Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Muhammad Ya'qub Kenja ibn Ali Mirzo Buxoriy



Download 1,88 Mb.
bet49/146
Sana07.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#325859
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146
Bog'liq
Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

Muhammad Ya'qub Kenja ibn Ali Mirzo Buxoriy (taxminan 1771-1831) o'z davrining yirik tarixchi olimlaridan bo'lgan. U mang'itlar sulolasining ikkinchi hukmdori Doniyolbiy otaliq (1758-1785)ning o'g'lidir. Muhammad Ya'qub «Gulshan ul-Muluk» («Podsholar gulshani») asarini yozgan. Asarning bi-rinchi qismida Buxoroning qadimiy tarixi, uning hukmdorlari shajarasi bayon qilingan. Ikkinchi qismida esa, O'rta Osiyoning XVIII asr va XIX asr boshlaridagi davri tarixi o'z aksini topgan. Shu asrning oxirlarida Muhammad Sharif tomonidan tuzilgan va tarixiy voqealar solnomalarini o'zida aks ettiruvchi «Tadj-at-tavorix» asari qimmatli dalillarga boy kitobdir.

Kitobda voqealar rivoji Shayboniylardan boshlanib, XVIII asrning so'nggi davrlari bilan yakunlanadi. XIX asrning birin-chi yarmida yozilgan Muhammad Ya'qub Kenja ibn Ali Mir-zo Buxoriyning «Fathnomai sultoniy» tarixiy asarida soliqlar islohotlari, Xitoy-qipchoqlarning qo'zg'olonlari va 1826-yildagi siyosiy voqealar haqida qiziqarli ma'lumotlar berilgan.

«Muntaxab ut-tavorix» («Yilnomalar to'plami») 1843-yilda tarixchi olim Muhammad Hakimxon to'ra Ma'sumxon To'ra o'g'li tomonidan yozilgan tarixiy asardir. Unda payg'ambarlar haqidagi rivoyatlar, qadimiy Eron, Arab halifaligi, somoniylar, saljuqiylar, xorazmshohlar, mo'g'ullar, temuriylar va boburiylar davri tarixidan qisqacha ma'lumotlar berilgan. Ayni zamonda ushbu kitobda Buxoro va Qo'qon xonliklarining tashkil topi-shidan boshlab XIX asrning 42-yillarigacha bo'lgan davr tarixi o'z ifodasini topgan. Ma'sumxon To'ra o'g'li asarda o'zining Rusiyaga, arab mamlakatlari va Eronga qilgan sayohatlaridan olgan taassurotlarini ham hikoya qiladi. «Muntahab ut-tavorix» asari XIX asrda O'rta Osiyodagi mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzum va madaniyatini o'rganishda g'oyatda muhim manbadir. Asarning o'zbek tiliga tarjima qilingan nusxasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda (Inv. 594).

Bu davrda badiiy ijod bobida ham ilg'or va yirik mutafak kir-lar qalam tebratganlar. Jumladan, o'zbek va fors-tojik tillarida ijod qilgan Mutribiy «Tazkirot ash-shuaro» kitobida badiiy ijod bilan shug'ullangan 320 dan ortiq shoir va yozuvchilarning nomlarini tilga oladi. Afsuski ularning bosib o'tgan ijodiy yo'llari to'g'risida yetarli ma'lumotlarga ega emasmiz.

XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrda yashab ijod etgan qalam sohiblaridan biri Voladir. U taxminan 1786-1793-yillarda Buxoro amirligiga qarashli Yangiqo'rg'on hududida tavallud topgan. Vola ko'zi tug'ma ojiz bo'lsada, favqulodda kuchli aql, xotira, qobiliyat va yoqimli ovoz egasi bo'lgan.

Shoir amirlikni larzaga solgan qipchoqlar qo'zg'oloni (1821­1826) ga xayrixohlik bilan qaragan, xalq boshiga tushgan kulfat va mashaqqatlarni u bilan birga kechirib, jabrdiydalar huquqlarini himoya qilgan va ilg'or qarashlari uchun hokimlar tomonidan iskanjaga olingan.

Vola o'zbek va fors-tojik tilida ikki devon tuzgan bo'lsada u hozirgacha topilgan emas. U she'r va g'azallarida ulug' insoniy fazilatlar, haqiqiy va sof sevgi va muhabbatni kuylaydi. Buni biz Navoiy, Mahzun va Hofiz g'azallariga yozgan muxammaslarida yanada yorqinroq ko'ramiz.

Shoir Vola 1872-1873-yillarda qashshoqlik va muhtojlikda vafot etgan.

XIX asrdagi o'zbek va tojik adabiyoti tarixida salmoqli o'ringa ega bo'lgan, ammo ijodi yetarli darajada o'rganilmagan shoir va tabib Hoziqdir. O'zbekiston Sharqshunoslik institutida Muhammad Husayn Bulg'oriy tomonidan tuzilgan «Marsad ut-tasonif» nomli («To'plamlarni o'rganish joyi») antalogiyada O'rta Osiyo va Eron shoirlaridan katta bir guruhining, shu jumladan shoir Hoziqning ham o'zbek va tojik tillarida yozilgan 354 misra she'ri bor. Bundan tashqari Hoziqning bir necha g'azal va qasidalari 1820-1821-yillarda namanganlik shoir Fazliy tomonidan Qo'qonda tuzilgan «Majmuat ush-shuaro» («Shoirlar anjumani») qo'lyozma asarda ham uchraydi. Uning o'zbek va to-jik tillarida yozgan she'rlaridan tuzilgan to'plam Rossiya FAning S.Peterburgdagi Sharqshunoslik institutining bo'limida № 470 S sonli hujjatda saqlanadi.

Hoziqning asli ismi Junaydullo bo'lib, Hirotda tug'ilgan, tug'ilgan va vafot qilgan yillari noma'lum, vafotini 1843-yil deb taxmin qilinadi. Shoir 1799-1800-yillarda Hirotdan Buxoroga kelgan. Buxoroda uzoq yashash imkoniyati bo'lmaganligidan 1820-yilda Qo'qonga, u yerdan Xivaga, so'ng yana Qo'qon-Buxoro va umrining so'nggi yillarini Shahrisabzda o'tkazgan. Albatta bunday sarson va sargardon bo'lib yurishlar orzu-havas tufayli emas, balki hayot ehtiyojlari va nochorlikdan edi. Hoziq amir Nasrullo odamlari tomonidan Shahrisabzda qatl etilgan.

Shoirning chuqur insonparvarlik g'oyalari bilan sug'oril gan otashin she'rlari, yurak torlariga l arza soluvchi nozik va ohangdor g'azallari uzoq yillardan beri sevib o'qiladi va yoqimli ohanglar-da kuylanadi. Ularda mehnatkash xalq qismatiga achinish, ayrim zolim boylar va qonxo'r to'ralarga nafrat jo'shib kuylanadi. Zodagonlar va saroy ahli oltin va z arlar ishida ko'milib yotgan bir paytda asosiy boylikni yaratuvchi mehnatkash xalq: dehqon lar, hunarmand va kosiblar, olim va shoirlar ochlik va qashshoqlik da yashayotgan davrning jirkanch tomonlarini fosh qilgan shoir ol-tinning hayotda naqadar katta kuchga ega ekanligini zo'r badiiy mahorat va o'tkir kinoyalar bilan tasvirlaydi.

Metavon bo zar xudoro ham zi hud hushnud soxt, Zar Xudoro chun hush oyad bas shi harfi digar ast. Gar nadorand ahli dunyo chashm bar zar az chi ro' E'tibori Hoziq az eshik og'osikamtarast.
M a z m u n i:
Oltin orqalixudoni o'zingdan ham xursandqilishingmumkin, Oltin xudoga ham yoqqandan keyin boshqa gapning nima hojati bor. Agar dunyo ahli oltin orqali qaramaganida ne sababli, Hoziqning e'tibori eshik og'asinikidan ham past bo'lur edi.
Hoziqning tojik tilida yozgan yirik epik asari «Yusuf -Zulayho» dostonining yettita qo'lyozma nusxasi bizgacha ye-tib kelgan. Bu doston 1905-yilda Toshkent shahrida litografiya usulida bosilib chiqqan. Hoziqning tibbiyotga oid yozgan qo'l-yozma asarlari ham mavjud.

Bu davrda tarixiy-badiiy asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilish masalasida ham ba'zi bir amaliy ishlar qilingan. XIX asrning 30-yillarida Shahrisabz bekligida shoir Xiromiy hind, fors adabiyotida mashhur bo'lgan «Chor darvish» va «To'tinoma» hikoyalarini o'zbek tiliga o'girdi.




Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish