Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 1,88 Mb.
bet52/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Gulxaniy. Аsli ismi Muhammаd Shаrifbo'lgаn Gulxаniy XVIII
аsrning oxiri, XIX аsrning boshlаridа yashab ijod etgаn аtoqli vа
xalqchil yozuvchidir. U tаxminаn 1770-yillаrdа Dаrvozdа (hozir-
gi Tojikistonning Tаvildаrа vа xum tumаnlаri) kаmbаg'аl

oilаdа t аvаllud topgаn. Gulxаniy boshlаng'ish tа'limini qishloqdа oladi.Undа she'riy ijodgа havas judа ertа uyg'onadi. U ko'pteb yozmа bаdiiy аsаrlаrni mutolаа qiladi, xalq og^ki ijodini o'rgаnadi. Gu^niy og'ir iqtisodiy qiyinchilik sharoitidа yashay-di. Muhtojlik uni Fаrg'onа vodiysigа olib keladi. Nаmаngаndа mаrdikorchilik qiladi vа shu yo'l bilаn o'qishni dаvom ettiradi. Bu yerdаn xonlik Mаrkаzi Qo'qongа o'tadi vа shu joydа qo'nim topadi. Moddiy qiyinchilik shoirni Qo'qondа ham tаrk etmаydi. U hatto hammomdа o't yoquvchi - go'tex bo'lib ishlаydi. «Gulxаniy» taxallusini shoir ushbu kаsbi tufаyli tаnlаgаn bo'lsа ham аjаb emms. Biroq «Mаjmuаi shuаro» tаzkirаsidа yozilishichа shoir otаshqаlb, yurаgidа o'ti bor bo'^ni uchun «Gulxаniy» taxallusini qo'llаgаn. Gulxаniy Qo'qon xoni Olimxon sаroyidа bo'lsаdа, og'ir iqtisodiy sharoitdа edi.Umаrxon hukmronligi davrida ham shoirning hayotida o'zgarish bo'lmaydi. Shu tariqa u XIX asrning birinchi yarmida qashshoqlik va muhtojlikda bu bevafo dunyoni tark etadi.

Gulxaniy o'z asarlarida zamona illatlarini, hukmron doiralarning xalqqa o'tkazgan zulmi va og'ir turmush sharoitini badiiy mahorat bilan ochib beradi. Buni shoir o'zining turmush qiyinchiliklari va azoblari timsolida ko'rsatadi. U «Bideh» («Ber-gil») deb nomlangan tojik tilidagi she'rida o'zining navkar sifatida xizmat qilgan vaqtda kamsitilgan va xo'rlanganini quyidagicha ifodalaydi:

«Hazratim, ochlikdan o'ldim, yegani non ber menga», deb boshlaydi va «Navkaring ochlikdan o'lsa, nega xayfing kelmagay?!» deb xonga murojaat qiladi.

Gulxaniy saroy muhitidan norozilik kayfiyatini va bu muhit shoirga begona ekanligini mohirona tarannum etadi:
Hunar har chand metarovoad az har angushtam, Ey baxti noraso kore sadorad bar zor angushtam.
M a' n o s i:
Har bir barmog'im uchidan hunar jilolanib tursa ham, Lekin men shunday baxtsizmanki, barmoqlarim zar (oltin)dan juda uzoq turadi.
Gulxaniyga katta hurmat va obro' keltirgan asar so'zsiz «Zarbulmasal»dir. Xalq og'zaki ijodi durdonolarini chuqur o'rganish va mutolaa qilish asosida yuksak mahorat va badiiy uslubda yozilgan ushbu asardagi har bir masal o'zi mustaqil bir asardir, desak mubolag'a bo'lmaydi. «Zarbumasal»dagi «Maymun bilan Najjor», «Tuya bilan Bo'taloq», «Toshbaqa bilan chayon» masallarida «qissadan hissa» deganlaridek axloqiy-ta'limiy fikr va ma'nolar ibratomuz tarzda yoritilgan. Yozuvchi asardagi Yapaloqqush, Boyo'g'li, Ko'rqush, Hudhud, Kulonkir sulton, Sho'ranul, Malik Shohin va Kordonlarning bir-birlari bilan quda-anda bo'lish jarayonida aytgan gap-so'zlari, masal-maqollari va hikoyalari orqali hayotiy muammo va jumboqlarni yechib beradi hamda, o'zi yashagan davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzum manzarasini yorqin badiiy ifoda etadi.

Xullas, Gulxaniy xalqchil, demokratik masalchi-yozuvchi sifatida mehnatkash xalqning qalbidan chuqur joy olgan siymo-dir.




Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish