Mushtariy. Saodat (1810, vafoti noma'lum) - o'zbek shoirasi, Xudoyorxon saroyida kotiblik, munshiylik qilgan. She'rlarida kishilarni yaxshilik, kamtarlik, poklik va adolatga chaqiradi. Jo-hil va tuban kishilardan nafratlanadi. Uning ijodida dostonchilik va qissanavislik yetakchi o'rinda turadi. Shoiraning xalq og'zaki dostoni og'zaki adabiyotdagi «Orzigul» dostoniga mazmunan yaqin. O'zR FA Sharqshunoslik instituti fondida (inv. № 9922) Mushtariyning «Jamilai Dilorom» dostoni va xalq qo'shiqlari usulida yozilgan g'azallari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |