Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
bet57/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

7. ME'MORCHILIK VA SAN'AT
O'rta Osiyodagi xonliklarda XVIII-XIX asrlarda xo'jalik tushkunlikka yuz tutib borayotgan va aholi turmushi tobora tubanlashayotgan bo'lsada, me'morchilik va san'at taraqqiyotida bir qator ibratli ishlarning amalga oshirilganligiga guvoh bo'lamiz. Bu davrda qurilgan ulkan va go'zal me'morchilik yodgorliklari hozirgi kunda ham har qanday kishining diqqat-e'tiborini o'ziga tortadi. Buxoroda yaxlit yodgorlik tariqasida rejalanib amalga oshirilgan ajoyib me'morchilik ansambli - Registonning kun botishi tomonida 1712-yilda qurilgan Bolohovuz masjidi o'sha davrning eng yirik inshooti bo'lgan. Hukmdorning saroylari, masjidlari va tanga chiqarish muassasalari makoni bo'lgan Ark qurilish majmui ham XVIII-XIX asrlarda barpo etiladi.

XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning birinchi yarmida me'morchilik sohasida xorazmlik ustalar yetakchilik qiladilar. O'sha davr yodgorliklari orasida ajoyib saroy majmualari Xazoraspdagi Rahmonqul inoq saroyi, Ko'rinishxona, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu binolar sirti naqshli sopol plita (koshin) lar bilan bezatilgan. Bu sopollardan to'q ko'k rang ustiga yashil va oq gullarning bir-biriga chirmashtirilgan rasmlari chiroy-li qilib berilgan. Xonlikning poytaxti Xiva ayniqsa XVIII-XIX asrlarda gullab-yashnaydi. Shahar ikki qismdan - Ichan (ichkari) qal'a va Dishan (tashqari) qal'adan iborat. Shahar markazida joylashgan Juma masjidi (XVIII asr) - O'rta Osiyoning eng go'zal inshootlaridan hisoblanadi.

Sherg'ozixon (1718-1720), Qutlug' Murod Inoq madrasalari, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Olloqulixon, Muhammad Aminxonning katta madrasalari (XIX asr) va Tosh hovli saroyi (1830-1838-yillar) o'ziga xos nafis va go'zaldir. Bu qurilish obidalari O'rta Osiyo me'morchiligining ajoyib yodgorliklaridir.

XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida Qo'qon xonligida ham xalq me'morchiligi rivojlanadi. Xonlik-ning markazi Qo'qon shahrida, Marg'ilon, Andijon, Namangan, Toshkent shaharlarida masjid, madrasalar, kutubxonalar quri-ladi. Binolarni bezatish uchun gul namunalari keng qo'llanilib, shiftlarga bo'yoqli naqshlar chizish, naqshlarni ganchga o'yib so-lish odat bo'ladi.

O'sha davrda har uchala xonlikda ham yuqoridagidek in-shoot qurilishi va hunarmandchilik san'atining turli yo'nalishlari rivoj topadi. Bulardan tashqari yog'och va misga o'yib nozik naqshlar solish, sopol va chinni, yarog'-aslahalar yasash va har xil uy-ro'zg'or buyumlari, matolar to'qish keng tarqaladi.

Qo'qon shahri o'ziga xos yodgorliklari bilan ham mashhur-dir. Bu borada Qo'qon shu kunga qadar saqlanib qolgan tarixiy me'morchilik yodgorliklari bilan Samarqand, Xiva, Buxorodan keyin to'rtinchi o'rinda turadi. Bu borada xususan Xudoyorxon o'rdasi, Norbo'tabiy madrasasi, Madrasai Kamol qozi kabi bosh-qa o'nlab tarixiy obidalar diqqatga loyiqdir.

Ko'plab tarixiy me'moriy yodgorliklar urush, ob-havo va yer qimirlashlari - zilzilalar tufayli buzilib vayronaga aylanadi, yoki yo'q bo'lib ketadi. Jumladan, 1815-yilda Qo'qon shahrida yuz bergan zilzila oqibatida juda ko'plab odamlar uylar tagida qolib, halok bo'ldilar. Ayrim joylarda yerlar yorilib ketadi. Bir necha kishilar unga tushib halok bo'ladi. Yerdan tutun chiqib suv favvora bo'lib otilgan. Yer olti oy davomida silkinib turgan1.

Teatr san'atida masxarabozlik, qiziqchilik, dorbozlik, qo'g'irchoqbozlik kabi tomosha ko'rinishlari keng tarqalgandi. Masalan Buxoro amirligining turli shaharlarida XVIII-XIX asrlarda Sayfulla Masxara, Zokir Masxara, Ergach Masxara kabi artistlar «Rais», «Sudxo'rning o'limi», «Ko'histonlik domla», «Murabboshi» singari asarlarni2 sahnalarda mohirlik bilan ijro etganlar.

XIX asrda qo'g'irchoq teatrining Shosolih, G'ofur, Halfarang (Qo'qon), Orifjon Qo'g'irchoqboz, Azim burun, Doniyor (Tosh-kent), Shomuhitdin Shoazimov, Tursunboy Abduljabbarov (Marg'ilon), Siddiq Kalon, Jo'ra Qayroq, Hamro Qo'g'irchoqboz (Samarqand), Zarif Misgar, Sharif Sayyoh, Qori Hoji (Buxoro), Qilich (Shahrisabz) va boshqa shular singari ustalar bo'lgan.

Xonliklar hududida raqs san'atining Farg'ona, Buxoro, Xo-razm va Tog'li usullari mavjud bo'lib, o'z navbatida ularning har biri o'ziga xos janr xususiyati va turlariga ega edi. Masalan: Farg'ona o'yin san'ati: «Katta o'yin», «Kema o'yin», «Xonaki o'yin», «Yalla», Xorazm o'yin san'ati: «Maqom o'yin», «Xonaki o'yin», «Lazgi», «Yalla», «Zangbozi»larni o'z ichiga olgan va hokazo. «Tog' o'yin» ko'proq O'zbekiston hududidagi janub xalqlari madaniyatiga xos bo'lib, «Besh qarsak», «Uch qarsak», «Dastbozi» kabi usullardan iborat edi.




1 УзР ФА IHapKiHyHocnMK института, Kyne'3Ma, инв. №954, 314-BapaR.

2 История y36eKwcraHa. Т. III, Т., <^aro>, 1993, 412 стр.

Xulosa shuki, XVI-XIX asrlarda Vatanimiz hududidagi xalqlar hududiy tarqoqlik xo'jalik va iqtisodiy tushkunlik holatida bo'lsalarda fan, madaniyat taraqqiyotida bir qator ijobiy yutuqlar va salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bu bilan ular jahon madaniyati va sivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib ulushlarini qo'shdilar. Ammo XVII-XIX asrlarda O'rta Osiyo va undagi davlatlar jahon sivilizatsiyasi jarayonidan tobora chetda qolaver-di, ilg'or davlatlardan orqada qoldi.Yurtboshimiz Islom Karimov xonliklar davri tarixiga yangicha nazar tashlar ekan, tarixchi mu-taxassislarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: «Nega ja-honga Ahmad Farg'oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Amir Temur, Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib to shu choqqacha erishgan yuksalish daraja-laridan tushib ketdi? Nega so'nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay chor Rossiyasining o'lkamizni nisbatan oson zabt etishi-da mana shu qoloqlikning ham o'rni bo'lmaganmikin»1.

Darhaqiqat, XVII-XIX asrlar jahon tarixiga moddiy va ma-daniy yuksalish davri bo'lib kirganligi ma'lum. Xususan, Yevro-padagi bir qator mamlakatlarda ishlab chiqarish sezilarli daraja-da o'sdi, zavod-fabrikalar qurilib, yangi texnik uskunalar bilan jihozlandi, temiryo'llar qurildi, dengiz yo'llari ochildi, mehnat unumdorligi oshdi, odamlarning moddiy va madaniy turmush darajasi ko'tarildi. O'rta Osiyo xonliklari ana shunday ijobiy ja-rayonlardan chetda qoldi, qoloqlikka yuz tutdi2.

Bu qoloqlikning ildizi, sabablari bor edi.


1 KapuMoe И.А. TapMXME xorapacro RenasKaic йук. Т., «IHapK», 1998 йил, 9-бет.



2 УсмоновК.., Содицов М., Обломуродов Н. Узбекистан тapиxи. 1-кисм. A6-дуллa ^одирий нoмидaги xamc мероси нaшpиёти, Т., 2002 йил, 221-бет.

Birinchidan, asrlar davomida bir butun bo'lib kelgan mam-lakatning, yagona iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan xalqning uchga bo'linib ketishi, xonliklar o'rtasidagi to'xtovsiz urushlar, har bir xonlik ichidagi boshboshdoqlik va hokimiyat uchun o'zaro tinimsiz davom etgan ichki nizo va urushlar butun mamlakatni vayron qiladi. Bu jarayon guruhbozlikni keltirib chi-qaradi, qabilalarning etnik aralashuviga, bir xalq bo'lib qovu-shishiga, jipslashishiga xalaqit beradi. Davlat darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona vatan tushuncha-sining qadri anglab olinmadi.


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish