Birinchidan, o'zbek xonliklari o'zaro mol-dunyo, davlat va yer talashib bir-birlarining tinka-madorlarini shu darajada quritgan edilarki, ular tashqi dushmanga qarshi birlashib kurashish u yoqda tursin, hatto o'zlarini biror bir darajada himoya qilishga ham qodir emas edilar. Bu hol chor ma'murlariga juda qo'l kelar edi.
Ikkinchidan, chor Rossiyasining harbiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli shuni talab qilar ediki, rivojlanayotgan rus kapitalistlari uchun yangi-yangi bozorlar, foyda manbalari kerak edi. Rossiya sanoat korxonalariga esa tabiiy yer osti boyliklari, xom ashyo bazalari; paxta, ipak, qorako'l teri va boshqalar zarur edi. 1861-1862-yillardagi fuqarolar urushi tufayli Amerikadan keladigan paxtaning kamayib ketishi o'zbek paxtasiga bo'lgan talabni haddan tashqari oshirib yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |