Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
bet63/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Uchinchidan, O'rta Osiyo masalasida ingliz-rus muno-sabatlarining keskinlashib borishi Rossiya bosqinining tez-lashishiga sabab bo'ldi. Rossiya hukmronlik doiralari XIX asrning boshidanoq ingliz josuslarining o'zbek xonliklaridagi xatti-harakatlarini ziyraklik va shubha bilan kuzatib bordilar. Darhaqiqat, Hindistonni Angliyaning mustamlakasiga aylan-tirgan Ost-Hindiston kompaniyasi oltinga boy, hamda iqtiso-diy va strategik ahamiyati katta bo'lgan Turkiston o'lkasidagi voqealarni anchadan beri diqqat bilan kuzatib borar va bu o'lkani o'z tasarrufiga olish uchun qulay paytni poylardi. Buni Ost-Hindiston kompaniyasining O'rta Osiyoga bir necha marta o'z razvedkachilarini yuborganliklaridan bilsa bo'ladi. Jumladan, 1824-yilda mazkur kompaniya ayg'oqchisi Murkfort Buxoroda bo'ladi biroq u qaytish chog'ida yo'lda halok bo'ladi. 1831-yilda Buxoroga A.Byorns tashrif buyurdi. 1843-yilda 33 yashar kapitan Ebbot Xivaga yuborildi. O'sha yili Volf Buxoroga kelgan edi. U 1838-yildan buyon Buxoro amiri Nasrulloxon zindonida saqlanayotgan polkovnik Stoddart bilan mayor Konollini (bular 1842-yili qatl etilgan) qutqarish niyatida edi.

Ost-Hindiston kompaniyasi Buxoro amirligi va Xiva xonligiga Rossiyaga qarshi ittifoq tuzishni taklif qiladi va birla-shib Rossiya tajovuziga qarshi kurashishni tavsiya etadi. Lekin bu takliflar amalga oshmaydi. Inglizlarning O'rta Osiyoni bo-sib olishdan iborat rejasining amalga oshuviga Hindiston bilan o'zbek xonliklari o'rtasida joylashgan Afg'oniston to'siq bo'ladi. Hatto 1838-1842-yillarda va 1878-1880-yillarda inglizlar bilan Afg'oniston o'rtasida ikki marta urush ham kelib chiqadi. Ammo inglizlar afg'on xalqining qarshiligini bostira olmaydilar. O'z milliy mustaqilligi uchun kurashga otlangan xalqni yengib bo'lmasligini o'sha d avr ingliz-afg'on urushlari ochiq-oydin ko'rsatadi. Albatta, Rossiya hukumati inglizlarning ishtahasi karnay bo'lib O'rta Osiyoga intilayotganligiga befarq qaray olmasdi va bu hududlarni tezroq egallash ishtiyoqida yonardi. Chor Rossiyasining Turkis-tonni bosib olishi podsho Aleksandr II hukmronligi davrida niho-yatda tezlashdi. Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi to'rt bosqichga bo'linadi. Birinchi bosqich 1847-yildan boshlanib 1865-yilga qadar davom etadi. Bu bosqichda Qo'qon xonligiga qarash-li hududlar bosib olinadi. Ikkinchi bosqich 1865-yildan boshlanib 1868-yilga qadar davom etadi. Bu davrda Toshkent va Buxoro amirligi hududlari bosib olinadi. Uchinchi bosqich 1873-1879-yillarni o'z ichiga olib, bu davrda Xiva va Qo'qon xonligi hududlari chor qo'shinlari tomonidan zabt etiladi. To'rtinchi bosqich 1880-


1885-yillar bu davrda hozirgi Turkmaniston yerlari bosib olinadi.
Rossiya dаvlаtining Turkiston yen^im bosib oHs!^ intilishining
yangi to'lqini 1847^Ыа boshlаndi. Shu yili Sirdаryoning Orol
dengizigа quyilаdigаn joyi - Rаim egаllаnib, Orol harbiy qаl'аsi
bаrpo qilinadi. Orenburgdа «Nikolаy» vа «Konstаntin» degan
kemаlаr qurilib, ulаr bo'lаk-bo'lаk keltirilib Orol dengi-

zigа tushiriladi. Oq masjid (Qizil O'rdа), Turkiston, Chimkent, Аvliyootа, Pishpek, To'qmoq vа boshqa shаharlаrdа Qo'qon xonligining harbiy istehkomlаri mаvjud edi. 1852-yildа chor qo'shinlаri Oq masjidgа hujum qUadi^r, lekin uni qo'lgа kiritа olmаydilаr. 1853-yildа generаl Perovskiy boshchiligidа ikki ming аskаrdаn ortiq qo'shin Oq masjidgа ikkinchi mаrtа hujum uyush-tiradi. 22 kunlik qurshov vа jаngdаn so'ng chor аskаrlаri isteh-komni egаllаgаnlаr. Qаl'а himoyachilаridаn 74 kishi tirik qo^n xolos. Chor qo'shinlаridаn bor yo'g'i 25 kishi h^ok bo'lgаn vа 46 kishi yarador qilingаn. Istehkomgа «Perovskiy forti» nomi berilgan. Oq masjiddаgi mаg'lubiyat Qo'qon xonligini qаttiq tashvishlаntirdi. Tezlik biten Toshkentdа kuch to'plаnib hokim Sаbdаlxo'jа boshchiligidа 8 ming аskаrlik qo'shin vа ko'ngillilаr Oq masjidni qаytаrib olish uchun yo'lgа chiqadi. Lekin ikki o'rtаdаgi jаngdа uter yengilаdilаr. Vаtаn himoyachilаridаn 192 kishi h^ok bo'ladi. Qo'qon xonligi qo'shinlаri yarаdorlаrni 92 tuyagа ortib orqаgа chekinishgа mаjbur bo'ladilаr.

1853-yilning dekabr oyidа Yoqubbek boshchiligidаgi 13 ming kishilik qo'shin Oq masjidgа kelib ya^ dushman bilаn to'qnаshdi. Yurt himoyachilаridаn bu jаngdа minggа yaqin kishi o'ldirildi vа yarаdor qilindi. Bosqinchilаr fаqаt 55 аskаrlаrini yo^td^^ Bundаy ketmа-ket mаg'buliyatlаr Vаtаn himoyachilаri ruhini tushirmаdi. Ulаr 1855-yildа ya^ 1500 kishilik qo'shin bilаn Oq masjidgа otlаndilаr. Аmmo chor qo'shinlаrigа yangi kuchlаr ke­lib qo'shilgаnini eshitib, orqаgа qаytdilаr.

1854-yildа Olmаotа o'rnidа Verniy harbiy qаl'аsining qurilishi Turkistonni egallashdа hal qiluvchi o'rin tu^n istehkomlаrdаn bo'ldi.

1855-1857-yillаrdаgi Qrim urushi munosаbаti bilаn chor та'шшйап O'rta Osiyoni zаbt etish bo'yichra kаttа miqiyosdаgi harbiy harakatlarni olib borolmaydilar. Qrim urushidagi mag'-lubiyat O'rta Osiyoning Rossiya uchun siyosiy va strategik jihatdan qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatdi. Rossiya O'rta Osiyo uchun olib boriladigan raqobatli kurashda Buyuk Britaniya qirolligini nafaqat siyosiy-iqtisodiy va strategik jihatdan balki harbiy jihatdan ham mag'lubiyatga uchratish va Qrim urushidagi mag'lubiyat tufayli xalqaro maydonda bo'shashib qolgan obro'sini tiklashi ham mumkin edi. Chun-ki hind xalqining butun mamlakatni qoplab olgan va inglizlar tomonidan zo'rlik bilan bostirilgan 1857-yilgi qo'zg'oloni Bu-yuk Britaniyaning Hindistondagi mavqeyi uncha mustahkam emasligini ko'rsatdi. Shu boisdan Rossiya hukmron doiralari o'rtasida O'rta Osiyo muammosini tezroq hal qilishga chorlovchi xat, da'vat va takliflar 1860-yillarda tez-tez ko'zga tashlanadigan bo'lib qoldi. Jumladan, Orenburg general-gubernatori Katenin tashqi ishlar vaziriga yozgan xatida «O'rta Osiyo mulkiga hukm-ronligimizni o'rnatishimiz uchun albatta Turkiston va Toshkent-ni egallashimiz shart» deb ko'rsatdi. Uning fikricha, Toshkentni qo'lga kiritish Buxoro mulklariga qurolli kuchlar bilan borish uchun albatta zarurdir.

1862-yilda «Russkiy vestnik» oynomasi sahifalarida ham Turkiston yerlarini bosib olishga da'vat etuvchi bir qator shovi-nistik g'oyadagi maqolalar bosilib chiqarildi. «Golos» deb ata-luvchi liberal oynoma esa Hindistonni mustamlakaga aylantirgan inglizlardan namuna olishga da'vat qiladi, «Kaspiyni rus dengiziga aylantirish, O'rta Osiyoning ko'chmanchi elatlarini o'troq yashashga o'rgatish, bu saxroyilar bilan pachakilashib o'tirmay, ularni hattoki terror qilishga chaqirdi. Harbiy vazir D.A.Milyutin harbiy yurishlarning doimiy tarafdori edi. Shu bois u 1864-yil oktabrida tashqi ishlar vazirligi tomonidan pod-shoh uchun tayyorlangan agressiv xarakterdagi ma'ruza matnini batamom ma'qulladi. Bu matnda Rossiyaning Sharqqa intilishi oqlanadi, «Yarim yovvoyilar» qabilalari bilan to'qnashib qolgan damlarda o'ta tinchliksevar siyosatni saqlab qolishning imkoni yo'qligi xususida, Qo'qon xonligining tabiiy boyliklari bo'lmish paxta, ipak, qimmatbaho ma'danlar to'g'risida gap boradi. Xul-las, oltmishinchi yillar boshlarida Turkistonni bosib olish bo'yicha





g'oyaviy tayyorgarlik ko'riladi. En-digi asosiy vazifa bu g'oyani amalga oshirishdan iborat edi.

1860-yilda polkovnik Simmer-man qo'shini Qo'qon xonligining 5 ming kishilik qo'shinini tor-mor kel-tirib, To'qmoq va Pishpak qal'alarini egalladi. Iliorti vodiysi Alatov okrugi deb o'zgartirildi. Xuddi shu yili 21-oktabrda polkovnik Kolpakovskiy otryadi Qora Kostek daryosi yon bag'ridagi Uzun yog'och soyidagi jangda Qo'qon xonligining 20 ming Polkovnik M.G. Chernyayev qo'shinini batamom qirib tashladi.

1861-1863-yillarda chor qo'shin-lari Qo'qon xonligiga bir necha zarbalar berdi. Bu davrda Qo'qon xonligiga qarashli Yangi Qo'rg'on, Din Qo'rg'on, Merka v a ikkin-chi marta Pishpek egallanadi.

1863-yil yozida polkovnik Chernyayev Orenburg general-gubernatori Bezakning roziligi bilan Sirdaryo yoqasidagi So'zoq qal'asini qo'lga kiritdi va uni tevarak-atrofdagi aholisi bilan birga «Rossiyaning mulki» deb e'lon qiladi.

1864-yil boshida Verniy (Olmaota) istehkomidan chiqqan 2500 kishilik Chernyayev boshchiligidagi chor qo'shinlari 4-iyunda Avliyootani egallaydi. Shahar ostonasidagi jangda vatanparvar kuchlarning 1500 kishilik qo'shinlari va xalq qasoskorlari mag'lubiyatga uchradilar. Himoyachilardan 307 kishi o'ldiriladi va 390 vatanparvar yarador bo'ladi. Chernyayev bilan izma-iz Perovskiy otryadidan chiqqan polkovnik Veryovkin guruhi esa Turkiston qal'asiga yurish qiladi va uni 12 kunda bosib oldi.

1864-yil 16-iyulga qadar chor armiyasi qo'shinlari ikki yo'nalish bo'yicha mustaqil harakatlarni davom ettiradi. Sibir-Yorkend tomonidan 8-G'arbiy Sibir, 21-Sibir kazak armiyasi batareyasi, Orenburg - Xiva yo'nalishi bo'yicha esa 4-Orenburg liniya bataloni, 1864-yildan boshlab 2-Orenburg liniya bata-lonining 1-vzvodi; 1865-yildan 6- va 9-Orenburg liniyalari bataloni, 4-G'arbiy Sibir bataloni janub tomondan o'z haraka­tini davom ettirib, shahar va qishloqlarni birin-ketin egallab bo-radi.

Avliyoota va Turkistonning dushman tomonidan zabt etilishi butun Qo'qon xonligini oyoqqa turg'azdi. Toshkent shahri cho-rizm bosqinchilariga qarshi kurashning markaziga aylandi. Bu yerga Marg'ilondan, Yusufbek, Xo'janddan Mirza Ahmad Qush-begi qo'mondonligida qo'shinlar, Andijon, Namangan, O'sh va boshqa joylardan harbiy qismlar keltiriladi. To'plangan qo'shin va xalq qasoskorlariga Qo'qon xonligining lashkarboshisi mulla Alimqul boshchilik qiladi1. Vatanparvar kuchlar to'plangach duo fotiha olib Chimkent tomon ravona bo'ladilar.

Chimkentda bir kecha-kunduz qattiq jang bo'ladi. Muhammad Solih o'zining «Tarixi jadidi Toshkand» asrida yozishicha: «So'ngra to'rt tomondan askarlar otdan tushdi va karnay sadolari ostida rus askarlariga qarshi hujumga o'tiladi. Himoyachilar 2-3 ming qadam yugurgach, dushmanning to'p va miltiqlaridan yomg'irdek yog'ilgan o'qlar ostida qoldilar». Oqibatda 12 ming kishi halok bo'ladi va yaralanadi. Ammo general Chernyayev boshchiligida chor qo'shinlari urushni davom ettira olmay Turkistonga qaytishga majbur bo'ladi. Jinay degan joyda bo'lgan jangda ham vatanparvarlarning qo'li baland kela-di. Vatan himoyachilari Iqon qal'asi uchun bo'lgan jangda ham g'alabaga erishadilar. Alimqul boshchiligida yurt himoyachilari urushni davom ettirish maqsadida tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda Buxoro amiri Muzaffarxonning Qo'qonga hujum qilganligi to'g'risida xabar oladi. Natijada lashkarboshi Alimqul qo'shinning katta bir qismini Chimkentda qoldirib o'zi Qo'qonga qaytishga majbur bo'ladi. Albatta bu hol dushmanga qo'l kela-di va Chernyayev 1864-yil 21-sentabrda Chimkentni jang bilan egallaydi. Shahar mudofaachilaridan ko'p kishi qirib tashlanadi.





Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish