Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


TURKISTONNING CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINISHI



Download 1,88 Mb.
bet61/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

TURKISTONNING CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINISHI


1. TURKISTONNI ZABT ETISHNING BOSHLANISHI
Rossiya hukmron doiralarining Turkiston yerlariga g'arazli maqsadlarda ko'z olaytirishlari hali o'lkada shayboniylar hukm-ronligi davom etayotgan davrlardan boshlangan. Kavkaz, Volgabo'yi, Sibir va O'rta Osiyo ustidan hukmronlik qilish rus podsholarining azaliy va asriy orzusi bo'lgan. «Grozno'y» laqabi bilan mashhur bo'lgan Ivan IV ning Moskva uchinchi Rim, to'rtinchi Rimning esa bo'lishi mumkin emas, degan so'zlarida ana shu maqsad ro'y-rost aks etgandi. Shu orzuni amalga oshi-rishni Ivan «Grozno'y»ning o'zi boshlab beradi, 1553-yili Qo-zon va 1556-yilda Ashtarxon xonliklarini bosib oladi. Moskva davlati 1581-yilda Sibirdagi musulmon podsholigiga hujum qilib, uni zabt etadi. Rus davlati O'rta Osiyo mintaqasiga ko'z olaytirib, bu yerdagi mavjud xonliklar haqida keng ko'lamda josuslik ma'lumotlarini to'play boshlaydi. Bu holat «Moskva savdo kompaniyasi» deb atalgan tashkilotning vakili Antoni Jen-kinson boshchiligidagi elchilarning faoliyatida yaqqol namoyon bo'ladi. Ingliz savdogarlari Antoni Jenkinson Richard va Ro­bert Jonsonlar 1558-1559-yillarda, Moskva savdo elchisi Ivan Danilovich Xoxlov 1621-yilda Xiva, Buxoro va Samarqandga asosan o'lkani o'rganish va josuslik ma'lumotlarini to'plash maqsadida kelgan edilar.


1 В.Р.Вежевский, Л.И.Нерлюев. «OpeH6yprcKmi KpaE». Iyo3oH, 1897, 1-жилд 136-6eT.

Lekin Turkistonni Rossiyaga qaram qilish uchun to'g'ridan-to'g'ri amaliy ochiq harakat Pyotr I davridan boshlanadi. U o'zining Sharqqa nisbatan tajovuzkorlik siyosatini, O'rta Osiyo va Hindiston yerlariga suqlanib qarayotganligini yashirib ham o'tirmaydi. «Sharq bilan aloqada Qozog'iston tasarrufi kalit va darvoza hisoblanadi. Shuning uchun millionlab mablag' sarflasa ham Qozog'istonni bo'ysundirish yoki hech bo'lmasa u yerda Rossiya ta'sirini o'rnatish zarurdir»1, deydi Pyotr I.

Harbiy tarixchi K.Аbаzа «Zаvoevаniye Turkestаnа» (SPb, 1902) аsаridа yozishicha, Pyotr I Hindiston boyliklаrigа su-qulib qаrаyotgаn edi. U fаqаt qutey vаziyatni kutаrdi. Bundаy vаziyatni 1714^Ыа turkmаn zodаgonlаrining vаkili Xo'jа Nаfаs Peterburggа borib Аmudаryodа oltinli qumlаrning ko'pligi to'g'risidа bergаn mа'lumoti tezlаshtiradi. Oltin vа boy-lik vаsvаsаsi bilаn Pyotr I tаjovuzkorlik siyosаtini аmаlgа oshi-rish mаqsаdidа O'rta Osiyogа 1717-yildа biz yuqoridа olgаn knyaz Bekovich-Cherkаsskiyni1 kаttа qo'shin biten yu-boradi. Аmmo Xiva xoni Sherg'ozixon tomonidаn bu qo'shin bаtаmom qirib tаshlаnadi. Rossiya biten Xiva xonligi o'rtаsidа dushmanlik vаziyati kuchаydi. Pyotr I O'rta Osiyo yerlаrigа bo'lgаn o'z tаjovuzkorligidаn voz kechmаdi. U Buxorogа jo-suslik mаqsаdlаridа elchi qilib itаliyalik Florio Benevenini jo'^tadi. Bu sаfаr ham muvаffаqiyatsiz chiqadi vа Benevenining o'zi zo'rg^ jon sаqlаb qoladi vа fаqаt Pyotr I o'limidаn so'ng 1725^Ыа Rossiyagа qаytadi. Florio Beneveni hali Buxorodа bo'lgаn chog'idаyoq josuslik ishlаri bilаn shug'ullаnadi vа rus podshosigа yozgаn xatlаrining chetlаridа shifrovkа bilаn mаxfiy xabarlаrni yuboradi. shu xildаgi xatlаrdаn biridа bundаy xa-bar berilаdi: «Аmudаryo Sаmаrqаnd tog'lаridаn boshlаnаdi vа аyniqsа, oltingа boy qumlаri Bаdаhshondan Gioqchа dаryosigа oqib keladi. Yerli xalq tog'lаrdаgi yirik oltinlаrni qаzib olаdi. Shuningdek uter loyqа soy suvlаrigа qo'y terisini yoyib qo'yib, so'ngra oftobdа quritаdilаrdа, sof oltin zаrrаlаrini terib o^diter. Bu tog'lаrdа oltin vа kumush izlаsh mаn etilgаn, ukrni maxsus sаrbozlаr qo'riqlаydi.

Buxoro yerlаridа mis, аchchiqtosh, ruh vа temir ham topi^i. Xivaning Shayxjаyli tog'lаridа kumush mа'dаnlаr mаvjud. Mаzkur kondаn xabar topgаn Xiva xoni Аrokxon qo'rqib ketib bir konchini йпЫаут ko'mdirib yuborgаn. Chunki xаzinа dаrаgi qo'shni xonliklаrgа yetib borsа ya^ g'аnimlik boshlаnishi mum-kin, edi».


Cho'qintirish marosimida Aleksandr Bekovich - Cherkasskiy nomini olgan.



Xususan, rus elchisi o'z shohigа shunday maslahat beradi: «Аgаr Siz o'z xаzinаngizni yanа boyitish niyatini hosil qi^ngiz bu joylаrgа tаdorlik ko'ring.

Chor atrofdan ko'p xavf tug'ilmasligi ayon. Chunki, Xiva, Buxoro o'zbeklari, shuningdek Paytxon (atxoy)lar ham bir-birlari bilan urushib turadilar. Faqat hindlar tinch, ammo ularning ham knyazlari o'zaro urishishadi. Toshkentliklar, qirg'izlar, qoraqalpoqlar va qozoqlar hech qachon Sizga xalaqit bermaydilar».1

«Aytishlaricha, - deb yozadi A.S.Pushkin, - Pyotr I o'limi oldidan ikki narsani amalga oshira olmagani uchun armon bilan ketayotganini aytgan; Prut yonidagi jangda Turkiyadan yengilganini va Bekovichning o'limi uchun Xivadan o'ch ololmagani uchun qattiq afsus chekkan.»2

O'rta Osiyoni bosib olish maqsadida Pyotr I zamonidayoq Qozog'istonning zabt etilgan hududlarida harbiy qal'alar va istehkomlar qurila boshlangan edi. 1717-yilda Omsk, 1718-yilda Semipalatinsk, 1720-yilda Ust-Kamenogorsk, 1742-yilda Or en burg qal'alari quriladi. Faqat XVIII asrning o'zida Chor ma'murlari yovuz niyat bilan hozirgi Qozog'iston hududlarida 46 ta katta va 96 ta kichik harbiy qal'a va istehkomlar qurganlar. XVIII asrning boshlarida har uchala Juzning qozoqlari qalmiq (jungar)larning doimiy bosqini ostida og'ir ahvolga tushib qo-ladi. 1723-yilda ro'y bergan og'ir ocharchilik qozoqlarning o'z mustaqilliklarini saqlab qolishlarini xavf ostiga solib qo'yadi. Oqibatda katta Juz jungarlarga siyosiy qaram bo'lib qoladi. O'rta Juz Buxoroga ko'chib borib Buxoro xonligiga, Kichik Juzning bir qismi esa Xiva xonligiga tobe bo'ladi. Bunday og'ir vaziyat Katta va Kichik Juzning xoni Abulxayrxonni o'z hokimiyatini saqlab qolish va qalmiqlar xataridan saqlanish ilinjida chor ho-kimiyati bilan yaqinlashuvga majbur etadi. Ana shu tariqa 1731-yilda Kichik Juz, 1731-1740-yillarda esa Katta Juz qozoqlarining aksariyati rus davlatining tobeligiga o'tadi.3




1 «
2 O'sha joyda.

3 «IHapK юлдузи»1990 йил, 8-coh, 184-6e^

Bu Pyotr I orzu-armonlarining ro'yobga chiqishining boshlanishi edi. Qozoqlarning rus fuqaroligini qabul qilishlari chor mustamlakachi ma'murlarining Turkiston yerlarini egal-lash borasidagi bosqinchilik harakatlariga qulay shart-sharoitlar yaratadi. Biroq Yevropadagi davlatlar o'rtasidagi vaziyatning tobora taranglashib va chigallashib borishi, rus-turk urushi (1806­1812), rus-shved urushi (1808-1809), rus-fors urushi (1805-1813) va nihoyat Napoleonga qarshi 1805-1812-yillardagi to'qnashuv va urush, qolaversa, chor samoderjaviyasiga qarshi dekabristlar nomini olgan dvoryanlar qo'zg'oloni va uni bostirish chor huku-matining Turkistonga nisbatan bosqinchilik siyosatini ma'lum muddatga ortga cho'zilishiga sababchi bo'ladi. Biroq 1830-yillardan ma'lum darajada Yevropadagi janjalli voqealardan qo'li bo'shagan chor hukumati yana o'zining ayg'oqchilik va yovuzlik niyatlarini O'rta Osiyo hududlariga qaratadi. 1839-1840-yillarda podsho Nikolay I ning homiyligi va fatvosi bilan Orenburg har-biy gubernatori V.A.Perovskiy katta qo'shin bilan Xivani bo-sib olish niyatida yo'lga chiqadi. Maqtanchoq va bosar-tusarini bilmaydigan Perovskiy qo'shini tarkibida 2 ta zambarak, 40 arava, 5325 askar, 10 ming tuya bor edi. Ammo og'ir obi-havo sharoiti, yoqilg'ining yo'qligi, oziq-ovqat tanqisligi, kiyim-kechaklarning yaroqsizligi natijasida Perovskiy qo'shinlari yo'l-yo'lakay katta talofatlar berib Xivaga yurishni to'xtatib orqaga qaytadi.

Chor hukumati XIX asrning o'rtalaridan boshlab o'zbek xonliklarining yerlarini bosib olishga astoydil kirishadi. Buning sabablari avvalo shundaki;




Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish