Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

1 Бартольд В. Сочинения. Том 5.  М., «Наука»,  1968, «Кара Китай», стр.  544.

Буниятов 3.  М. Государство Хорезмшахов-Ануштегинидов, стр. 14.




VI  bob.  M ovarounnahr va X urosonda mustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

209


xatni  o ‘qigach  Sanjar elchisining  soqolini  qirdirib,  uning q o iig a  nina 

tutqizdi  va  soqolidan  bir  tolani  olib,  elchiga  ninani  tolaga  kiritishga 

buyurdi.  Elchi bu vazifani  eplay olmagach G o‘rxon elchiga qarab:

—  Sen elchi bo‘la turib qo‘lingdagi ninani tolaga kirita olmasang 

boshqalar  qanday  qilib  yoy  o ‘qi  bilan  soch  tolasini  ikkiga  b o iib  

yubora oladi, —  degan.

Qoraxitoylarda  ham  100  ming  kishilik  qo‘shin  b oigan.  Har 

ikki  o ‘rtadagi jang  1141 -yil  9-sentabrda  Samarqandga  yaqin  Katvon 

dashtligida b o id i. Bu jangda Sulton Sanjar va Mahmud ibn Arslonshoh 

qo‘shinlari  batamom  tor-mor  qilindi.  Sanjar  qo‘shinlaridan  30  ming 

jangchi halok b o iad i, uning o ‘zi Mahmudxon bilan Termizga qochdi1. 

Sulton  Sanjaming  barcha  mulki,  xon  qarorgohi,  uning  xotini  Turkon 

xotin  qoraxitoylarga o ija  b o iib  tushadi.  Qoraxitoylar Samarqanddan 

so‘ng  Buxoroni  ham  egallaydilar.  Deyarli  butun  Movarounnahr 

qoraxitoylar q o iig a  o‘tadi.

Xorazmshoh  Otsiz  Sanjaming  yengilganligini  eshitib,  bun­

dan  ustalik  bilan  foydalanadi.  U  fursatni  g ‘animat  bilib,  1141—

 

1142-yillarda  Xurosonga  bostirib  kiradi.  Seraxsni  ishg‘ol  etgach, 



Sanjaming  yo‘qligidan  foydalanib,  saljuqiylar  poytaxti  Marvni, 

Nishopumi  egallaydi.

Qoraxitoylarga  qarshi  jangda  muvaffaqiyatsizlikka  uchragan 

Sulton  Sanjar  Marvga  qaytgach  o ‘z  vassali  Xorazmshoh  Otsizning 

beodoblarcha  qilgan  xatti-harakatlarini  kechirmadi.  U  yana  ikki 

marta  —   1143-1144  va  1147-yil  noyabrida  Otsiz  ustiga  qo‘shin 

tortib  bordi.  Otsiz  o ‘z  qilgan  gunohlari  uchun  ulug‘  sultondan 

kechirim  so‘rab  Sanjar  hukmronligini  tan  oldi.  Ikki  o ‘rtada  yarash 

bitimi  imzolandi.

1152-yil  aprelda  Xorazmshoh  Otsiz  uchinchi  marta  Jand  ustiga 

qo‘shin tortib boradi  va uni  egallab,  katta  o ‘gli Abul Fath  el Arslonni 

u yerda hokim qilib tayinlaydi.  Bu safar Sulton  Sanjar o ‘z vassalining 

xatti-harakatiga  befarq  qaradi.  (Qoraxitoylar  bilan  b o ig a n   jang 

davomida Jand Xorazmshoh davlatidan qaytarib  olingan edi.)  Buning 

asosiy  sababi  shundaki,  Sulton  Sanjar  endi  ancha  kuchsizlanib 

qolgan  edi.  Endi  u  Otsizni  o ‘ziga  yana  qarshi  oyoqda  turgizishni 

istamas  edi.  Buning  ustiga  Sulton  Sanjar  uchun  yana  ham  xavfliroq 

raqiblar  qilich  qayrab  turar  edilar.  Bu  eng  avvalo  qoraxitoylar  va 



g'uzlar

  (turkmanlaming  avlodlari)  hisoblanardi.  Sanjar  1153-yil

1  Бартольд  В.  Туркестан  в  эпоху  монгольского  нашествия.  Часть  2.  Санкт-Петербург. 

1900,стр. 349.




210

VATAN  TARIXI

aprelda  g ‘uzlarga  qarshi  og‘ir  jangga  kirdi  va  o ‘zi  asirga  tushdi. 

Ana  shu  davrdan  e ’tiboran  davlat  sifatida  saljuqiylar  hukmronligi 

inqiroz  sari  yuz  tutdi.  Saljuqiylar  va  Sulton  Sanjar  uchun  eng  og‘ir 

b o ‘lgan  ana  shu  vaziyatdan  Xorazmshoh  Otsiz  yana  foydalandi,  o ‘z 

yerlarini  kengaytirdi.  Hatto  Sanjarga  qarshi  g ‘uzlarga  homiylik  qildi. 

Otsiz  Balx  g ‘uzlari  yo ‘lboshchilaridan  biriga  yozgan  xatida  g ‘uzlar 

bilan  Sanjar  o ‘rtasida  vositachi  b o iish n i  taklif  qilganligi  haqidagi 

m a iu m o t  bor.  1156-yilda  Sulton  Sanjar  asirlikdan  qochganda  Otsiz 

darhol  o ‘z  taktik  y o iin i  o ‘zgartirib  uni  ozodlikka  chiqqanligi  bilan 

tabriklaydi  va o ‘zining ulug‘  Sultonga  sodiqligini  izhor etadi.  Ammo 

Sulton  Sanjar  saljuqiylar  davlatining  shuhratini  tiklay  olmadi  va

1153-yilda  u  olamdan  o ‘tdi.  1156-yili  Xorazmshoh  Otsiz  ham  vafot 

etdi.

Xorazm  xalqining  asl  farzandi  Otsiz  Xorazmni  mustaqil 



davlatga  aylantirish  uchun  astoydil  harakat  qildi.  Biroq  u  Xorazmni 

to ‘la  mustaqillikka  olib  chiqa  olmadi.  Ammo  Otsizning  xizmatlari 

zoye  ketmadi.  U  boshlagan  ulug‘  ishlami  Otsizning  farzandlari  va 

avlodlari  davom ettirdilar.

Otsizdan  so‘ng  Xorazm  taxtiga  uning  o ‘g i i   El  Arslort  (1156 

1172)  o ‘tirdi.  U  otasiga  qaraganda  ancha  qulay  vaziyatlarda  ish  olib 

bordi.  Bu  qulay  vaziyatlar  nimalardan  iborat  edi?  Avvalo  saljuqiylar 

davlati  Sulton  Sanjar  vafotidan  so‘ng  asosan  yashashdan  to ‘xtadi. 

Faqat  ko‘chmanchi  g ‘uzlar  unda-bunda  o ‘z  beboshliklarini  davom 

ettirmoqda  edilar.  Qoraxoniylar  esa  afsonadagidek  qo‘g ‘irchoq 

davlatchalar  —   bekliklarga  aylanib  qolgan  edilar.  Demak,  Xo­

razmning  mustaqil  taraqqiyotiga  to ‘sqinlik  qila  oladigan  va  xavf 

soladigan  biror-bir  aniq  kuch  qolmagan  edi.  Faqat  m a’lum  darajada 

bunday  xavf  qoraxitoylar  tomonidan  kelishi  mumkin  edi.  Ammo 

El  Arslon  Xurosondagi  bunday  qulay  vaziyatdan  yetarli  darajada 

foydalana  olmadi.  Albatta,  u  Xurosonni  o ‘ziga  qaratdi,  ozorlar 

yurtida  mustahkamlanib  oldi.  Abxar,  Zanjan,  Kazvin  shaharlarini 

egallab  u  yerdan  ikki  ming  zotdor  tuyalami  o ‘z yurtiga  olib  ketdi.  El 

Arslon  qoraxitoylarga  qarshi  urushlar  olib  bordi.  Yozma  manbalar 

El  Arslonning  bosiq  va  og‘ir  diplomat,  uzoqni  ko‘ra  oladigan  va 

musulmon xalqlari birligi uchun kurashgan davlat arbobi bo‘lganligini 

ko‘rsatadi.  Bu  borada  akademik  V.Bartoldning  «Qoraxitoylar  va 

Xorazmshohlar»  nomli  asaridagi  xulosalari  g ‘oyatda  qimmatlidir. 

Uning  ta ’kidlashicha,  Bag‘dod  xalifasi  Xorazmshoh  El  Arslonga 

chopar  y o ila b   uni  saljuqiy  sulton  Muhammad  ibn  Mahmudga 

qarshi  kurashga  undab  gijgijlaydi.  Ammo  Xurosondagi  voqealaming




VI bob.  M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

211


rivoj lanib  borishini  ziyraklik  bilan  kuzatib  borayotgan  va  mohir 

diplomat  Xorazmshoh  El  Arslon  xalifa  al-Mukrafiyga  yozgan javob 

xatida,  g ‘ayridinlar  sulton  Sanjar  vafotidan  foydalanib,  Xuroson 

yerlariga  o ‘z  hujumlarini  kuchaytirayotgan  va  musulmonlami 

qiyratayotgan  bir  paytda,  Xuroson  yerlarini  g‘ayridinlardan  himoya 

qila  oladigan  yagona  shaxs  sulton  G ‘iyosiddin  Muhammad  ibn 




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish