buxo-ro amiri rus saltanatining vassaliga aylanib, mamlakat Rossiya saltanati qaramligidagi yurtga - yarim mustamlaka ahvoliga tu-shib qoladi.


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish